Page 154
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 2, Issue 2, February 2023
www.in-academy.uz
oshiradi. Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funksionaljihatdan quyidagi ikki tashkil
etuvchi belgilab beradi:
• aylanma kapitalning natural-buyum shakllari yoki aylanma
ish lab chiqarish fondlari;
• muomala fondlari.
Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiymat kategoriyasi sifatida saqlanib
qolsa-da, o'z tarkibiy qismlarining funksional shakllarini uzluksiz ravishda quyidagi ketma-
ketlikda o'zgartiradi: pul mablag'lari - xom-ashyo va materiallar zaxiralari - tayyor mahsulot -
debitorlik qarzlari - tushum ko'rinishida tushadigan pul mablag'lari.
Bunda aylanma kapital
kompaniya moliyaviy holatining o'lchovchisi va tartibga soluvchisi hisoblanadi.
Aylanma mablag'larni shakllantirish va moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
• o'zlik va ularga tenglashtirilgan mablag'lar;
• qarziy va jalb qilingan mablag'lar.
O'z navbatida, aylanma mablag'lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirishning o'z
manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
• ustav kapitali;
• foyda;
• emission daromad.
Emission daromad, ayrim
hollarda, ta'sischilik foydasi deb ham yuritiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning samaradorligi juda ko'p
omillarga bog'liq. U, eng awalo, to'lov intizomining ahvoIi, aylanma mablag'larning
turli
funksionai elementlariga joylashtirilgan quyilmalarning hajmi bilan belgilanadi. Shuningdek,
ishlab chiqarish sohasida aylanma kapitaldan samarali foydalanishga ishlab chiqarishning
chiqitlarsiz yuqori texnologiyalarga asoslanganligi, materiallar
qiymatining pasayishi, ishlab
chiqarish va muomala xarajatlarining minimallashtirish, ishlab
chiqarish zaxiralari va
ularning harakatini oqilona tashkil qilish hamda natijali boshqaruvlashtirishni hisobga olgan
holda, albatta, o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Xulosa:
Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi, ko'p jihatdan amortizatsiya ajratmalarining
maqsadli
foydalanilishini, ishlab chiqarish apparatining rivojlanishiga emission daromad va sof foydaning
kerakli miqdorlarda reinvestitsiya qilinishini oldindan aniqlab (belgilab) beradi. Shu bilan birgalikda bu
yerda, yangi texnologik
tizimlardan foydalanish, mashina va dastgohlarning yuklamalik darajasi, asosiy
ishlab chiqarish fondlarining o'z vaqtida yangilanishi va chiqib ketishi, moliyalashtirishning mumkin bo'lgan
barcha manbalarini faol jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Malikov T. S. Moliya: xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi ( o’quv qo’llanma)/ Toshkent
moliya instituti. – Toshkent, 2010. – 276 bet
2. Sh. Sh. Shodmonov, R. X. Alimov, T. T. Jo’rayev. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent, “Moliya”
nashriyoti, 2002yil. 416b.
3. Pul va banklar: O’quv qo’llanma / Sh. Z. Abdullayeva; - T.: “Iqtisodiyot-Moliya”, 2018.-756b.
4. https://uz.m.wikipedia.org
5. S. Elmirzayev, N.
Tursunova, N. Shavkatov M 70 Moliya bozori: Darslik - T.: “Iqtisod-
Moliya”, 2019.-324b.