CamScanner 2023-11-09 12. 16



Yüklə 4,27 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü4,27 Kb.
#183789
37-maktab


ZOMIN TUMANIDAGI 37-SONLI MAKTABDA OLIB BORILGAN ISHLAR HAQIDA MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hokimligining 2023 yil 25-avgustdagi 441-3-0-Q/23-sonli qarori asosida Jizzax politexnika institutiga biriktirilgan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Zomin tuman 37-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagoglarning sifat tarkibini yaxshilash, ta’lim sifatini oshirishga doir ishlarni muntazam amalga oshirish uchun “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari A.B.Muxitdinov va B.B.Xudoyberdiyevlar tomonidan, “To‘g‘ri chiziqning proyeksiyasini yasash usullari” va “Aksonometrik proyeksiyalar” mavzusida maktabning 9-sinf va 10-sinf o‘quvchilariga mahorat darsi o‘tkazildi. Mahorat darsi maktab o‘quvchilari uchun qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Mavzu yuzasidan maktab o‘quvchi va o‘qituvchilarini qiziqtirgan savollariga institut professor-o‘qituvchilari tomonidan aniq javoblar berildi.


Mahorat darsi yakunida o‘quvchilardan bunday uchrashuvlar ko‘proq o‘tkazilishi bo‘yicha takliflar tushdi va doimiy ravishda mahorat darslari, turli master klasslar va davra suhbatlari o‘tkazib borishga kelishib olinganligini ma’lum qilamiz.
Zomin tuman MMTBga qarashli
37-umum ta’lim maktabi direktori: N.BABABEKOVA.

2023-yil 29-noyabr




Yüklə 4,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin