Asosiy fondlarni baholash



Yüklə 30,75 Kb.
səhifə1/11
tarix14.12.2023
ölçüsü30,75 Kb.
#177394
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
курс иши 2


Asosiy fondlarni baholash

3-MAVZU. Sanoat ishlab chiqarishining asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari
Reja:


3.1 Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va
tuzilishi
3.2 Asosiy fondlarni baholash
3.3. Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi
3.4. Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
3.5. Sanoat ishlab chiqarishining ishlab chiqarish quvvatlari


3.1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati,
tarkibi va tuzilishi
Zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy fondlarni ma’lum bir iste’mol qiymati ko‘rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi, ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan material omillari qatoriga kiritadi. Hozirgi bozor sharoitlarida korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta’sir ko‘rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun xalq xo‘jaligi miqyosida asosiy fondlar mamlakatning milliy boyligini tashkil qiladi.

Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o‘zining natural-moddiy holatini yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o‘tqazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazish jarayoni amortzitsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag‘lar esa amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, korxonaning ishlab chiqarish potensialini tashkil qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
  • ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;


  • uzatish qurilmalari;


  • quvvat mashinalari va uskunalari;


  • ishchi mashinalar va uskunalar;


  • transport vositalari;


  • o‘lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;


  • foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab qo‘yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.


Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning ishlab chiqarish apparati deb ataladi.



Yüklə 30,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin