Page 153 CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION Volume 2, Issue 2, February 2023 www.in-academy.uz ishlab chiqarish sikllari davomida uni tiklab boradi. Bu jarayon amortizatsiya deb ataladi va u
o'rnatilgan me'yorlarga muvofiq ravishda har oyda hisoblanadi. Ma'naviy eskirishini inobatga
olgan holda mehnat vositalari boshlang'ich qiymatini to'liq tiklash vaqti amortizatsiya davri
deb ataladi. Bu davr tugaganidan so'ng asosiy kapitalga avanslashtirilgan pulli qiymat o'z
aylanishini tugatadi va yana mehnat vositasiga aylanadi. Bu fursatga yetgunga qadar
o'tkazilayotgan qiymat astasekinlik bilan va uzluksiz ravishda amortizatsiya fondi ko'rinishida
jamg'arilib boriladi hamda iste'mol qilingan kapitaini yangidan qayta tiklashda foydalaniladi.
Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga
olish maqsadga muvofiq:
• moliyaviy nuqtai-nazardan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi moliyaviy resurslar tegishli
fondlarining tashkil etilishi bilan kuzatiladi. Bu bir vaqtning o'zida ham asosiy kapital va ham
aylanma kapital aylanishiga to'liq tegishlidir;
• shu doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy resurslardan foydalanish
samaradorligini ballOlash muhim hisoblanadi;
• amal qilayotgan (ishlayotgan) ishlab chiqarish fondlaridan toydalanish va eskirgan asosiy
ishlab chiqarish fondlarini yangilashning o'z vaqtida amalga oshirilishi samaradorligini
baholash kerak. XYuSning moliyaviy resurslari tarkibida o'zlik va jalb qilingan pul mablag'lari
bo'lishi mumkin. Takror ish lab chiqarish jihatidan asosiy kapital ning doiraviy aylanishi iste'
mol qil ingan asosiy fondlarni almashtirish uchun amortizatsiya mablag'larining amortizatsiya
fondida jamg'arilishini ko'zda tutadi. Hisobot davri davomida asosiy vositalar ob'ektlari
bo'yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblashni qo'llash usullariga bog'Jiq bo'lmagan holda har
oyda hisoblanadi. Mavsumiy ishlab chiqarishda ham asosiy vositalar bo'yicha amortizatsiya
ajratmalarining yillik summasi hisobot yilida tashkilotning ish lash davri davomida bir tekisda
hisoblanadi. Agar asosiy vositalarning ob'ektlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilishda
bo'lsa, yoki ular uch oydan ko'proq muddatga konservatsiya qilishga o'tkazilgan bo'lsa,
bunday holatlarda amortizatsiya ajratmalarini hisoblash tashkilot rahbarining qaroriga
muvofiq to'xtalishi mumkin.
Aylanma kapital XYuS aylanma (o'zgaruvchan, mobil) aktivlariga avanslashtirilgan kapital
qiymatini o'zida ifodalaydi. Bu kapital XYuS balansining «Aylanma aktivlar» deb nomlangan
ikkinchi bo'limida aks ettiriladi. Odatda, aylanma kapital quyidagi bir necha asosiy guruhlarga
klassifikatsiya qilinadi:
• takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini hisobga olgan holda funksional
mo'ljallanganligi bo'yicha;
• shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga ko'ra;
• lividlilik darajasiga qarab;
• va boshqa belgiJariga muvofiq. Aylanma kapital juda ko'p funksiyalarni bajaradi.
Ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko'rsatish mumkin:
• takror ishlab chiqarish;
• rag'batlantirish;
• taqsimlash;
• ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta'minlash;
• ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligini ta'minlash;
• va boshqalar.
Aylanma kapital o'z funksiyalarini ham pulii va ham natural buyum shakllarida amalga