Sotvoldiyev Nurulloxon May 2023 / Volume 4 Issue 5
Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi moliyaviy holati
tahlili
KIRISH Bugungi kunda o‘rtacha umr ko‘rish yoshining keskin o‘zgarishi, shuningdek pensiya tizimidagi islohotlar negizida pensiya yoshini oshirish muhim masalalardan hisoblanadi. Pensiya ta’minotining muhimligi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida (PF-60, 2022) ham maqsad sifatida belgilab quyilgan. Pensiya ta’minoti tizimida pensiya yoshi asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, pensiya yoshi - nafaqat insonlarni tashvishga soladigan masala, balki har bir mamlakatning iqtisodiyot va siyosatidagi muhim omil hisoblanadi. Dunyo mamlakatlari pensiya tizimlarida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi erta pensiyaga chiqish (imtiyozlar)ni kamaytirish, kech pensiyaga chiqishni rag‘batlantirish va eng muhimi pensiya yoshini oshirishga qaratilgan. O‘zbekistonda ham pensiya islohotlari boshlangan bo‘lib, asosiy masala pensiya miqdorlarini ideksatsiyalash, jumladan minimal pensiya miqdorlarini minimal iste’mol xarajatlariga tenglashtirish, pensiya hisoblash uchun hisobga olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini oshirish orqali pensiya hisoblash mehanizmini takomillashtirish, ko‘p darajali pensiya tizimiga o‘tish hamda pensiya sohasini raqamlashtirishga qaratilmoqda. Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish yoshining o‘sib borayotganligi, o‘rtacha pensiya yoshining yuqoriligiga qaramasdan pensiya yoshini oshirish masalasi islohotlarda zarur chora sifatida ko‘rilmayapti.Pensiyalarni hisoblashda mehnat stajiga e’tibor qaratish va pensiya yoshini belgilash bo‘yicha mamlakatga xos va mos bo‘lgan xorij tajribalarini o‘rganish va amalda qo‘llash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
NATIJA VA MUHOKAMALAR
Ijtimoiy ta’minot rivojlanishining dastlabki bosqichida ish haqi yuqori bo‘lgan xodimlar o‘zini-o‘zi sug‘urtalashlari mumkin, degan qoidaga amal qilgan. Keyinchalik esa ijtimoiy ta’minot tizimining taraqqiyoti jarayonida pensiya nafaqalarning qat’iy belgilangan miqdori yuzaga keldi va sug‘urta bilan hammani qamrab olish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Sug‘urta tizimiga yuqori haq oladiganlarni jalb qilishda boshqa muammo paydo bo‘ldi - o‘rtacha ish haqiga mos badallarning standart darajasi eng kam ish haqi oladiganlar uchun og‘ir yuk bo‘lib tushdi. O‘z navbatida eng kam ish haqi darajasiga asoslangan nafaqa yuqori ish haqi oluvchilarni also qoniqtirmasligi ma’lum bo‘ldi. Natijada ish haqi miqdoriga muvofiq ravishda badallar yig‘ib olishga asoslangan pensiya va nafaqalar tizimi paydo bo‘ldi. Ijtimoiy ta’minot ish beruvchilar va ularning xodimlari tomonidan boshqariladigan xususiy tizimi bilan bir vaqtda rivojlandi. Bu esa keksalikni to‘la ta’minlashga mo‘ljallangan tizimni yuzaga keltirdi. Ya’ni:
qat’iy miqdordagi davlat pensiyalari yoki ish haqi asosida hisoblangan pensiyalarni;
xususiy fondlardan mablag‘ bilan ta’minlanadigan pensiyalarni keltirib chiqardi.
Mazkur ijtimoiy ta’minotning qo‘shma turi davlat ishtirokini kamaytirishga asoslangan va hozirgi davrda bu ijtimoiy ta’minot tizimini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
“Pensiya tizimini isloh qilishning asosiy dalillaridan biri sifatida OECD mamlakatlarida o‘tkazilgan hisob-kitoblardan foydalanilmoqda. Bu tahlilning ko‘rsatishicha pensiya xarajatlari 1990-yilda YAIMning 10 - 15% ga teng bo‘lsa, 2050yilga kelib 25% bo‘lishi kutiladi. Pensiya xarajatlarining YAIMga nisbatan katta yuk bo‘lib tushishi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar ham ko‘tara olmaydi [1].
Har bir mamlakat pensiya ta’minoti tizimi o‘ziga xos xususiyatlarga ega tashkiliy, moliyaviy va boshqa xususiyatlar. Ayni paytda barcha mamlakatlar pensiya ta’minoti tizimiga xos bo‘lgan umumiy belgi bu - ularning uch bo‘g‘indan iborat ekanligidir. Mazkur uch bo‘g‘inni quyidagilar tashkil etadi: davlat, nodavlat yoki xususiy (ishlab chiqarish, korporativ) pensiya jamg‘armalari va sug‘urta institutlari. Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda pensiya ta’minoti tizimining shunday shakli qabul qilingan. Xorijiy mamlakatlar pensiya qonunchiligini o‘zaro muvofiqlashtirish doimo dolzarb vazifalardan biri bo‘lib kelgan. Aksariyat mamlakatlarda pensiyalarning miqdori ish haqining hajmi va to‘langan sug‘urta badallarining miqdoriga qarab belgilanadi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, aholining kam ta’minlangan, nogiron va keksayib qolgan toifalari turmush darajasini yaxshilash va pasayishini oldini olish borasida doimiy ravishda ish olib borish va sug‘urta tizimlarini rivojlantirish zaruriyatini vujudga keltiradi. Shu bilan birga, aholi salmog‘ining qarishi bilan belgilanayotgan demografik vaziyatning o‘zgarishi ham hozirgi vaqtda ijtimoiy himoya va pensiya ta’minotiga va ularni isloh, qilishga jahon hamjamiyati tomonidan bo‘layotgan qiziqishning yanada oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda davlat pensiya ta’minoti tizimi bilan bir qatorda davlat tasarrufida bo‘lmagan xususiy pensiya ta’minoti mavjud, uning zarurligi quyidagi ikki asosiy sabablardan kelib chiqadi [2].
Davlat fuqarolar o‘z turmush darajalarini oshirishlari uchun ularga tegishli qonunlar tizimi orqali zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratishi va ularning bu boradagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashi lozim. Iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat o‘zgarib borgan sari bu ikki omil, albatta, ijtimoiy ta’minot tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
XX asrning 1999-yillariga kelib ko‘pchilik mamlakatlar pensiyani taqsimlash tizimini “avlodlar birdamligi” tizimidan jamg‘arish tizimiga o‘tish yo‘lidan bordilar. Jamg‘arish tizimi amal qilganda ishlovchi o‘z jamg‘armasini investitsiyalash asosida ko‘payib borishiga qarab pensiya bilan ta’minlanadi. Yangi pensiya tizimida ham pensiyalar avvalgi yillardagi ish haqi miqdori yoki badallarga bog‘langan bo‘ldi. Pensiya tizimiga ish beruvchilarga xodimlardan olinishi lozim bo‘lgan har qanday badallarni ushlab qolish, ularni ish beruvchilar to‘laydigan badallar summasiga qo‘shish va umumiy yig‘indini yagona to‘lov bilan o‘tkazish majburiyatini yuklaydi.
Davrlar o‘tishi bilan Pensiya fondlari iqtisodiyot uchun moliyaviy resurslar manbai sifatida juda tezkorlik bilan rivojlandi. Aholining muntazam barqaror sur’atlarda ko‘payib borishi va ularning pensiya tizimlariga a’zo bo‘lishlari bunda asosiy axamiyat kasb etdi. Biroq, XX asrning 80 yillaridan boshlab tug‘ilishning kamayishi va o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining uzayib borishi natijasida aholining keksayishi kabi omillar jahon mamlakatlari pensiya tizimlarining moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Ko‘pgina davlatlarda ishlovchi aholiga pensiya to‘lovlarining (ajratmalarining) ortishi pensiya fondlari byudjetining kamomadini keltirib chiqardi. Masalan XX asrning 50 yillarida rivojlangan davlatlarda ushbu koeffitsient bir pensionerga 3,5 nafar ishlovchini tashkil etgan bo‘lsa, 90 yillarga kelib 2,5 nafarni tashkil qildi[3]. Makroiqtisodiy omillar - ishsizlik, inflyatsiya, barter hisob-kitoblari hisoblashish usuli davlat byudjeti hisobidan to‘ldirib boriladigan pensiya jamg‘armalarida yetishmovchilikni keltirib chiqardi. Bu, o‘z navbatida, davlat pensiya jamg‘armalarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash imkonini bermadi. Mana shunday omillar jahon mamlakatlari pensiya tizimlari moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
So‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodchi-olimlari tomonidan pensiya ta’minotini tadqiq qilish, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash yuzasidan keng ko‘lamli nazariy va amaliy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ko‘plab iqtisodchilar pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va samarali faoliyat ko‘rsatishining muhim ko‘rsatkichi sifatida “bog‘liqlik koeffitsiyenti”ni ko‘rsatadi [4].
Dunyoning mamlakatlarida davlat majburiy pensiya fondlari byudjetlarida defitsit holatlarini kelib chiqib, uning hajmi yildan yilga oshib bormoqda. XXI asrning birinchi o‘n yilligida boshlangan va jahon mamlakatlarini qamrab olgan global moliyaviy inqiroz dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridagi, ayniqsa Yevropa mamlakatlaridagi davlat pensiya fondlari byudjetlariga ikki tomonlama salbiy ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan besh omil natijasida, davlatlar pensiya xarajatlari uchun yaratilgan yalpi ichki mahsulotlarining (YAIM) tobora katta miqdorlarini sarflashga majbur bo‘lmoqdalar [5].
Aksariyat mamlakatlarida pensiya tizimini tashkil qilishda asosiy o‘rinni taqsimlanuvchi pensiya sxemalari egallaydi, jamg‘ariluvchi pensiya ta’minoti asosan, taqsimlanuvchi tizimga qo‘shimcha ravishda tashkil etilgan (jumladan, O‘zbekistonda ham). Shu nuqtai nazardan pensiya tizimining moliyaviy barqarorligi tadqiq etilganda urg‘u ustuvor ahamiyat kasb etadigan taqsimlanuvchi pensiya tizimiga qaratiladi.
Mamlakatlar mazkur muammolarning yuzaga chiqishi asnosida, pensiya tizimlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda uning faoliyatini samarali tashkil etish ustida jiddiy chora-tadbirlar va o‘zgarishlarni amalga oshirishni boshladilar.
Majburiy tartibda to‘lanadigan to‘lovlar va ixtiyoriy tartibda Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan to‘lovlardir. Bundan ko‘rinadiki, korxona va tashkilotlar, oilaviy tadbirkorlik subyekti va uning oilasi a’zolari, “O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari” Kengashi, dehqon xo‘jaligi boshlig‘i, yakka tartibdagi tadbirkorlar va ular tomonidan yollangan xodimlar majburiy tartibda Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov to‘laydilar.
Taqsimlanuvchi pensiya tizimini ta’minlash Pensiya jamg‘armasi zimmasiga yuklatiladi. Pensiya jamg‘armasi tomonidan davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalar tayinlanadi va to‘lanadi.
1-jadval
Pensiya jamg‘armasidan pensiya va nafaqa oluvchilar soni o‘zgarishi,1
№
Ko‘rsatkichlar
2017
2018
2019
2020
2021
2022
1
Yoshga doir
2147,5
2181,7
2262,9
2369,3
2481,4
2582,7
2
Nogironlik
382,7
371,3
358,5
351,5
359,2
366,2
3
Boquvchisini yo‘qotganlik
165,3
160,7
160
161,2
166,8
168,6
4
Ijtimoiy nafaqa oluvchilar
225,9
233,9
244,5
259
289,1
311,6
Jami pensiya va oluvchilar soni
2921,5
2947,8
3026,1
3141,1
3296,7
3429,3
(ming nafar hisobida) 1-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda 2017-yilga nisbatan jamg‘arma hisobidagi pensiya va nafaqa oluvchilar soni 507,8 ming nafarga o‘sib, 3429,3 ming nafarni tashkil qilgan. Mazkur holat mamlakat aholisining taxminan 10 foizini tashkil qiladi. Bunda, yoshga doir pensiya oluvchilari 435,2 ming nafarga, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oluvchilar 3,3 ming nafarga, ijtimoiy nafaqa oluvchilar 85,7 ming nafarga o‘sgan, faqat nogironlik nafaqasini oluvchilar soni 16,5 ming nafarga kamaygan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatda ijtimoiy sohada, ayniqsa tibbiyot sohasida islohotlar natijasi ularoq tug‘ilishdan nogironlar kamayib borgan. Shuningdek, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi kamayganligi mamlakatda tinchlik xukmronligi, yirik sanoat korxonalari mehnat xavfsizligi qoidalariga qatiy rioya etilishi talab etilib, inson kapitaliga alohida e’tibor qaratilayotganligi bilan izohlash mumkin.
Davlat pensiya ta’minoti moliyaviy manbasi pensiya jamg‘armasi bo‘lar ekan, uning moliyaviy barqarorligi mazkur jamg‘arma mablag‘laridan foydalanuvchilar hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omil sifatida quyidagi holatga e’tibor qaratamiz.
Ma’lumki, O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida demografik jihatdan yosh mamlakat hisoblanadi, mamlakat aholisi yosh tarkibida mehnat resurslari ulushi yuqori va shu bilan birga boshqa mamlakatlarga nisbatan pensiyaga chiqish yoshi ham eng past darajadadir. Pensiya jamg‘armasi prognozlariga ko‘ra kelgusi yillarda mamlakatda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi ham ortib boradi.
Keltirilgan 2-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-2025-yillarda erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73 yoshdan 75,5 yoshga ortadi, ayollarda esa 78 yoshdan 79 yoshga ko‘payadi. Agar amaldagi yoshga doir pensiyaga chiqish normalariga o‘zgartirish kiritilmasa, mamlakatdagi erkaklarning o‘rtacha pensiya davri
2025-yilda 19 yilga (+2 yil) ga, ayollarniki 25 yilga (+1) yilga yetadi. Prognozga ko‘ra, 2018-2025 yillarda pensiya yoshidagi aholining ulushi (1,2 mln. kishiga) oshishi kutilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining mutanosib ravishda oshishiga olib keladi.
2-jadval
O‘zbekiston aholisining o‘rtacha umr korish davomiyligi va o‘rtacha pensiya davomiyligi prognozi2 (yil)
№
Ko‘rsatkichlar
Yillar
2018
2019
2020
2021
2022
2023
2024
2025
1
O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi (erkaklar)
73
73,5
74
74,5
75
75
75
75
2
O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi (ayollar)
78
78
78
78
78
78,5
79
79
3
60 yoshdan pensiyaga chiqqan erkaklar o‘rtacha pensiya olish davomiyligi
17
17,5
17,5
18
18
18
18
18
4
55 yoshdan pensiyaga chiqqan ayollar o‘rtacha pensiya olish davomiyligi
24
25
25
25
25
25
25
25
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilanishicha, Pensiya jamg‘armasining moliyaviy mablag‘lari ishlamaydigan va ishlaydigan pensionerlar uchun pensiyalar, keksa va mehnatga layoqatsizlar uchun nafaqalar to‘lash, dafn uchun nafaqa va boshqa nafaqalar to‘lashga yo‘naltiriladi.
Pensiya ta’minotining moliyaviy barqarorligi uning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi. Davlat pensiya ta’minoti tizimini tashkil etishda xukumat imkon qadar iqtisodiyotga eng kam ta’sir etadigan va iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir o‘tkazmasdan tashkil etishga harakat qiladi, ammo tanganing ikkinchi tomoni ham borki, pensiya va ijtimoiy to‘lovlarni moliyaviy ta’minlash pensiya fondlarini to‘ldirish uchun davlat majburiy ijtimoiy to‘lovlar va badallar to‘lovini tashkil etadi. Davlat tomonidan tashkil etilgan pensiya fondlari ishlovchilarning va ish beruvchilarning badallari hisobiga shakllanadi. Zarurat tug‘ilgan hollarda esa davlat pensiya fondlari davlat ijtimoiy transfertlari hisobidan moliyalashtirilishi ham mumkin.
2018-yilga qadar Pensiya jamg‘armasi asosiy moliyaviy ta’minoti yagona ijtimoiy to‘lovdan ajratma, ishlovchilarning majburiy sug‘urta badallari, tovar(ish, xizmatlar) realizatsiyasi hajmidan majburiy ajratma, ixtiyoriy sug‘urta badallari hisobidan shakllantirilgan.
Pensiya jamg‘armasi daromadlaridagi eng asosiy ulush yagona ijtimoiy to‘lov hisobiga ta’minlanadi va bu jamg‘armaning jami daromadlarining qariyb 52-60 foizidir. Umuman olganda jahondagi barcha mamlakatlar pensiya ta’minoti tizimlarida ish beruvchilarning ajratmalari alohida birlamchi axamiyat kasb etadi. Tadqiq etilayotgan davrlarda Pensiya jamg‘armasiga davlat byudjetidan ijtimoiy transfertlar berilmagan, aksincha fuqarolarning ish haqidan undiriladigan majburiy sug‘urta badallari hamda tadbirkorlik subyektlarining tovar (ish, xizmat)lar realizatsiya qilishidan undiriladigan majburiy ajratmalar stavkasining oshirib borilishi hisobiga jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari o‘rtasida katta miqdordagi musbat saldo yuzaga kelgan. 2017-2022 yillarda aynan majburiy sug‘urta badali stavkasi 5,5 foizdan 8 foizgacha oshirilgan bo‘lsa, tovar (ish, xizmat) realizatsiya hajmidan majburiy ajratma stavkasi 1,6 foiz qilib belgilangan.
3-jadval Pensiya jamg‘armasi daromadlari3 (mlrd.so‘mda)
№
Ko‘rsatkichlar
2017
2018
2019
2020
2021
2022
1
Yil boshiga qoldiq
785,7
1472,4
2564,4
2118,7
2310,7
3007,5
2
Yagona ijtimoiy to‘lovlardan ajratmalar
5957,4
7338,6
7611,3
8774,7
10280,5
11808
3
Sug‘urta badallari
1599,1
2036,2
2595,6
3121,5
3940,6
4466,3
4
Mahsulot (xizmat) realizatsiyasi hajmidan majburiy ajratmalar
1436,4
1505,8
1197,4
1354,7
1804,6
2059,9
5
Boshqa daromadlar
748,9
902,1
1130
1421
1681,4
1898,4
Jami mablag‘lar
10527,5
13255
15098,7
16790,7
20018,1
23240,1
2018-yildan boshlab O‘zbekistonning davlat moliya va soliq tizimida tub burilishlar va keng ko‘lamli islohotlar jarayonlari boshlandi. Islohotlarning bir bo‘lagi sifatida pensiya ta’minoti tizimini moliyaviy ta’minlash mexanizmlarida ham bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ4086 sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan boshlab Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi va Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armalarining tugatildi, ularning bo‘sh qolgan pul mablag‘lari byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazib berildi.
O‘zbekistonda soliq tizimida keng ko‘lamli islohot va o‘zgarishlar amalga kiritilishi bilan Pensiya jamg‘armasinining moliyaviy mablag‘larini shakllantirishda ham tarkibiy o‘zgarishlar yuzaga keldi. Xususan, 2019-yildan ishlovchilarning majburiy sug‘urta badallari, Tovar (ish, xizmatlar) realizatsiyasi hajmidan majburiy ajratma to‘lovlari bekor qilinishi hisobiga yuzaga keladigan mablag‘ yetishmovchiligi quyidagilar hisobiga qoplandi:
davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyalar;
yashirin iqtisodiyotda band bo‘lgan 1,2 millionga yaqin ishlovchining qonuniylashtirish;
davlat byudjetiga yo‘naltiriladigan yagona soliq to‘lovi jami tushumlarining 46 foizini Pensiya jamg‘armasiga ajratma qilish hisobiga.
Pensiya jamg‘armasining asosiy daromad manbai yagona ijtimoiy to‘lov (YAIT) hisoblanadi. Ushbu to‘lov ish beruvchi tomonidan umumiy ish haqi fondidan to‘lab beriladi, 2018-yil holatiga ko‘ra YAIT miqdori barcha yuridik shaxslar uchun 25 foiz (24,8 foizi - Pensiya jamg‘armasiga; 0,1 foizi - Bandlik jamg‘armasiga; 0,1 foizi - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga), mikrofirma va kichik korxonalar hamda fermer xo‘jaliklari uchun 15 foiz (14,8 foizi - Pensiya jamg‘armasiga; 0,1 foizi - Bandlik jamg‘armasiga; 0,1 foizi - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga) etib belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ4086 sonli Qaroriga ko‘ra 2019-yil 1-yanvardan boshlab byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, shuningdek, ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi bo‘lgan yuridik shaxslar - 25 foiz miqdorda (99,2 foizi - Pensiya jamg‘armasiga; 0,4 foizi - Bandlik jamg‘armasiga; 0,4 foizi - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga) hamda 1 bandga tegishli bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar - 12 foiz miqdorida (98,4 foizi - Pensiya jamg‘armasiga; 0,8 foizi - Bandlik jamg‘armasiga; 0,8 foizi - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga) YAIT to‘lashlari belgilandi.
Aholi tug‘ilish koefitsiyentining davomiy pasayib borishi, aholining o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi, aholi turmush darajasining yaxshilanib borishi hamda meditsinaning rivojlanishi, aholining umumiy soni tarkibida iqtisodiy jihatdan faol bo‘lgan mehnatga layoqatlilarning kamayib borishi, iqtisodiy inqirozlar, ishsizlar sonining ko‘payishi kabilar pensiya tizimi moliyaviy barqarorligi ta’sir etuvchi asosiy omillardir.
Pensiya tizimining moliyaviy barqarorligiga iqtisodiy faol aholining katta qismi pensiya tizimining chegaralaridan chetda qolganligi, pensiya fondlarini xususiylashtirish amaliyoti pensiya tizimiga yetarlicha ijobiy samara keltirmaganligi, pensiya fondlarining iqtisodiy o‘sishga ta’siri yuqori emasligi, jamg‘ariladigan pensiya tizimi joriy etilgan mamlakatlarda o‘rtacha yillik investitsion daromadlar muntazam pasayib borayotganligi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Pensiya tizimining samarali va moliyaviy barqaror faoliyat yuritishi uchun pensiya tizimi ijtimoiy samarali va shaxsiy adolatni ta’minlaydigan, pensiyalar mehnat faoliyat jarayonida to‘langan sug‘urta badallari miqdoriga mutanosib ravishda mehnat daromadlarini yo‘qotishini qoplaydigan hamda pensiya badallari xo‘jalik subyektlari, fuqarolar uchun moliyaviy jihatdan og‘irlik tushirmaydigan darajada iqdisodiy qulay tarzda tashkil etilishi zarur.
Pensiya ta’minoti uzoq muddatli istiqbolda samarali faoliyat yuritish uchun sug‘urta fondlarining moliyaviy manbalari va pensiya to‘lovlari aniq va kafolatlangan holda rejalashtirilishi kerak.
Pensiya ta’minotining qamrov darajasini oshirish uchun fuqarolarni pensiya ta’minoti tizimida majburiy ishtirokini ta’minlash chora tadbirlarini ishlab chiqish hamda pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini muntazam baholab, monitoringini yuritilishi zarur.
Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyasiga muvofiq, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi barqaror faoliyat yuritishi uchun pensiya ta’minoti tizimiga sug‘urta badali to‘lovchilar sonining pensiya oluvchilarga o‘zaro nisbati 4:1 darajada bo‘lishi ijobiy holat hisoblanadi. Biroq, bugungi kunda O‘zbekistonda mazkur ko‘rsatkich amalda 1,5:1 nisbatni tashkil qiladi.
2018-2025-yillar uchun demografik prognozlarga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi tarkibida pensiya yoshidagi aholining ulushi (1,2 mln. kishiga) ko‘payishi kutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining mutanosib ravishda ortishiga olib keladi.
Kelgusi yillarda O‘zbekiston pensiya ta’minotining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda va Pensiya jamg‘armasiga tushumlarni oshirish uchun norasmiy iqtisodiyotni legallashtirish va O‘zbekistondan mehnat migrantlarini qabul qilayotgan mamlakatlar bilan davlatlararo shartnomalarni tuzish orqali ijtimoiy to‘lovlarni to‘lovchilarni qamrab olishni kengaytirish uchun shart-sharoitlarni yaratish zarur, deb hisoblaymiz.
Manba: openscience.uz
Sana: 16.11.2023
https://cyberleninka.ru/article/n/byudjetdan-tashqari-pensiya-jamg-armasi-moliyaviy-holati-tahlili