manbalariga borib taqaladi. Shopen ijodidagi eng muhim qirra uning www.ziyouz.com kutubxonasi
keng omma uchun tushunarli ekanligidadir. Uning musiqasi auditoriyaga yo‘l topish uchun qiyinchilik sezgan emas. Shopenning musiqiy asarlari noodatiy go‘zalligi hamda shaklining ixchamligi bilan birgalikda tinglovchini hayajonga soladigan fikr va tuyg‘ulaming deqiyos qudrati bilan ziynatlangan. 0 ‘z salaflari hamda zamondoshlaridan farqli tarzda Shopen deyarli faqat fortepiano uchun asarlar yozdi. Undan birorta ham opera, simfoniya yoki uvyertyura qolgan emas. Vaholanki, uning fortepiano musiqasi sohasida shunchalik ko‘p yorqin yangiliklar yaratib ulgurgan iste’dodiga shubha bo‘lmagan. Shopen uchun fortepiano musiqasi ham ijodiy laboratoriya, ham o‘zining eng a’lo darajadagi yutuqlari namoyon bo‘lgan soha edi. Shopen ijodida Vatan mavzusi bosh mavqeni tutadi. Uning butun ijodida jonajon Polsha obrazi qizil ip bo‘lib o 4 tadi. Bular uning buyuk o ‘tmishi, milliy adabiyot obrazlari, zamonaviy polyak maishiy hayoti, milliy raqs va qo‘shiqlar ohangi edi. Fridyerik Shopen 1810-yil 1-martda Polsha poytaxti Varshavadan unchalik uzoq bo‘lmagan Jelyazova Volya degan joyda dunyoga keladi. Shopenning onasi polyak, otasi - fransuz boMgan. Shopenning oilasi graf Skarbekning imeniyesida yashashgan. Otasi bu xonadonda uy o‘qituvchisi vazifasida ishlagan. 0 ‘g ‘li tugvilganidan keyin Nikolay Shopen Varshava litseyida (ovrta bilim yurti) o ‘qituvchi bo‘ladi va butun oila poytaxtga ko‘chib o‘tadi.