Kichkina Shopen musiqa qurshovida ulg‘ayadi. Uning otasi skripka va fleyta (nay) chalar, onasi yaxshi kuylar hamda bir ozgina fortepiano chalardi. Besh yoshga yetganidayoq bu bola katta opasi Lyudviki rahbarligida o‘rgangan unchalik murakkab boMmagan pyesalami ijro eta www.ziyouz.com kutubxonasi
olgan. Tez orada Varshavada mashhur boclgan chex musiqachisi Voytsex Jivniy unga o ‘qituvchilik qila boshlaydi. Sezgir va tajribali tarbiyachi sifatida u o ‘z o ‘quvchisiga mumtoz musiqaga, ayniqsa, I.S. Bax asarlariga bo‘lgan muhabbatni singdirdi. Baxning klavirli prelyudiyalari hamda fugalari keyinchalik bastakorning ish stolidagi doimiy asarlarga aylangan edi. Kichkina pianinochining birinchi chiqihi Varshavada, u etti yoshga toMganida sodir bo‘ladi. Konsert juda muvaffaqiatli o ‘tadi hamda tez orada Shopenning nomini butun Varshava biladi. Xuddi shu davrda uning dastlabki asarlaridan biri - fortepiano uchun sol-minor polonezi nashr etiladi. Boladagi ijrochilik qobiliyati shu darajada tez o‘sib boradiki, u o ‘n ikki yoshida eng yaxshi polyak pianinochilarining birortasidan ham kam emas edi. Jivniy yosh qobiliyat egasi bilan mashg4ulotlar olib borishdan bosh tortadi. Bunga sabab qilib esa unga boshqa hech narsa o ‘rgata olmasligini ko‘rsatadi. Bola musiqa mashg‘ulotlari bilan birgalikda yaxshigina umumiy ma’lumot ham oladi. Bolaligidayoq Friderik fransuz va nemis tillarida erkin gapira olar, Polsha tarixiga katta qiziqish bilan qarar, badiiy adabiyotni ko‘p o ‘qirdi. U o 4n uch yoshida litseyga o ‘qishga kiradi hamda uch yildan keyin uni muvaffaqiyatli tugallaydi. 0 ‘qish yillarida