Central asian research journal for interdisciplinary studies (carjis)



Yüklə 430,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix02.06.2023
ölçüsü430,94 Kb.
#121975
1   2   3   4   5   6   7   8
buyuk-ipak-yoli-muloqot-va-hamkorlik-yoli

 
 


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar 
Universal Impact Factor: 7,1 
ISSN:2181-2454 
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-115-122
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 116 E-mail: carjisor@carjis.org 
KIRISH 
BUYUK IPAK YOʻLI — qadimda va oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarb 
mamlakatlarini ilk bor oʻzaro bogʻlagan qit‘alararo karvon yoʻli (mil. av. 2-a.— 
mil. 15-a.).[1: 814-b.] Buyk ipak yo'li atamasi ushbu yoʻldan tashilgan 
qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan bogʻliq.[1: 814-b.] Gʻarb mamlakatlari 
uzoq vaqtgacha ipakchilik sir-asrorlaridan bexabar boʻlishgan. Tadqiqotchilaming 
fikrlariga qaraganda, mil. avv. III asrning oxiri-II asrlarda xalqaro ahamiyatga va 
aniq yo'nalishga ega bo'lgan savdo tranzit yo'li shakllana boshlaydi. Bu yo‗l XIX 
asrning ikkinchi yarmida (1877) nemis olimi Ferdinand Paul Vilgelm Rixtgofen 
tomonidan dastlabki marta ―Ipak yo'li" degan nom oldi va keyinchalik butun dunyo 
tadqiqotchilari tomonidan ―Buyuk ipak yo'li‖ deb e‘tirof etildi.[2:96-b.]Ushbu 
yo'lning vujudga kelishi Xan imperiyasi elchisi Chjan Syan sababchidir.Chjan 
Syan – xitoylik diplomat va sayyoh bo'lib, Xitoy uchun uzoq davrlar davomida 
yopiq bo'lgan O'rta Osiyoga birinch marta borib,ushbu mintaqadagi yo'llar, 
mamlakatlar va xalqlar haqida ma'lumot to'plab kelgan birinchi davlat elchisidir[3: 
146-b.].Manbalarda keltirilishicha mil.avv.140-yilda Xan sulolasi taxtiga Lyu 
Che[mil.avv.156-87]o'tiradi shu munosabat bilan unga,xitoyliklar ananasiga ko'ra 
U-Di [jangovor xoqon]deb nom beriladi[4: 17-bob.54-b.].Azaliy dushmanlari 
xunnlarga qarshi ittifoqchi topish uchun elchi Chjan Syanni mil.avv.138-yil asli 
kelib chiqishi xunnlardan bo'lgan,serg'ayrat tarjimon Tangiy Ganfu xamrohligida 
sharqqa jo'natadi.Ammo ular ko'p yurmasdan Kurona mamlakatida xunnlar qo'liga 
tushib qoladi.[4: 17-bob,54-b.].Oradan 10 yil o'tgandan so'ng u yerdan 
qochib,Farg'onaga yetib boradi.Chjan Syanning shaxssan o'zi Farg'ona, Da-Yueji, 
Baqtriya, Qang'kiya kabi davlatlarga borgan.[5: 67-bob.67-75-b.] Ularning 
atrofidagi 5-6 davlat haqida boshqalar orqali surishtirib bilib, ularning hududi
boyligi va iqtisodiy ahvoli to'g'risida o'z hukmdori U-Di ga axborot bergan.[5: 67-
bob.67-75-b.]Elchi Chjan Syanning bosgan qadami va yurgan yo'li orqali 
keyinchalik "Buyuk ipak yo'li"nomini olgan savdo yo'li vujudga keldi.

Yüklə 430,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin