Asosiy fondlarni baholash



Yüklə 30,75 Kb.
səhifə6/11
tarix14.12.2023
ölçüsü30,75 Kb.
#177394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
курс иши 2

O‘rtacha ta’mirlash texnik mazmuni, murakkabligi, bajariladigan ish hajmi va davriyligiga ko‘ra, kapital ta’mirlashdan farq qiladi hamda sarflanuvchi mablag‘, vaqt va kuchni nisbatan kamroq talab etadi. Joriy ta’mirlash kabi u ham mashina yoki uskunadan foydalanuvchi korxonaning o‘zida amalga oshirilishi mumkin.
Joriy ta’mirlashda asosan asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi, tekshiriladi, mayda kamchiliklari bartaraf qilinadi, ya’ni uskunalarning foydalanishga doimiy tayyorligi ta’minlanadi.
Asosiy fondlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish majmuasi rejali-oldini oluvchi ta’mirlash tizimiga (ROOT) birlashtiriladi va korxona bosh mexanigi tomonidan boshqariladi. Deyarli har bir korxonada ROOT o‘tkazilishini qayd qilish jurnallari mavjud bo‘lib, ularda profilaktika va ta’mirlash tadbirlarini o‘tkazish tartibi va grafigi belgilab qo‘yiladi.
Ta’mirlash ishlari tufayli korxona asosiy fondlarning joriy ekspluatatsiyaga tayyorligini ta’minlaydi. Biroq shu bilan bir qatorda korxona asosiy fondlarni yaratish, foydalanish, amortizatsiya, qayta tiklash kabi bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi takror ishlab chiqarish amallarini doimiy ravishda bajarishga intilishi lozim. Bu bosqichlarni quyidagi chizma yordamida aks ettirish mumkin (5.4 - rasm).


Асосий фондларни яратиш
Korxona

Асосий фондларни сотиб олиш ва шакллантириш

Асосий фондларни истеъмол қилиш (фойдаланиш)

Асосий фондлар амортизацияси

Асосий фондларни қайта тиклаш ва уларни қоплаш

3.4-rasm. Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning turli xil ko‘rsatkichlari mavjud bo‘lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin:
birinchi guruh - umumlashtiruvchi va qiymat ko‘rsatkichlari bo‘lib, ular asosiy fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada baholash, tahlil qilish, zahiralarni aniqlash va bashorat qilish imkonini yaratadi. Bunday ko‘rsatkichlarga fond qaytimi, fond sig‘imi, fond rentabelligi va boshqalarni kiritish mumkin.

Yüklə 30,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin