O’z navbatida, budjet daromadlari tarkibida soliqlarning tutgan o’rniga nisbatan iqtisodchi olimlar dunyosida turli xildagi qarashlar mavjud. XIX asrda S.Simondi soliqlarning budjet daromadlari sifatidagi mohiyatini tadqiq qilish asosida – soliq to’lovchi davlat xizmatlarini kelgusida iste’mol qilish maqsadida joriy ne’matning ma’lum qismini hukumat foydasiga qurbon qiladi – degan xulosaga kelgan. XIX asrning boshqa iqtisodchilari A.Tyer va J. MakKullox soliqlarni davlatga berilgan “sug’urta to’lovi” sifatida qaraydilar7 . Soliqlar davlat budjeti daromadlarining asosiy manbai sifatidagi mohiyati va xususiyatlarini ochib berishda J.M.Keynsning fikrlari muhim ahamiyat kasb etadi. Uning fikrlari bevosita bozor iqtisodiyotida davlatning rolidan kelib chiqadi. Unga binoan bozor mexanizmi o’zini-o’zi tartibga sola olmaydi va bu ishni faqat davlat amalga oshira oladi. Bu ishni davlat fiskal va pul-kredit siyosati orqali amalga oshirishi mumkinligini ta’kidlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunining 18-moddasida esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari tarkibida quyidagi soliqsiz daromadlar ko‘rsatib o‘tilgan: 1) qonuniy xujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar; 2) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 3) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) qonunlarga muvofiq boshqa manbalar. Davlat budjetining soliqsiz daromadlari quyidagilardan tashkil topadi (20-rasm): – davlat mulkidan foydalanishdan olinadigan daromadlar; – budjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan pullik xizmatlardan keladigan daromadlar; – fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo‘llash natijasida olinadigan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalar va davlat subyektlariga yetkazilgan zararni tiklash bo‘yicha olinadigan mablag‘lar va majburiy undiriladigan boshqa mablag‘lar; – moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (budjet ssudalari va budjet kreditlaridan tashqari); – boshqa soliqsiz daromadlar.