Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Tarixni soxtalashtirishda, xalqni o‘z tarixiy xotirasidan judo qilishda, Turkistonning o‘tmishini kamsitishda mamlakatda hukmron bo'lgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bo'ldi. Tarix fani totalitar tuzum xizmatkoriga, tashviqotchisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi
Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni to‘g‘ri yoritish va o‘rganish uchun bir qator muhim nazariy-metodologik tamoyillarga tayanmoq zarur. Bilish nazariyasining dialektik metodi ana shunday tamoyillardan biridir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir boMadigan hodisalar, voqealar umumiy va o‘zaro bog'lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo‘ladi, deb ta’lim beradi. Tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish va yoritishda xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixni o'rganishda tarixiylik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni o‘z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o'sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda o'rganishni taqozo etadi. Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida xususiy mulkchilik kclib chiqadi va urug‘chilik tuzumi yemirilib, urug‘ jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bo'linadi. Shu davrdan e’tiboran tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog’liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa o'z manfaati nuqtayi nazaridan harakat qiladigan, ayrim hollarda ularning siyosiy, iqtisodiy manfaati to'qnashadigan, qo'zg'olonlar ko'tariladigan bo'lib qoladi. Bunday vaziyatda sodir bo'lgan voqealarni, tarixiy jarayonni o'rganishda ijtimoiy yondashuv tamoyiliga rioya yetish zarur bo'ladi. Ijtimoiy yondashuv tamoyili tarixiy jarayonlarni aholining barcha tabaqalari manfaatlarini, teng ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda o'rganishni taqozo etadi.
Jahon xalqlari tarixi, jumladan, mamlakatimiz tarixi guvohlik beradiki, davlatlar o'rtasida, hukmdorlar o'rtasida siyosiy, iqtisodiy manfaatlar, strategik maqsadlar yo'lida tez-tez qirg'inbarot urushlar bo'lib turgan, biri ikkinchisini bosib olgan, mag'lub mamlakatni talon-taroj qilgan, iqtisodiy imkoniyatlarini zo'rovonlarcha o'z manfaatiga bo'ysundirgan va o'zlashtirgan. Bunday jarayonlarni strategik manfaatlar, siyosiy mezonlar nuqtayi nazaridan turib babolash zarur bo'ladi.
Jahon xalqlari tarixi, jumladan, mamlakatimiz tarixi guvohlik beradiki, davlatlar o'rtasida, hukmdorlar o'rtasida siyosiy, iqtisodiy manfaatlar, strategik maqsadlar yo'lida tez-tez qirg'inbarot urushlar bo'lib turgan, biri ikkinchisini bosib olgan, mag'lub mamlakatni talon-taroj qilgan, iqtisodiy imkoniyatlarini zo'rovonlarcha o'z manfaatiga bo'ysundirgan va o'zlashtirgan. Bunday jarayonlarni strategik manfaatlar, siyosiy mezonlar nuqtayi nazaridan turib babolash zarur bo'ladi.
Mamlakatimiz tarixini o'rganishda milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf-odatlari, islom dini tarixi, odamlaming diniy e ’tiqodlari, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishda, yoritishda vorisiylik tamoyiliga amal qilish, ularni tarixiy xotira sifatida hurmat qilish, e’zozlash va yanada boyitib borish nuqtayi nazaridan yondashmoq kerak.