Central asian research journal for interdisciplinary studies (carjis)


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)



Yüklə 430,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix02.06.2023
ölçüsü430,94 Kb.
#121975
1   2   3   4   5   6   7   8
buyuk-ipak-yoli-muloqot-va-hamkorlik-yoli

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar 
Universal Impact Factor: 7,1 
ISSN:2181-2454 
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-115-122
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 119 E-mail: carjisor@carjis.org 
Rusi va Yevropa mamlakatlariga borib, bu tarmoq VI asrdan boshlab rivojlana 
boshlagan. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, Ipak yoʻlining asosiy karvon yoʻllaridan 
tashqari ichki savdo yoʻllari ham mavjud edi. 
Agar geografik xaritaga eʼtibor beradigan boʻlsak, Oʻrta Osiyoni qadimgi 
sivilizatsiyalar oʻzaro aloqalar tizimining markazida joylashganligini kuzatishimiz 
mumkin. Aynan mana shunday geografik joylashuv tufayli qadimgi Oʻrta Osiyoda 
muhim etnik jarayonlar (hindevropa, hind-eroniy, turklarning ko‘chishi, 
koʻchmanchilar migratsiyasi) boʻlib oʻtishiga, madaniyatlarning oʻzaro taʼsir 
doirasi faollashuviga keng imkoniyatlar yaratildi. Buyuk Ipak yoʻli boʻylab keng 
miqyosdagi savdo-sotiq jarayonlari boʻlib oʻtdi, diplomatik shartnomalar hamda 
harbiy ittifoqlar tuzildi. Osiyoning ichkarisiga va Uzoq Sharqqa harfiy yozuv va 
dunyo dinlarining (buddaviylik, xristianlik, zardushtiylik, moniy, islom) 
yoyilishida Oʻrta Osiyo xalqlari ulkan hissa qoʻshdilar. Buyuk Ipak yoʻli faqat 
karvon yoʻli boʻlibgina qolmasdan, Yevrosiyo xalqlari sivilizatsiyasida, jumladan, 
oʻzbek xalqi davlatchiligi rivoji hamda boshqaruv tizimining takomillashuvida, 
shaharlar va madaniyatlar taraqqiyoti tarixida oʻchmas iz qoldirgan jarayondir.[15] 
Oʻrta Osiyo hududlari orqali oʻtgan qadimgi savdo karvon yoʻllari oʻrta asrlar 
davrida ham ichki va tashqi xalqaro iqtisodiy, madaniy va diplomatik aloqalarda 
muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Ilk oʻrta asrlarda soʻgʻdlar, rivojlangan oʻrta asrlarda Movarounnahr va 
xorazmliklar, soʻnggi oʻrta asrlarda buxoroliklar va xivaliklar xalqaro aloqalarda 
katta oʻrin tutib, turli hududlar xalqlarini oʻzaro bogʻlashda asosiy vositachi 
boʻlgan edilar.[16] Milodning III asrning ikkinchi yarmi - IV asrda Oʻrta 
Osiyoning oʻtroq dehqonchilik vohalariga koʻchmanchi xalqlar - kidariylar, 
xioniylar va eftaliylar bostirib kiradilar. Buning natijasida koʻchmanchi va oʻtroq 
xalqlar oʻrtasida qonli urushlar boshlanib etnik hududlar oʻzgaradi, eski sulolalar 
inqirozga uchrab yangilari paydo boʻladi, madaniyatlar oʻzgarib, yangi ijtimoiy-
iqtisodiy tuzum paydo boʻladi. Yuzaga kelgan vaziyat, geosiyosiy oʻzgarishlar 
Buyuk Ipak yoʻlidagi savdo jarayonlariga, Gʻarb va Yaqin hamda Uzoq Sharq 
mamlakatlari oʻrtasidagi madaniy va diplomatik munosabatlarga oʻz taʼsirini 
oʻtkazmasdan qolmadi. Oʻz ahamiyatini yoʻqota boshlagan yoʻllar oʻrniga mavjud 
ijtimoiy-siyosiy vaziyatga bogʻliq holda xalqaro tranzit aloqa yoʻllarining yangi 
tarmoqlari vujudga kela boshlaydi.
Maʼlumki, XV asrning oxirlarida yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar 
natijasida xalqaro dengiz yoʻllarining ochilishi tufayli Yevropa va Osiyo 
davlatlarining koʻpchiligi hayotida, xalqaro aloqalar va savdo yoʻllari tizimida 
keskin oʻzgarishlar roʻy bera boshladi. Undan tashqari XV-XVI asrlarda Usmonli 



Yüklə 430,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin