Page 152
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 2, Issue 2, February 2023
www.in-academy.uz
XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING ASOSIY VA
AYLANMA KAPITALINING DOIRAVIY AYLANISHINING
MOLIYAVIY ASOSLARI
Egamnazarova Noila Olimjon qizi
Tel: (93)-191-62-72
egamnazarovanoila003@gmail.com
Sayfullayeva Nigora Fayzulla qizi
91. 583-00-53
Boymamatova Rayhona Abduhalil qizi
94.272-13-09
Toshtemirova Muxlisa Davronbek qizi
94.202-06-03
Denov tadbirkorlik va pedagogika
instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7655560
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-fevral 2023 yil
Ma’qullandi: 16-fevral 2023 yil
Nashr qilindi: 20-fevral 2023 yil
Ushbu maqola xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy
kapitalining
mablag’lari
aylanishining
moliyaviy
jihatlari hamda aylanma kapitalining doiraviy
aylanishining moliyaviy asoslari to’g’risida yoritilgan.
KEY WORDS
kapital, asosiy kapital, aylanma
kapital, emission daromad.
Umumlashtirilgan ko'rinishda asosiy kapital mehnat vositalariga (binolar, inshootlar, uzatish
qurilrnalari, rnashinalar va dastgohlar, transport vositalari va foydali foydalanish rnuddati 12
oydan oshadigan boshqa vositalar) qo'yilgan (joylashtirilgan)
avanslashtirilgan kapitaliy
qiyrnatning bir qisrnidir. XYuSning buxgalteriya balansida asosiy kapital aylanrnadan
tashqaridagi aktivlar sifatida aks.ettiriladi. Uning asosini asosiy vositalar tashkil etadi. Bu
aktivlarning
boshqa elementlari, ya'ni nornoddiy aktivlar,
tugallanrnagan qurilish, moddiy
boyliklarga darornadli qo'yish (joylashtirish), uzoq
muddatli moliyaviy quyilmalar, bevosita
yoki bilvosita asosiy
kapitalni kengaytirilgan, ilmiy-sig'imli ishlab chiqarishga xizmat qiladi.
Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital ishlab chiqarish ornili va ishlab
chiqarishning moddiy-texnikaviy asosi shaklida amal qiladigan
unumli kapitalning qismi
sifatida rnaydonga chiqadi. Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bo'lgan
qiymatning quyidagi uch funksional shakllarida harakat qilishini anglatadi:
• pulli;
• unurnli;
• tovarli.
Asosiy kapital qiymatining bu shakllarda amal qilishi foyda olishni va mehnat vositalarining
takror ishlab chiqarilishini ta'minlaydi. Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma
kapitaldan ' farqli o'laroq asosiy kapital o'zining iste'mol shaklini birdaniga yo'qotmaydi, ya'ni
davomli muddatda eskiradi. Yangidan yaratilayotgan mahsulotga u o'zining
qiymatini asta-
sekinlik bilan, eskirish darajasiga qarab o'tkazadi va to'liq qayta tiklanganga qadar ko'plab