CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar
Universal Impact Factor: 7,1
ISSN:2181-2454
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-115-122
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 116 E-mail: carjisor@carjis.org
KIRISH
BUYUK IPAK YOʻLI — qadimda va oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarb
mamlakatlarini ilk bor oʻzaro bogʻlagan qit‘alararo karvon yoʻli (mil. av. 2-a.—
mil. 15-a.).[1: 814-b.] Buyk ipak yo'li atamasi ushbu yoʻldan tashilgan
qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan bogʻliq.[1: 814-b.] Gʻarb
mamlakatlari
uzoq vaqtgacha ipakchilik sir-asrorlaridan bexabar boʻlishgan. Tadqiqotchilaming
fikrlariga
qaraganda, mil. avv. III asrning oxiri-II asrlarda xalqaro ahamiyatga va
aniq yo'nalishga ega bo'lgan savdo tranzit yo'li shakllana boshlaydi. Bu yo‗l XIX
asrning ikkinchi yarmida (1877) nemis olimi Ferdinand
Paul Vilgelm Rixtgofen
tomonidan dastlabki marta ―Ipak yo'li" degan nom oldi va keyinchalik butun dunyo
tadqiqotchilari tomonidan ―Buyuk ipak yo'li‖ deb e‘tirof etildi.[2:96-b.]Ushbu
yo'lning vujudga kelishi Xan imperiyasi elchisi Chjan Syan sababchidir.Chjan
Syan – xitoylik diplomat va sayyoh bo'lib, Xitoy
uchun uzoq davrlar davomida
yopiq bo'lgan O'rta Osiyoga birinch marta borib,ushbu mintaqadagi yo'llar,
mamlakatlar va xalqlar haqida ma'lumot to'plab kelgan birinchi davlat elchisidir[3:
146-b.].Manbalarda keltirilishicha mil.avv.140-yilda
Xan sulolasi taxtiga Lyu
Che[mil.avv.156-87]o'tiradi shu munosabat bilan unga,xitoyliklar ananasiga ko'ra
U-Di [jangovor xoqon]deb nom beriladi[4: 17-bob.54-b.].Azaliy dushmanlari
xunnlarga qarshi ittifoqchi topish uchun elchi Chjan Syanni mil.avv.138-yil asli
kelib chiqishi xunnlardan bo'lgan,serg'ayrat tarjimon Tangiy Ganfu xamrohligida
sharqqa jo'natadi.Ammo ular ko'p yurmasdan Kurona mamlakatida xunnlar qo'liga
tushib qoladi.[4: 17-bob,54-b.].Oradan 10 yil o'tgandan so'ng
u yerdan
qochib,Farg'onaga yetib boradi.Chjan Syanning shaxssan o'zi Farg'ona, Da-Yueji,
Baqtriya, Qang'kiya kabi davlatlarga borgan.[5: 67-bob.67-75-b.]
Ularning
atrofidagi 5-6 davlat haqida boshqalar orqali surishtirib bilib,
ularning hududi,
boyligi va iqtisodiy ahvoli to'g'risida o'z hukmdori U-Di ga axborot bergan.[5: 67-
bob.67-75-b.]Elchi Chjan Syanning bosgan qadami va yurgan yo'li orqali
keyinchalik "Buyuk ipak yo'li"nomini olgan savdo yo'li vujudga keldi.
Dostları ilə paylaş: