C ++ massivlar


BIR NECHA INDEKSLI MASSIVLAR



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə4/10
tarix14.09.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#143576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
C MASSIVLAR

BIR NECHA INDEKSLI MASSIVLAR
Massivlar bir necha indeksga ega bo'lishlari mumkin. C++ kompilyatorlari eng kamida 12 ta indeks bilan ishlashlari mumkin. Masalan, matematikadagi m x n kattalikdagi matritsani ikkita indeksli massiv yordamida bersak bo'ladi.
int matritsa [4][10];
Yuqorida to'rt satrlik, 10 ustunlik matritsani e'lon qildik. Bir indeksli massivlar kabi ko'p indeksli massivlarni initsalizatsiya ro'yhati bilan birga e'lon qilish mumkin. Masalan:
char c[3][4] = {
{ 2, 3,9, 5}, // birinchi satr qiymatlari
{-10, 77,5, 1}, // ikkinchi " "
{ 90,233,3,-3} // uchinchi " "
};
int m[2][2] = {56,77,8,-3}; // oldin birinchi satrga qiymatlar beriladi,
// keyin esa ikkinchi satrga
double d[4][3][6] = {2.55, -46,0988}; // birinchi satrning dastlabki ikkita
// elementi qiymat oladi,
// massivning qolgan elementlari esa
// nolga tenglashtiriladi
Massivning har bir indeksi alohida [] qavslar ichiga olinishi kerak. Yuqoridagi c[][] massivining ikkinchi satr, birinchi ustunidagi elementi qiymatini birga oshirish uchun
++c[1][0]; // yoki c[1][0]++;
// c[1][0] += 1;
// c[1][0] = c[1][0] + 1;
deb yozishimiz mumkin. Massiv indekslari 0 dan boshlanishini unutmaslik zarur.
Agar
++c[1,0];
deb yozganimizda hato bo'lar edi. C++ bu yozuvni
++c[0];
deb tushunar edi, chunki kompilyator vergul bilan ajratilgan ro'yhatning eng ohirgi elementini qabul qilardi. Hullas, C++ dagi ko'p indeksli massivlar dasturchiga behisob imkoniyatlar beradi. Undan tashqari, ular hotirada statik joylashganligi uchun ularning ishlash tezligi kattadir. C++ dagi ko'p indeksli massivlar hotirada ketma-ket joylashgandir. Shu sababli agar massiv funksiyaga kirish parametri sifatida berilsa, faqat birinchi indeks tushurilib qoldiriladi, qolgan indekslar esa yozilishi shartdir. Aks taqdirda funksiya massiv kattaligini to'g'ri keltirib chiqarolmaydi. Massiv parametrli bir funksiya e'lonini beraylik.
//Ko'p indeksli massivlar
# include
int indeks = 3;
int intArray[indeks][4] = {}; // hamma elementlar 0 ga tenglashtirildi
void printArray(int mass[][4], int idx){ // funksiya e'loni
for (int i = 0; i < idx; i++) { // massivning birinchi indeksini
// o'zgartirsa bo'ladi
for (int k = 0; k < 4; k++){ // massivning ikkinchi indeksi o'zgarmaydi
cout << mass[i][k];
}
cout << endl;
}
return;
}
...
int main()
{
...
printArray(intArray); // funksiya chaqirig'i
...
return (0);
}
Massivning indekslarini funksiyaga bildirish yana muammoligicha qoladi. Albatta, birinchi indeksdan tashqari qolgan boshqa indekslar kattaligini funksiya ichida berish ma'noga egadir. Lekin birinchi indeks kattaligini tashqaridan, qo'shimcha parametr sifatida bersak, funksiyamiz chiroyliroq chiqadi, turli kattalikdagi massivlarni o'lish imkoniga ega bo'ladi.  



Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin