Ifodalar
Dastur biror bir aniqlangan ketma - ketlikda bajariluvchi komandalar to'plamidan iborat..
C++ tilida ifodalar biror bir hisoblash natijasini qaytaruvchi boshqa ifodalar ketma-ketligini boshqaradi yoki hech nima qilmaydi (nol ifodalar).
C++ tilida barcha ifodalar nuqtali vergul bilan yakunlanadi. Ifodaga misol qilib o'zlashtirish amalini olish mumkin.
x=a+b;
Algebradan farqli ravishda bu ifoda x a+v ga teng ekanligini anglatmaydi. Bu ifodani quyidagicha tushinish kerak:
a va v o'zgaruvchilarni qiymatlarini yig'ib natijasini x o'zgaruvchiga beramiz yoki x o'zgaruvchiga a+v qiymatni o'zlashtiramiz. Bu ifoda birdaniga ikkita amalni bajaradi, yig'indini hisoblaydi va natijani o'zlashtiradi. Ifodadan so'ng nuqtali vergul qo'yiladi. (=) operatori o'zidan chap tomondagi operandga o'ng tomondagi operandlar ustida bajarilgan amallar natijasini o'zlashtiradi.
Bo'sh joy (probel) belgisi.
Bo'sh joy belgilariga nafaqat probel, balki yangi satrga o'tish va tabulyasiya belgilari ham kiradi. Yuqorida keltirilgan ifodani quyidagicha ham yozish mumkin:
x = a+ b ;
Bu variantda keltirilgan ifoda ko'rimsiz va tushunarsiz bo'lsa ham to'g'ridir.
Bo'sh joy belgilari dasturning o'qilishliligini ta'minlaydi.
Bloklar va kompleks ifodalar.
Ba'zan dastur tushunarli bo'lishi uchun o'zaro mantiqiy bog'langan ifodalarni blok deb ataluvchi komplekslarga birlashtirish qulaydir. Blok ochiluvchi figurali qavs ({) bilan boshlanadi va yopiluvchi figurali qavs (}) bilan tugaydi. Blok ochilganda va yopilganda nuqtali vergul qo'yilmaydi.
{
temp= a;
a = b;
b = temp;
}
Bu blok xuddi bir ifodadek bajariladi, u a va v o'zgaruvchilar qiymatlarini almashtiradi.
Amallar.
Bajarilishi natijasida biror bir qiymat qaytaradigan barcha ifodalar C++ tilida amallar deyiladi. Amallar albatta biror bir qiymat qaytaradi. Masalan, 3+2 amali 5 qiymatni qaytaradi.
Dostları ilə paylaş: |