Keysda taqdim etilgan aniq vaziyat ta’limning voqelik bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi, chunki u kelgusidagi kasbiy faoliyat uchun tipik muammolarni aks ettiradi. Bunda o‘rganish jarayoni, o‘z mohiyatiga ko‘ra, real hayotda yechimni qabul qilish mexanizmini ifodalaydi.
Keys undan foydalanuvchiga muammolarni tahlil etish, bir xillashtirish va hal qilish yo‘llarini izlashda erkinlik beradi.
Keysni ko‘rib chiqishda talabalar ta’lim jarayonining tashkilotchilariga aylanadilar va bir-biri bilan o‘zaro bahamjihat harakat qilish orqali real kommunikatsion holatlarni ifodalashadi (masalan, bank - korxona).
Ta’lim oluvchilar aniq vaziyatni ko‘rib chiqish jarayonida muayyan umumlashgan, konseptual tusga ega bilimni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladilar va ayni bir paytda oddiy umumlashtirish malakalarini orttiradilar.
Amaliy vaziyatlarga asoslangan mashg‘ulotlar nazariy tayyorgarlik davrida olingan bilimlar, shuningdek talabalarning o‘z malaka va mahoratlaridan foydalanish va amalda qo‘llanishga yo‘naltiriladi.
Keys bilan ishlash natijalarining ommaviy taqdim etilishi taqdimotlar o‘tkazish va matbuot anjumanlarida qatnashish: axborotni lo‘nda, mantiqan va ko‘rgazmali tarzda taqdim etish, savolni ifodalay bilish va javobni dalillash malakalarini hosil qilishga ko‘maklashadi.