yashayotgan Mitskevich ham vatan sog'inchi bilan yashar edi. Shopen musiqalarigina bu ayriliq og‘riqlarini bir ozgina yengillashtirar, uni o‘sha yoqqa, olis va jonajon Polsha tomonga eltar edi. Mitskevich sharofati bilan, uning "Konrad Vallenroda"sidagi keskin dramatizm tufayli uning birinchi balladasi paydo boMadi. Shopenning ikkinchi balladasi ham Mitskevich poeziyasidagi obrazlar bilan aloqador. Polyak do‘stlar Bilan uchrashuvlar Shopenga shuning uchun ham qadrli ediki, uning o'z oilasi yo‘q edi. Uning boy polyak amal dorl ari dan birining qizi Mariya Vodzinskoayaga uylanish umidlari yo‘qqa chiqadi. Mariyaning ota-onalari qizlarining nomi olamga mashhur boMsa ham, tirikchilik uchun mablag‘ni bazo‘r topadigan musiqachiga berishga rozilik berishmaydi. Ko‘p yillar mobaynida u o 4z hayotini Jorj Sand taxallusi bilan ijod qilgan mashhur fransuz adibasi Avrora Dyudevan bilan bog‘ladi. 1838 yil kuzida Shopen Jorj Sand va uning bolalari bilan Mayorka oroliga sayohat qilishadi hamda uning asosiy shahri Palmada to'xtashadi. Mayorkada Shopen yigirma to‘rt prelyudiyadan iborat turkumni, F- dur ikkinchi balladasini, or.40 polonezlarini, cis - moll uchinchi skyersosini yaratadi. Shopen va Jorj Sand bir muddat Marselda to‘xtashadi, yozni esa adibaning Noanadagi imeniyesida o‘tkazishadi. Noanada Shopen b-moll sonatasini tugatadi. Shopenning ikkinchi b-moll sonatasi (Dafn marshi bilan) bastakorning ham, butun polyak musiqasining, toMaligicha romantik san’atning oliy darajadagi yutuqlari qatoriga kiradi. Y uzef Xominskiy sonataning dastlabki ikki qismini tavsiflab shunday yozadi: "qahramonona kurashdan keyin Dafn www.ziyouz.com kutubxonasi