Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlatish jarayonida eskiradi. Ular eskirishning ikki xili mavjud:
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlatish jarayonida eskiradi. Ular eskirishning ikki xili mavjud:
-jismoniy
-ma'naviy.
Jismoniy eskirish - asosiy fondlarning o’z boshlang’ich narxlarini asta-sekin yo’qotishi tushuniladi.
Ma'naviy eskirish
Ma'naviy eskirish - mashina va jihozlarni takror ishlab chiqarish uchun ijtimoiy harajatlar qisharishi ta'siri ostida narxining pasayishi (bu birinchi shakl ma'naviy eskirish); yangi, progressiv va iqtisodiy samarasi baland mashina va jihozlarni qo’llash natijasida ularning qiymatining pasayishi (bu ikkinchi shakl ma'naviy eskirish). Bu ma'naviy eskirish shakllari ta'siri ostida asosiy fondlar o’z texnik tavsifi va iqtisodiy samaradorligi jihatidan qoloq bo’lib qoladilar.
Nafaqa fondi
Nafaqa fondi (NF) — bu mablag`lar davlat byudjeti tarkibiga kiritiladigan, mustaqil moliya bank tizimiga ega bo’lgan nafaqa ta’minoti fondining davlat boshqaruv organidir.
NF asosiy vazifalari:
— nafaqa va bolalar uchun to’lovlarni to’lash uchun mablag`larni maqsadli yig`ish va akkumulyastiyalash hamda ularni moliyalashni tashkil etish;
- tijorat faoliyatini o’z-o’zini moliyalash tamoyili asosida fondning, mablag`larini qayta ishlatishni kengaytirish;
Amortizasiya
Amortizasiya - bu, asosiy fondlar eskirishini, ular qiymatining bir qismini ishlab chihargan mahsulot harajatlariga qo’shish yili bilan pulni qoplash. Demak, amortizasiya asosiy fondlarni jismoniy va ma'naviy eskirishining pulda ifodalanganligidir. Amortizasiya asosiy fondlarning
umuman ishdan chiqqanida to’la almashtirish maqsadida qilinadi. Amortizasion ajratmalar summasi asosiy fondlar qiymatiga, ulardan foydalanish vaqtiga, modernizasiya harajatlariga bog’liq.
Asosiy fondlarni baholash vaqtida indеksli usulni qo'llash uchun O'zbеkiston Rеspublikasining Davlat statistika qo'mitasi tomonidan asosiy fondlar, o'rnatish uchun mo'ljallangan asbob-uskunalar hamda 2011 yil 1 yanvar holatiga qurilishi tugallanmagan ob'еktlarning qiymatini navbatdagi qayta baholash bo'yicha (ularni sotib olish, tayyorlash, qurish davrlariga ko'ra) tеgishli indеkslar ishlab chiqilgan va rasman e'lon qilingan.