{ // Ikkita son kiritamiz.Ularni BirinchiSon //va IkkinchiSon o'zgaruvchilariga beramiz //Agarda KattaSon kiymati KichikSon // kiymatidan katta bo'lsa katta son //kichigiga koldiksiz bo'linishini tekshira- // miz. Agarda u koldiksiz bo'linsa ular //teng yoki teng emasligini tekshiramiz. int BirinchiSon, IkkinchiSon; cout<<“Ikkita son kiriting.\n Birinchisi: ”; cin >> BirinchiSon; cout << “\n Ikkinchisi: cin >> IkkinchiSon;; cout << “\n\n;
if (BirinchiSon>=IkkinchiSon;) if ( (BirinchiSon%IkkinchiSon)==0) { if (BirinchiSon==IkkinchiSon;) cout<< “Ular bir – biriga teng!\n”; else cout<< “Birinchi son ikkinchisiga”<< “karrali!\n”; } else cout<<“Ikkinchi son katta!\n” return 0; }
NATIJA
Ikkita son kiriting
Birinchisi: 9
Ikkinchisi: 3
Birinchi son ikkinchisiga karrali!
Mantiqiy operatorlar Dasturlashda bir emas balki bir nechta shartli ifodalarni tekshirish zaruriyati juda ko'p uchraydi. Masalan, x o'zgaruvchisi y o'zgaruvchisidan, y esa o'z navbatida z o'zgaruvchisidan kattami sharti bunga misol bo'la oladi. Bizning dasturimiz mos amalni bajarishdan oldin bu ikkala shart rost yoki yolg'onligini tekshirishi lozim.
Quyidagi mantiq asosida yuqori darajada tashkil qilingan signalizasiya sistemasini tasavvur qiling. Agarda eshikda signalizasiya o'rnatilgan bo'lsa VA kun vaqti kech soat olti VA bugun bayram YoKI dam olish kuni BO'LMASA polisiya chaqirilsin. Barcha shartlarni tekshirish uchun C++ tilining uchta mantiqiy operatori ishlatiladi.