Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati
Tarix — arabcha so‘z bo‘lib, «o'tmish», «o'tgan voqealar haqida aniq hikoya qilish» ma’nolarini anglatadi. Tarix butun insoniyatning uzoq o'tmishdan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan hayotiy yo'lini, avloddan avlodga meros qoluvchi, doimo rivojlanib, boyib boruvchi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini, xalqlarni yetaklagan tarixiy shaxslarfaoliyatini tartibga solingan holda o'rganuvchi, tasvirlovchi fandir
«Tarix millatlarning o‘tmishi, taraqqiyoti hamda tanazzulining sabablarini o‘rganaturg‘on ilmdir». Abdurauf Fitrat
O‘zbekiston tarixi fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan uzoq va murakkab tarixiy yo'lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va m a’naviy hayotini holisona o‘rganishdan, tushuntirishdan iboratdir.
O'zbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi munawar ko'zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir.
O‘zbekiston tarixi fani ajdodlarimiz hayoti bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan voqealar rivojining ichki mantig‘ini, sabablari va oqibatlarini, asrlar davomida to‘plangan amaliy tajriba va saboqlarai o‘rgatadi.
Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning e’tiqodlariga bepisand qaraldi. Ming yillar davomida ajdodlarimiz orasidan yetishib chiqqan mashhur allomalar ikkiga - materialistlar va idealistlarga bo‘lindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma’rifatparvar shoir-u ulamolar, yozuvchilarga u yoki bu dinga e’tiqod qilganlari, asarlarida Alloh, payg'ambarlar nomini tilga olgan, ishonch bildirganlari uchun idealist — noilmiy degan tamg'a yopishtirildi, ularning ijodiy faoliyatini o'rganish chegaralandi, asarlari xalqdan yashirildi, yo‘qotib yuborildi. Oqibatda ko‘pgina tarixiy voqealar soxtalashtirildi, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz kamsitildi. Yosh avlodga diniy qadriyatlar xurofot, eskilik sarqitlari deb o'rgatildi. Tarix faqat jang-u jadal, urushlardan iborat jarayon sifatida tasvirlandi.