Mantiqiy ko'paytirish operatori Mantiqiy ko'paytirish operatori ikkita ifodani hisoblaydi, agar ikkala ifoda true qiymat qaytarsa VA operatori ham true qiymat qaytardi. Agarda sizning qorningiz ochligi rost bo'lsa VA sizda pul borligi ham rost bo'lsa siz supermarketga borishingiz va u erdan o'zingizga tushlik qilish uchun biror bir narsa xarid qilishingiz mumkin. Yoki yana bir misol, masalan,
if(x==5)&&(y==5)
mantiqiy ifodasi agarda x va u o'zgaruvchilarini ikkalasining ham qiymatlari 5 ga teng bo'lsagina true qiymat qaytaradi. Bu ifoda agarda o'zgaruvchilardan birortasi 5 ga teng bo'lmagan qiymat qabul qilsa false qiymatini qaytaradi. Mantiqiy ko'paytirish operatori faqatgina o'zining ikkala ifodasi ham rost bo'lsagina true qiymat qaytaradi.
Mantiqiy ko'paytirish operatori && belgi orqali belgilanadi.
Mantiqiy qo'shish operatori
Mantiqiy qo'shish operatori ham ikkita ifoda orqali hisoblanadi. Agarda ulardan birortasi rost bo'lsa mantiqiy qo'shish operatori true qiymat qaytaradi. Agarda sizda pul yoki kredit kartochkasi bo'lsa, siz schyotni to'lay olasiz. Bu holda ikkita shartning birdaniga bajarilishi: pulga ham va kredit kartochkasiga ham ega bo'lishingiz shart emas. Sizga ulardan birini bajarilishi etarli. Bu operatorga oid yana bir misolni qaraymiz. Masalan,
if(x==5)||(y==5)
ifodasi yoki x o'zgaruvchi qiymati, yoki u o'zgaruvchi qiymati, yoki ikkala o'zgaruvchining qiymati ham 5 ga teng bo'lsa rost qiymat qaytaradi.
Mantiqiy inkor operatori Mantiqiy inkor operatori tekshirilayotgan ifoda yolg'on bo'lsa true qiymat qaytaradi. Agarda tekshirilayotgan ifoda rost bo'lsa inkor operatori false qiymat qaytaradi. Masalan,
(if!(x==5))
ifodasining qiymati, agarda x o'zgaruvchisi 5 ga teng bo'lmasa true qiymat qaytaradi. Bu ifodani boshqacha ham yozish mumkin:
if(x!=5)