“case-study” so’zlaridan olingan. Bunda “case” – yashik, quti, gilof, jild, “study”



Yüklə 25,96 Kb.
səhifə4/6
tarix09.10.2023
ölçüsü25,96 Kb.
#153456
1   2   3   4   5   6
3-MAVZU

2. Keys‑stadi uslubining umumiy tavsifnomasi

Asosiy
kategoriyalar va tushunchalar
 Keys – bu real hayotning «bir parchasidir» (inglizcha - TRUE LIFE atamasiga ko‘ra). Keys vaziyatning oddiy haqiqiy bayonigina emas, balki vaziyatni tushunish va baholashga imkon beradigan yagona axborot kompleksidir.
 Keys‑stadi (inglizcha sase - to‘plam, aniq vaziyat, stadi -ta’lim) keysda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim uslubidir.
 Keys‑stadi - ta’lim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli yetishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan ta’lim texnologiyasidir.
 Vaziyat (situatsiya) (keyingi lotinchadagi situation - ahvol) – muayyan vaziyat, ahvolni hosil qiladigan shart-sharoitlar va holatlar uyushmasi.
Keysda bayon qilingan vaziyat institutsional tizimda (shu o‘rinda va keyinchalik - korxonada) diskret (ayni shu) vaqtda tashkiliy hayotdagi tipik muammolarni qayta yaratadigan real yoki sun’iy qurilgan hodisalarning ideal tarzdagi in’ikosidan iboratdir.
 Muammoli vaziyat. Mazkur holda vaziyat sub’ektining hozirgi vaqtda yoki kelgusidagi maqsadlarga erishishiga xavf soladigan vaziyat tushuniladi.
1.3. Keys-stadini ta’lim jarayonida keng tatbiq qilishning dolzarbligini belgilovchi omillar

Keys-stadining mohiyatli belgilari va didaktik
o‘ziga xos xo’susiyatlari
Keys‑stadining mohiyati shundan iboratki, mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqilayotgan muammoli vaziyat bo‘yicha maslahatchilar rolini bajarishi kerak bo‘lgan talabalarga quyidagilar taklif qilinadi:
  • keysda bayon qilinganida ayni bir paytda tashkiliy hayotdagi tipik amaliy muammoni aks ettiradigan va amaliyotda ushbu muammoning hal etilishida o‘zlashtirilishi va qo‘llanilishi lozim bo‘ladigan muayyan bilimlar majmuini dolzarblashtiradigan vaziyatni idrok etish va tahlildan o‘tkazish;


  • muammoli vaziyatni maqsadga muvofiq tarzda hal etadigan usullar va vositalarni izlash;


  • taklif etilgan muqobil jihat(alternativa)larni baholash va ular orasidan qo‘yilgan muammoga nisbatan eng qulay variantini tanlash;


  • tanlangan muqobil usul(alternativa)ni amalga oshirish bo‘yicha aniq yechimni butun tafsilotlari bilan ishlab chiqish.





Yüklə 25,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin