Mavzu:Fuqarolik jamiyatining shakillanishi. Xalqaro huquqiy tamoyillari va manbalari
Reja:
1. “Fuqarolik jamiyati” va “Huquqiy davlat”
2. Fuqarolik jamiyati ijtimoiy hayotning fenomeni
3. Fuqarolik jamiyati tushunchasining kelib chiqishi
4. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va ob‘ekti
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Tayanch so’z va iboralar: Fuqaro, fuqarolik jamiyati, davlat, davlat hokimiyati, huquqiy davlat, siyosiy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari, nodavlat notijorat tashkilotlar
1.Fuqarolik jamiyati tushunchasi – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‗lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g‗oyalar genezisini, asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati ma‘lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma‘naviy) yaratilgandagina shakllanishi mumkin. Bular quyidagilardan iborat: Iqtisodiy asoslar: - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi; - iqtisodiy plyuralizm; - ko‗p ukladlilik; - erkin bozor munosabatlari; - jamiyatda uning har bir a‘zosi, qandaydir mulkka ega bo‗lishi, o‗z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‗lishi; - xususiy mulkning daxlsizligi; - davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mehnat va iste‘mol faoliyati erkinligining ta‘minlanganligi va boshqalar. Ijtimoiy-siyosiy asoslar: - mustaqil davlatlarning tashkil topishi; - iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning ajratilishi; - insonlarning o‗z manfaatlarini himoya qilish maqsadida ma‘lum tashkilotlarga birlashishi. - hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, siyosiy institutlar qo‗lida jamlanishi (bunday holda ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga solib turadi);
- siyosiy plyuralizm; - davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi; - ―Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari‖ tamoyilining namoyon bo‗lishi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Fuqarolik jamiyati qurish bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirishni ko‗zda tutadi‖1 . Huquqiy asoslar: - inson uchun ahamiyatli bo‗lgan ozodlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topishi; - yuridik tenglikning ta‘minlanishi hamda ularga huquq va erkinliklar berish orqali qonun yo‗li bilan tan olinishi; - ―Qonun hukmron bo‗lgan joyda erkinlik ham bo‗ladi (A.Temur)‖. ―Adolat - qonun ustuvorligida‖ tamoyilining amal qilishi. ―Fuqarolar bilan davlat o‗zaro huquqlar va burchlar orqali uzviy bog‗liqdirlar. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari daxlsiz bo‗lib, hech kim ularni sudning qarorisiz mahrum etishi yoki cheklashi mumkin emas. Ayni vaqtda fuqarolarning o‗z huquq va erkinliklarini amalga oshirishlari boshqa fuqarolarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid bo‗lmasligi lozim‖2 . Ma‘naviy asoslar: - insonlar o‗z qadr-qimmati, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasiga tura oladigan, zaruriyat tug‗ilganda ular uchun kurasha oladigan bo‗lishlari; - vijdon erkinligi, axloqiy normalarga rioya qilish; - yagona mafkura va dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi; - fuqarolarning ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari, fuqarolik pozitsyasiga ega ekanligi. O‗zbekistonda yangi jamiyatni rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi turli mamlakatlarda fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi turli darajada va davrlarda amalga oshirilganligining nazariy va amaliy jihatlarini, tajribalarini o‗rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki, fuqarolik jamiyatining bu progressiv jihatlari (tamoyillari va belgilari) sinalgan tajriba sifatida o‗tish davrini o‗z boshidan kechirayotgan
mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurishda e‘tiborga olishga imkon beradi. Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyati fanini oliy ta‘lim tizimida o‗qitish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati fanini o‗qitish asnosida mamlakatda ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ tamoyili asosida islohotlarni yanada chuqurlashtirishga doir tajribalar va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilimlari yordamida nafaqat yangi jamiyatda yashaydigan, balki bu jamiyatni rivojlantirishda bevosita faol ishtirok eta oladigan yosh avlodni shakllantirishga qaratilgan bilimlar berish nazarda tutiladi. Fuqarolik jamiyati – ochiq ijtimoiy tuzilma. Unda so„z erkinligi, shu jumladan, tanqid qilish erkinligi, oshkoralik, har xil axborotlar olish erkinligi, erkin kirish va chiqish huquqi, boshqa mamlakatlar bilan keng miqyosda, doimiy asosda axborot, ta‟lim texnologiyalari almashinuvi, chet davlatlar va jamoat tashkilotlari bilan madaniy va ilmiy hamkorlik, xalqaro huquq prinsiplari va normalariga muvofiq xalqaro xorijiy birlashmalar faoliyatiga ko„maklashish ta‟minlanadi. U umumiy insonparvarlik tamoyillariga sodiq bo‗lib, dunyo miqyosidagi shunday tuzilmalar bilan o‗zaro aloqa qilish uchun ochiqdir. Fuqarolik jamiyati – murakkab tarkibli va plyuralistik tizim. Tabiiyki, har qanday ijtimoiy organizm tizimning muayyan xossalari majmuiga ega bo‗ladi, biroq fuqarolik jamiyatiga ularning to‗liqligi, barqarorligi va samaraliligi xosdir. Rang-barang ijtimoiy shakllar va institutlar (kasaba uyushmalari, partiyalar, birlashmalar, tadbirkorlar, klublar va h.k.) ning mavjudligi individlarning turli tuman ehtiyojlari va manfaatlarini ifodalash va ro‗yobga chiqarish, odamzotning barcha qobiliyatlarini namoyon etish imkonini beradi. Fuqarolik jamiyati – o„zini o„zi rivojlantiruvchi va o„zini o„zi boshqaruvchi tizim. Individlar har xil tashkilotlarga birlashib, bir-biri bilan rang-barang munosabatlar o‗rnatib, o‗zlarining ba‘zan qarama-qarshi manfaatlarini ro‗yobga chiqarib, jamiyat siyosiy hokimiyat kuchiga ega bo‗lgan davlatning aralashuvisiz uyg‗un va izchil rivojlanishini ta‘minlaydilar. Fuqarolik jamiyati o‗zining davlatdan mustaqil o‗zini o‗zi rivojlantirish ichki manbalariga egadir. Fuqarolik jamiyati – huquqiy demokratik davlat bilan uyg‗unlikda yashaydi. Bu yerda inson va fuqaroning tabiiy va o‗zlashtirilgan huquqlarini tan olish, ta‘minlash va himoya qilish bog‗lovchi omil sifatida amal qiladi. Fuqarolik jamiyatining asosiy unsuri ayrim shaxs bo‗lsa, fuqarolik jamiyati institutlari, tashkilotlar, guruhlar va hokazolar uni shakllantiruvchi omillardir. Ular shaxs, uning manfaatlari, maqsadlari, niyatlari va hokazolarni ro‗yobga chiqarishga ko‗maklashadi. Shu sababli iqtisodiy va siyosiy hokimiyatni ajratish, haqiqiy fuqarolik jamiyatining yuzaga kelishi va qaror topishining bosh omili hisoblanadi. Iqtisodiy hokimiyat siyosiy hokimiyat bilan qo‗shilganida muqarrar tarzda iqtisodiy hokimiyatning bir markaz, bir odam yoki shaxslar guruhi qo‗lida jamlanishi yuz beradi. Agar siyosiy va iqtisodiy hokimiyatlar turli markazlar, qo‗llarda jamlansa, ular bir-birini cheklab turadi. 2. ―Fuqarolik jamiyati‖ atamasi turli xorijiy adabiyotlarda alohida mazmun kasb etgan tushuncha bo‗lib, u hozirgi davr talqinda jamiyatning muayyan shakli (holati va xususiyati)ni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tabiatini, rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari doimo davlatni takomillashtirish, huquq va qonunning rolini yuksaltirish muammolarini hal etish bilan chambarchas bog‗liqdir. Shuni ta‘kidlash lozimki, insoniyat taraqqiyotining Aristotel, Platon, Sitseron va boshqa mutafakkirlar yashagan tarixiy bosqichida fuqarolik jamiyati deganda davlat tushunilgan. Bu hol ancha uzoq vaqt mavjud bo‗lgan va iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning rivojlanish darajasi (mehnat taqsimotining primitiv shakllari, tovar-pul munosabatlari rivojlanishining dastlabki bosqichi, jamiyat hayotini davlat tasarruf etishi, ijtimoiy tuzilmaning tabaqaviyligi) bilan bog‗liqdir. Fuqarolik jamiyatining ba‘zi bir unsurlari antik dunyoning ayrim mamlakatlarida (Yunoniston, Rim) mavjud bo‗lib, bu yerda hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi xususiy huquqning ayrim institutlarida (ayniqsa, Rim xususiy huquqi) mustahkamlangan tovar-pul ishlab chiqarishini vujudga keltirdi. Biroq, holat faqat fuqarolik jamiyatining ayrim mintaqalarda vujudga kelgan va tabaqalashgan vertikal tuzilmalari va ular bilan uyg‗unlashgan unsurlaridan iborat edi, xolos. Ijtimoiy-siyosiy fanlarda ―fuqarolik jamiyati‖ va ―davlat‖ tushunchalari uzoq vaqt unchalik farqlanmay keldi, ular aynan tushunchalar sifatida qabul qilindi. Biroq, XVII asr o‗rtalaridan boshlab, jamiyatning turli jabhalarini tabaqalashishi, ularni davlat hokimiyati boshqaruvidan chiqarish, uzviy huquq va erkinliklarga ega bo‗lgan erkin va mustaqil individni kamol toptirish jarayoni ijtimoiy taraqqiyotning ikki tamoyilini yuzaga keltirdi va ularni ijtimoiy ong va fanda aks ettirish zarurati paydo bo‗ldi. Davlatda hokimiyatning uchga bo‗linishi, siyosiy partiyalar, manfaatlar guruhlari (kasaba uyushmalari, ommaviy axborot vositalari va h.k.) paydo bo‗lishi bilan jamiyat hayoti mazmuni endi faqat davlat hokimiyati bilan cheklanib qolmaslikni taqozo etdi. Jamiyat boshqaruvi dunyosiga yangi ishtirokchi institutlar kirib kela boshladi, ular siyosiy qarorlar qabul qilish, fuqarolik jamiyati strategiyasini ishlab chiqish, shaxs faoliyatining umumiy maqsad va mazmunini shakllantirish jarayoniga sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsata boshladi. Fuqarolik jamiyati tushunchasi absolyutizm ag‗darilganidan so‗ng shakllangan yangi hayotni, ya‘ni fuqarolarning shaxsiy hayotini davlat tazyiqidan xalos etishni aks ettiradi. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatda mansbdorlar fuqarolar bilan o‗zaro muomalalarda qonunga qat‘iy rioya qilish g‗oyalari ilgari surildi. Tarixda davlatdan mustaqil ravishdagi jamiyat amalda doimo namoyn bo‗lgan davrlar ham bo‗lgan, biroq u doimo ham fuqarolik jamiyati mazmunini kasb etavermagan. Fuqarolik jamiyati davlatning ijtimoiy tuzilmalaridan ajralishi, u ijtimoiy munosabatlarning nisbatan mustaqil jabhasiga aylanish natijasi o‗laroq paydo bo‗ldi. Fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishi jarayonida hozirgi davr huquqi va davlati vujudga keldi. Ko‗rib turganimizdek, fuqarolik jamiyati kategoriyasi tarixan insoniyat rivojlanishining shunday bir alohida yo‗nalishini aks ettiradiki, u har bir davrning o‗ziga xos mutafakkirining oqilonalik, erkinlik, farovonlik va adolat hukm suruvchi ideal jamiyat modelini yaratishga intilishi bilan tavsiflanadi. Davlat, oila, qabila, millat tushunchalari, diniy va boshqa birliklardan farq qiluvchi fuqarolik jamiyati kategoriyasi, yuqorida qayd etib o‗tganimizdek, XVIII-XIX asrlarga kelib o‗rganila boshlandi. Yevropa va Amerika mamlakatlarining katta mintaqalarida fuqarolik jamiyatining shakllanishi yangi davrda boshlandi. Olimlar va mutaxassislar fikriga ko‗ra, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini uch bosqichga ajratish mumkin. Bunda bir bosqichdan keyingi bosqichga o‗tishda jamiyat va davlat tuzumida katta o‗zgarishlar, ijtimoiy va siyosiy tangliklar, ommaviy harakatlar, sinflarning to‗qnashuvlari, jamiyat mafkurasida tub o‗zgarishlar yuz bergan. Birinchi bosqich shartli ravishda XVI-XVII asrlar. Bu davrda fuqarolik jamiyatining iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy asoslari yaratildi. Ular jumlasiga sanoat va savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish turlarining ixtisoslashuvi, mehnat taqsimotining teranlashuvi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishini kiritish mumkin. Shuningdek, yagona markazlashgan davlatlarning tashkil topishi bilan feodal tarqoqlik davrida mavjud bo‗lgan tengsizlik, huquqsizliklarga barham berishga e‘tibor berila boshlandi. Ikkinchi bosqich XVIII asr oxiridan XIX asr oxirigacha davom etdi. Bu davrda eng rivojlangan mamlakatlarda umumiy yuridik tenglik va erkinlikka, tadbirkorlik erkinligi va shaxsiy tashabbusga asoslangan dastlabki kapitalizm ko‗rinishidagi fuqarolik jamiyati shakllandi. Uchinchi bosqich (XIX asr oxiri va keyingi davr) vertikal feodal tuzilmalar o‗rnini erkin odamlarning huquqiy tengligi va o‗zaro bitimlariga asoslangan gorizontal munosabatlar egallagani bilan tavsiflanadi. Insoniyatning ko‗p asrlik tarixida barcha odamlar, ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeidan qat‘i nazar, jamiyat hayotining huquqiy jihatdan teng ishtirokchilari deb e‘tirof etilishi muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Ular har kimga o‗zini erkin xohish-irodaga ega bo‗lgan, o‗z harakatlari va ularning huquqiy oqibatlari uchun javob berishga qodir shaxs sifatida namoyon etish imkoniyatini beruvchi qonunlar bilan e‘tirof etilgan qator huquqlar va erkinliklarga ega bo‗la boshladi. Fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga Huquqlar haqidagi bill (1689 y. Angliyada, 1791 y. AQSHda) yoki Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi (1789 y. Fransiyada) ning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Fuqarolik jamiyati – o‗z shaxsi, ijodiy tashabbusini erkin namoyon etuvchi teng huquqli odamlar jamiyati, ortiqcha ta‘qiqlar va keraksiz ma‘muriy tartibga solishdan xoli teng imkoniyatlar jamiyati sifatida shakllandi. Jamiyat a‘zolari yuridik nuqtai nazardan fuqarolik huquq va erkinliklarga ega bo‗ldi. Fuqarolik - insonning muayyan davlatga barqaror tarzdagi mansubligi, inson va davlatning o‗zaro huquqiy aloqasi sifatida namoyon bo‗la boshladi. Bu ikki tomonlama aloqalar, bir tomondan, davlat o‗z fuqarolariga muayn huquq va erkinliklarni kafolatlaydi, ularning o‗zini va mol-mulkini zo‗ravonlik va o‗zboshimchaliklardan himoya qiladi, xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan o‗z fuqarolariga homiylik qiladi. Boshqa tomondan, fuqarolar davlat qonunlariga rioya qilishlari, u belgilagan majburiyatlarni bajarishlari, o‗z mehnati bilan davlatni mustahkamlashga ko‗maklashishlari, uning obro‗sini saqlashlari, zarur bo‗lgan holatlarda uni himoya qilishlari lozim. Bu huquq va burchlar majmui fuqarolarning siyosiy-huquqiy maqomini tashkil etadi. XX asrda fuqarolik jamiyati g‗oyasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etdi. Bunga avvalo totalitar va avtoritar tuzumlarning paydo bo‗lishi va ularga qarshi demokratiya uchun kurash olib borish zaruriyati sabab bo‗ldi.
Plyuralizm nazariyasi keng tarqaldi. Bu nazariyaga binoan, demokratik jamiyatning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: - fuqarolar totuvligiga erishish yo‗llarini izlash; - aholining turli guruhlari manfaatlarini hisobga olish; - qarama-qarshiliklarga barham berish va nizolarning oldini olish. Tabaqaviy imtiyozlarning tugatilishi va fuqarolik huquqlarining paydo bo‗lishi fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim omili hisoblanadi. Shaxsning huquq va erkinliklarini ta‘minlovchi huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy negizi bo‗lib xizmat qiladi. Shuni ta‘kidlab o‗tish lozimki, fuqarolik jamiyatining davlatdan ajralishi aynan tabaqalar o‗rtasidagi tengsizlikni tugatish va ijtimoiy munosabatlarni davlat tasarrufidan chiqarish jarayonida yuz bergan. Bu jarayonga butun aholi nomidan ish ko‗ruvchi vakillik davlatining shakllanishi asos bo‗lgan. Buning uchun odamlarning yuridik tengligi ularga huquq va erkinliklar berish orqali qonun yo‗li bilan tan olindi. Tabaqaviy tengsizlik o‗rnini egallagan umumiy yuridik tenglik shaxsning mutlaqo yangi ijtimoiy holatini belgilab berdi. Endi individlar, ularning ijtimoiy kelib chiqishidan qat‘iy nazar, erkin hamda ijtimoiy hayotning to‗laqonli ishtirokchilari deb e‘tirof etildi. 3.Fuqarolik jamiyati fanining predmeti fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o‗ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o‗rganishdan iboratdir. Fuqarolik jamiyati fanining ob‘ekti – bu rivojlangan mamlakatlarda va O‗zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy sohalardagi tub o‗zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o‗n yilliklarni o‗z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o‗zaro uyg‗unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o‗rganiladi. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti – bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo‗lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr – bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki, jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalari, Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan O‗zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning ―o‗zbek modeli‖ga xos nazariy qarashlar, mamlakatda fuqarolik jamiyatining rivojlanish jarayonidan iboratdir.
Fanni o‗qitishdan maqsad - talaba yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko‗nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat histuyg‗ularini yuksaltirish kabilardan iborat. Fanning vazifalari quyidagilarda namoyon bo‗ladi: - jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‗rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish; - talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o‗rganishda har tomonlama ko‗maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish; - fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish; - talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‗ladigan muammolar va ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish; - talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‗nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‗mklashish; - ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ tamoyilining mazmun-mohiyatini tushuntirish va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanini o‗zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarda quyidagi bilim, ko‗nikmalar shakllantiriladi: - fuqarolik jamiyati to‗g‗risida nazariy bilimlar va ularning O‗zbekiston va jahon tajribasida namoyon bo‗lishining o‗ziga xos jihatlari to‗g‗risida; - talabalarda fuqarolik jamiyati to‗g‗risidagi nazariy bilimlar va ko‗nikmalar; - jahonda fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish tajribalari; - fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi to‗g‗risida; - davlat hokimiyati organlari tizimi va fuqarolik jamiyatida davlat boshqaruvi tuzilmasini bilish; - markazlashgan rejali iqtisodiyot va ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotining farqli tomonlarini aniqlash; - mamlakatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‗tishining inqilobiy va tadrijiy (evolyusion) yo‗llarining yutuq va kamchiliklarini baholash; - mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, ijtimoiy hayotni yangilash ko‗nikmalariga ega bo‗lishi kerak;
- mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini anglagan holda ulardan o‗z kasbida foydalanish; - mamlakatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini qurish bo‗yicha o‗z xulosalarini bera olish; - mamlakatimizning jahon bo‗yicha erishayotgan yutuqlarini tahlil qilish malakalariga ega bo‗lishi kerak. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to‗g‗risidagi umume‘tirof etilgan qonuniyatlarni 2 guruhga ajratish mumkin: 1-guruh. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to‗g‗risidagi umume‘tirof etilgan qonuniyatlar. 2-guruh. Har bir mamlakatning milliy va tarixiy rivojlanishidagi o‗ziga xos jihatlarini hisobga oladigan qonuniyatlar. Fanning asosiy tushunchalari quyidagilar: fuqaro, jamiyat, fuqarolik jamiyati, davlat, huquqiy davlat, siyosiy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari, jamiyatining ijtimoiy tuzilmasi, jamiyatining iqtisodiy asoslari, demokratik institutlar, qonun ustuvorligi, saylov, saylov huquqi, fuqaroviylik, fuqaro faolligi, daxldorlik hissi, ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish, o‗zini o‗zi boshqarish, millatlar va konfessiyalararo totuvlik, jamoatchilik nazorati, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, ijtimoiy sheriklik kabilardir. Fuqarolik jamiyati fanini o‗qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalaniladi. Ilmiylik – fuqarolik jamiyati to‗g‗risidagi g‗oyalar, nazariyalar, zamonaviy konsepsiyalarni tahlil qilish asosida uning metodologik nazariy asoslarini ko‗rsatish. Tarixiylik – fuqarolik jamiyatining shakllanishining tarixiy bosqichlari, ularning o‗ziga xos xususiyatlarini tahlil qilgan holda jahon tajribasida erishilgan yutuqlardan foydalanish asosida tahlil etish. Mantiqiylik – fuqarolik jamiyati shakllanishining genezisidan to bugungi holatigacha bo‗lgan jihatlarini (asosiy belgilari, omillari, tamoyillari, funksiyalari) uzviylik asosida tahlil qilish. Tizimlilik – fuqarolik jamiyatini bir butun tizim sifatida va har bir belgilarning paydo bo‗lishi, rivojlanishi va tizimdagi o‗rni va rolini ko‗rsatish. Qiyosiy tahlil metodi – fuqarolik jamiyati shakllanish va rivojlanish tajribalarini solishtirish, har bir davlatdagi o‗ziga xos jihatlarini ko‗rsatish. Bugungi kunga kelib dunyoning aksariyat davlatlarida huquqiy demokratik tizimlar umumbashariy va milliy qadriyatlar uyg‗unligi sifatida qaror topayotganligi fuqarolik jamiyatini barpo etish insoniyat hayot tarzining eng maqbul rivojlanish yo‗li ekanini deyarli barcha e‘tirof etayotganligi va uning jahoniy ko‗lam kasb etayotganligi fuqarolik jamiyatini fan sifatida o‗rganishni taqozo etmoqda. «Erkin fuqarolik jamiyatiga dunyodagi ko‗p-ko‗p davlatlar asrlar davomida to‗plangan tajriba va demokratik an‘analarni rivojlantira borib yetib kelgan, - deb ta‘kidlaydi I.Karimov. – Biz bunday jamiyatni qurishni, barpo etishni orzu qilmoqdamiz va shunga intilmoqdamiz».
.Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‗oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‗oyasi G‗arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida Sharq mamlakatalari mutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma‘lum davrlarida sharq mamlakatlari yetakchilik mavqeini egallagan. Har qanday fan, o‗z mohiyatiga ko‗ra umumbashariydir. Dunyo xalqlari katta-kichikligidan qat‘iy nazar uning rivojiga hissalarini qo‗shgan. Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to‗g‗risidagi g‗oyalar, bilimlarni bir yoqlama bo‗rttirish yoki kamsitish noto‗g‗ri yondoshuvdir. Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiyo ijtimoiysiyosiy va ma‘naviy hayotining yorqin namunasi ―Avesto‖ muqaddas kitobida keltirilgan. Avestoning ―Yashtlar‖, ―Vispirat‖, ―Vididod‖ qismlarida oila va jamoada berilgan so‗zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o‗rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh ekanligi o‗z ifodasini topgan. Xususan, ―O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga putur etkazadi‖, ―O Spitama, ahdingni buzma...‖ g‗oyalari davlatlar siyosiy tizimining huquqiy asosi, adolat manbai bo‗lib, ular Rim huquqidan ham qadimiyroqdir.
Avestodagi fuqarolik jamiyatini qurishning birlamchi omili erkak va ayolning teng huquqliligi, oilaning barqarorligini ta‘minlash g‗oyasi bugungi kunda ham muhim ahamiyatga ega bo‗lib, bugun O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa me‘yoriy hujjatlarda ayollarning teng imkoniyati va keng huquqlari ta‘minlangan. Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining Yevropacha an‘anasi antik ildizlarga ega. Mazkur an‘ananing mazmun-mohiyati nafaqat siyosiy, balki shaxsni ijtimoiy-axloqiy nuqtai nazardan baholash bilan bog‗liq edi. Bunga Platon, Aristotel, Sitseron kabi mutafakkirlarning qarashlarini misol qilib keltirish mumkin. Fuqarolik jamiyatining antik konseptual ta‘limotida jamiyat va davlat fenomenlarining uzviyligi qadimgi yunon dunyoqarashining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Platonning (mil. av. 427–347 y.) ―Davlat‖ dialogida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini ajratishgina emas, ijtimoiy sohani hozirgidek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida tushunilgan. Bunda jamiyat hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida namoyon bo‗ladi. Fuqarolik jamiyati g‗oyasining keyingi rivoji Platonning shogirdi Aristotel (mil. av. 384–322 y.) ijodi bilan bog‗liq. Ustozi kabi Aristotel ham eng mukammal jamiyat g‗oyasini ishlab chiqishga diqqat e‘tiborini qaratadi, biroq fuqarolik jamiyati g‗oyalari tarkibida bu masala o‗zgacha nazariy jihatlarni tashkil qiladi. Uni ko‗proq ijtimoiy transformatsiya emas, balki davlat tuzilmasidagi o‗zgarishlar qiziqtiradi. Bundan tashqari Aristotel o‗zining nazariy ishlanmalarida davlat haqidagi mavhum g‗oyaga tayanishni emas, jumladan Platonga xos bo‗lgan, balki voqe‘likda mavjud bo‗lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahlil qilishga tayanadi, bu jihat esa uning davlat va jamiyat borasidagi pozitsiyasini konkretroq bo‗lishini ta‘minlaydi. Platondan farqli o‗laroq, Aristotel xususiy mulkni e‘tirof etadi. Chunki u inson tabiatiga xos bo‗lib, odamlar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning o‗zagini tashkil etadi. Aristotel mulk huquqining fuqarolar farovonligi, davlat va uning boshqaruv shakli xavfsizligi, qonunchilik organi ishida fuqarolarning ishtiroki mexanizmi, lavozimlarni egallash va vazifalarni bajarish, sud organlari ishidagi rolini atroflicha o‗rgangan. Huquqni Aristotel adolat mezoni deb hisoblagan va unga ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi va ayni vaqtda ularni muhofaza qiluvchi institut sifatida yondashgan. Aristotel fikriga ko‗ra, siyosiy boshqaruv – bu odamlarning emas, balki qonun boshqaruvidir: hatto eng yaxshi hukmdorlar ham tuyg‗ular va hissiyotga beriluvchan bo‗ladi, qonun esa «oqilona tafakkur»dir. Qadimgi Rim mutafakkiri Mark Tuliy Sitseron (mil. av. 106-43 yillar) ham jamiyat va davlat (respublika)ni tenglashtiradi. Davlatni u umumiy manfaatlar bilan o‗zaro bog‗langan odamlar majmui sifatida tasavvur qiladi, davlat xalqning umumiy mulki hisoblanadi va odamlar birgalikda yashashga tabiiy ehtiyoj sezadi. Uning fikricha, davlatning vazifasi mulkni muhofaza qilishdan iborat. Davlat ayni shu maqsadda tashkil etiladi. Sitseronning fikriga ko‗ra, uch boshqaruv shakli (monarxiya, aristokratiya va demokratiya) unsurlarini o‗zida mujassamlashtirgan aralash davlat eng ideal davlatdir. Faqat shunday davlatda har bir jamiyat a‘zosining manfaatlarini qondirish va u davlatni boshqarishda ishtirok etishi ta‘minlanadi. «Davlatning mustahkamligi va fuqarolarning huquqiy tengligi» bunday davlat tuzumining muhim fazilati deb hisoblaydi. Sitseronning «Davlat haqida» va «Qonunlar haqida» asarlari davlat va huquq muammolariga bag‗ishlangan. Davlat Sitseron talqinida qadimgi yunon mutafakkirlarining konsepsiyalaridagi kabi davlatning barcha erkin a‘zolari umummanfaat ifodasi sifatidagina emas, balki bu a‘zolarning o‗zaro kelishilgan huquqiy munosabatlari majmui, muayyan huquqiy tuzilma, «umumiy huquqiy tartibot» sifatida ham namoyon bo‗ladi. Sitseron davlat tushunchasiga birinchilardan bo‗lib huquqiy tus beradi, bu ta‘limot keyinchalik juda ko‗p mutafakkirlar, shu jumladan «huquqiy davlat» g‗oyasining hozirgi tarafdorlari tomonidan ham e‘tirof etiladi. Sitseron konsepsiyasiga ko‗ra, ―fuqarolik jamiyati‖ g‗oyasi antik davr uchun klassik ahamiyatga ega bo‗ladi, bu o‗z navbatida yangi davrda shakllangan nazariy qarashlarga asos bo‗ladi. Ko‗pgina ekspertlar fikricha, aynan Sitseronning ijtimoiy-siyosiy ta‘limotida ―fuqarolik jamiyati‖ o‗zining tushunchaviy asoslariga ega bo‗ladi. 2. Insoniyat taraqqqiyotining o‘rta asrlar deb ataluvchi davrida Sharqda ijtimoiy adolat, ma‘rifat va tenglik nafaqat nazariy me‘yor, balki amaliy hayot me‘yori, ijtimoiy- siyosiy muammolar yechimini topish va jamoa bo‗lib yashashning asosi sifatida tushunilgan, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ma‘rifat yo‗li tanlangan bo‗lsa, Yevropa ijtimoiysiyosiy tafakkurida esa nasroniylarning diniy dogmatikasi hukmronlik qilib, diniy va dunyoviy manfaatlar o‗rtasida kurash ketgan. Abu Nasr al-Forobiy (873–950) ning ―Fozil odamlar shahri‖, ―Davlat arbobining aforizmlari‖ asarlarida sharqona siyosiy-huquqiy va ijtimoiy fikr tarixida ijtimoiy tizim, siyosat, davlat va hukumat haqidagi qarashlar nazariy asoslangan. Abu Nasr Forobiy fikricha adolatli jamiyat qurish uchun uni mudofaa qilish va oqilona boshqarish usulini bilish, odamlarga yovuzlikdan saqlanish ezgulikka intilish yo‗llarini ko‗rsatish lozim. U davlat rahbarining boshqaruv mahorati umumiy baxtga erishish yo‗lidir deb hisoblaydi. Adolatli davlatni ma‘rifatli hukmdor boshqaradi, u ma‘naviyat, adolat yetakchisi bo‗lishi, o‗z fazilatlari bilan qat‘iy talablarga javob berishi lozim. Bu borada Abu Nosir Forobiy ―Ularning o‗zlaridan saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo‗lmaydi. Ular odamlar ichidan ko‗tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‗ladilar. Shuning uchun bunday rahbarlar o‗z saylovchilarini to‗la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar‖1 , deb davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta‘minlash bilan bog‗liq axloqiy va madaniy qadriyatlarni tizimlashtiradi. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖, ―Hindiston‖ asarlarida adolatli jamiyat va uning amal qilishi asoslarini shakllantirish haqidagi g‗oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, jamiyatning paydo bo‗lishiga odamlarning o‗zaro hamkorligi, birga yashashga ehtiyoji va intilishlari sabab bo‗ladi. Adolatli jamiyatni qurish axloqiy qadriyatlarga tayanishi va rivojlantirilishi lozim. Davlat rahbarining asosiy vazifasi aholining turli qatlamlari, kuchlilar va kuchsizlar o‗rtasidagi siyosiy va huquqiy adolat mezonlarini o‗rnatishdadir. Bunga uning fikricha ideal ijtimoiy tuzilmani qurish orqali erishiladi. Abu Ali ibn Sino (980–1037) fikricha ijtimoiy munosabatlar odamlar o‗rtasidagi tafovut va tengliksizlik natijasidir. Xususan, Ibn Sino ―iqtisodiy va ijtimoiy hamda shaxsiy xususiyatlarga ko‗ra tengliksizlik – inson ijtimoiy faolligi sababi hisoblanadi‖ deb ta‘kidlaydi. Ideal davlat qurish esa jamiyat aholisining ma‘naviy-axloqiy ravnaqi bilan bog‗liq. Uning fikricha, ma‘naviy axloqiy qadriyatlarning yuksak qadrlanishi nafaqat har tomonlama farovonlikni, balki jamiyatda adolat va barqarorlikni ham ta‘minlaydi. Yusuf Xos Hojib o‗zining ―Qutadg‗u bilig‖ dostonida davlatni boshqarish amallari, qoidalari va siyosiy - axloqiy munosabatlarni jamiyatda qaror toptirishga e‘tibor qaratgan2 . U davlat boshqaruvi va xizmatini tashkil etish turlarini hamda shu darajalarga muvofiq sifatlarini tasniflaydi. Jumladan, «Shohlikka da‘vogarlar onadan ajib bir iste‘dod bilan tug‗iladilar va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega bo‗ladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir ko‗ngil ato etadi, qolaversa yaxshi ish yuritish uquvi bilan ham siylaydi» deb ta‘kidlagan. Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan o‗rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning (1018-1092) ―Siyosatnoma‖ asari muhim manbaa hisoblanadi. U amaldorlarni axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni muntazam nazorat qilish, itoat, ijro va sifatlari to‗g‗risidagi qarashlari bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning «Ko‗pchilik bo‗lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo‗ladi va shunday yo‗l tutish kerak»1 degan fikrlari ajdodlarimizning davlat qurilishining adolatli tartibotlariga katta e‘tibor berganligidan dalolatdir. Ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivoji va huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy sharti – qonun ustuvorligi tamoyilini amaliyotda qo‗llash tajribasini Sharqning buyuk davlat arbobi va sarkardasi Amir Temur (1336–1405) boy ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy merosi asosida ko‗rish mumkin.Uning tuzuklarida davlat tizimi, uni idora qilish uslublari va vositalari, undagi turli lavozim-vazifalar darajasi, tabaqalarning toifalanishi, harbiy qo‗shinlarning tashkil etilishi, jang olib borish mahoratlari, davlat xizmatchilari rag‗batini tashkil etish omillari, adolatli soliq turlarining joriy etilishi, mamlakatni obodonlashtirish tadbirlari milliy davlatchilikning yuksak madaniy va huquqiy darajada shakllantirishga erishganligidan dalolat beradi. ―Har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va axloqsiz odamlarni mamlakatiimdan quvib chiqardim. Pastkash va razil odamlarga o‗zlariga loyiq ishlar topshirdim hamda hadlaridan oshishlariga yo‗l qo‗ymadim. Ulug‗larini va sharaf-e‘tiborli kishilarni hurmatlab, martabalarini oshirdim. Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo‗lini to‗sdim‖ 1 . Ma‘lumki, fuqarolik jamiyatini – hayotiyligini va samaradorligini ta‘minlovchi – huquqiy davlat doirasidan tashqarida tasavvur qilib bo‗lmaydi. Shu ma‘noda, Sohibqiron Amir Temurning quyidagi so‗zlari hozirgi zamon bilan hamnafas jaranglaydi: ―Tajriba, - deb yozadi u, menga shuni ko‗rsatdiki, din va qonunga tayanmagan hukumat, o‗zining buyuk qudratini uzoq vaqt saqlab tura olmaydi. Uni har qanday yovuz kishi kirishi mumkin bo‗lgan na tomi, na eshigi, na panjaralari bor uyga o‗xshatish mumkin. Shuning uchun men o‗z saltanatimni islom arkonlari va boshqaruvda o‗zim qat‘iy amal qiluvchi qonunlar asosida qurdim‖2 . Shu nuqtai nazardan, muvaffaqiyatli boshqaruv qonuniyatiga ko‗ra, Amir Temur rahbarning adolatga tayanishini lozim topgan. Uning fikriga ko‗ra: ―Rahbar uchun barcha ishlarda adolatga amal qilishi kerak: u sotilmaydigan va fazilat egasi bo‗lgan odamni vazirlikka tayinlashi lozim, chunki adolatli vazir o‗zi mahdud-rahbar adaolatsizliklarni to‗g‗irlashi mumkin, ammo vazirning o‗zi shunday bo‗lsa, halokat yaqindir‖3 . Sohibqiron fikricha, davlat boshqaruvida yana bir muhim qonuniyat – qonun ustuvorligi. ―Qat‘iy tartib va qonunlarga amal qilishim baxtsaodatim kaliti bo‗ldi‖. Bosh qonunlar sifatida diniy ahkomlarni va ular asosida yozilgan fikrlarni bilgan. Buning barchasi buyuk Temur adaolatli va fozil boshqaruvga alohida e‘tibor qaratganligini ko‗rsatib turibdi. Komil insonlar jamiyati haqidagi g‗oyalar Alisher Navoiy (1441– 1501) siyosiy va adabiy faoliyati asosi bo‗lib xizmat qildi. A.Navoiy ideal ijtimoiy-iqtisodiy tuzum haqidagi qarashlarini o‗zining ―Saddi Iskandariy‖, ―Mahbub ul qulub‖, ―Payg‗ambarlar va donolar tarixi‖ va b. asarlarida yoritgan. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzum muammolarini faqat adolatli hukmdor boshqarayotgan va qonun ustuvor bo‗lgan mamalkatda amalga oshishi mumkin. Shunday qilib, A.Navoiy uchun adolat va qonun ijtimoiy taraqqiyotning asosi hisoblanadi.Uning konsepiyasida hukmdor shaxsi alohida ahamiyat kasb etadi. Fazilatli va ideal shaxs haqida mulohaza yuritar ekan Navoiy o‗ziga xos insonparvar nazariyani yaratadi. O‗z nazariyasida mutafakkir, bir tomondan hukmdor va bog‗bonni, boshqa tomondan davlat va bog‗ni solishtiradi. Unga ko‗ra, agar bog‗bon aqlli va mehnatsevar bo‗lsa, uning bog‗i gullab-yashnaydi. Huddi shunday agar mamlakatning aqlli, dono, adolatli, xalqi uchun qayg‗uradigan va uni sevadigan hukmdori bo‗lsa, u rivojlnib farovonlashadi. U nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining adolatli asoslari va uning ma‘naviy mezonlarini rivojlantirishga katta hissa qo‗shadi. Ayniqsa, adolatsizlik va zulm davlatni tanazzulga, jamiyatni jaholatga olib kelishi to‗g‗risidagi qarashlari o‗z ifodasini topadi: «...davlat ishi bilan mashg‗ul bo‗lgan amaldorlik chog‗larimda ko‗ngil mulkini turli odamlarning hujumi bulg‗aladi. Goh amirlik o‗rnida o‗tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arz-dodini so‗rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko‗rsatdim»1 deydi. Adolatli jamiyat shakllanishining asosiy omili sifatida Navoiy insoniy fazilatlar: adolatlilik, rahmdillik, mehnatsevarlik, rostgo‗ylik, vatanparvarlik, vijdonlilik, insonparvarlik va jasoratni keltirib o‗tadi. Antik va o‗rta asr Sharq allomalarining fuqarolik jamiyatigi oid konseptual merosi va nazariy ishlanmalari amaliyotdagi – davlat va jamiyatda hukmron me‘yorlarga to‗liq mos kelmasada, biroq ular fuqarolik jamiyati tamoyillarining ob‘ektivlashuvi va uning insoniyat sotsiumining tarixiy taraqqiyotining tarkibiy qismi sifatida tushunilishi uchun mustahkam asos yaratdilar. 3.Yangi davrda fuqarolik jamiyati konseptuallashuvi jarayonida muhim rol o‗ynagan Uyg‗onish davri olimlardan biri Nikolo Makiavelli (1469–1527) bo‗lib, u pragmatik, tajribaviy ijtimoiy fanga asos soldi. Fuqarolik jamiyati Makiavelli uchun sinfiy, partiyaviy qarama-qarshi qiziqishlar majmuidir. Unga ko‗ra fuqarolik jamiyati xalqdan axloqiy asosni – ezgulik va fazilatni, ijtimoiy qiziqishlar va respublika tuzulmasi qiziqishlari oldida burchni his qilish va jasoratni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, u erkin individlar uchun munosib birlashma bo‗ladi. Davlatni himoya qilish uchun hukmdor qo‗lidagi barcha vositalarni ishga solishi kerak bo‗ladi, yolg‗on, shafqatsizlik hatto urush ham bundan mustasno emas. Davlat qiziqishlari unda birlamchi ahamiyat kasb etgan. Makiavelli davlatning mutlaqo mustaqilligini (cherkovdan ham) talab qilgan, davlat va umuman siyosat sohasining sekulyarizatsiyasi tarafdori bo‗lgan. U davlat boshqaruvining o‗ziga xos siyosiy mahorat maktabini yaratadi, unda hech qanday axloqiy normalar bilan hisoblashmay, ―maqsad har qanday vositani oqlaydi‖ degan tamoyilni ishlab chiqqan. Shunga qaramay, aynan shunday masalani ko‗ndalang qo‗yish g‗oyasi ortidan yangi davrda bir qator faylasuflar fuqarolik jamiyati konsepsiyasini yanada boyitdi. Xususan, ―So‗z erkinligi haqida‖ Jon Milton, ―Leviafan‖ Tomas Gobbs, ―Davlat boshqaruvi haqida ikki risola‖ Jon Lokk, ―Qonunlar ruhi haqida‖ Monteske, ―Ijtimoiy kelishuv haqida‖ Jan Jak Russo, ―Ilohiy-siyosiy traktat‖ Benedikt Spinoza, ―Fuqarolik jamiyati tarixi haqida xatlar‖ Anri Fergyuson kabilardir. Mazkur ishlarda u yoki bu darajada inson hayotining o‗ziga xos shakli sifatidagi fuqarolik jamiyati muammollari yoritilibgina qolmay, shaxs va davlatga fuqarolik jamiyatining asosiy sub‘ekti bo‗lgan fuqaroning butun potensialini yuzaga chiqarish uchun zarur bo‗lgan prinsipial yangi sifatlari ishlab chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: |