Central asian research journal for interdisciplinary studies (carjis)


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)



Yüklə 430,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix02.06.2023
ölçüsü430,94 Kb.
#121975
1   2   3   4   5   6   7   8
buyuk-ipak-yoli-muloqot-va-hamkorlik-yoli

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar 
Universal Impact Factor: 7,1 
ISSN:2181-2454 
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-115-122
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 118 E-mail: carjisor@carjis.org 
shakllanganligidan xulosa chiqargan ayrim tadqiqotchilar vohada urbanizatsiya 
jarayonlari boshlanishida qoʻshni Sugʻdning taʼsiri katta boʻlgan deb hisoblaydilar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Oʻz navbatida Oʻrta Osiyoning bu ikki tarixiy-madaniy viloyatlari 
oʻrtasidagi qizgʻin iqtisodiy-madaniy munosabatlar xamda vohani Sugʻdiyona 
bilan bogʻlovchi aloqa yoʻllari jadal faoliyat koʻrsatganligi taʼkidlanadi.[11: 122-
b.] Ustrushona va Toshkent vohasidan Zomin va Jizzax orqali kelgan savdo yoʻli 
Sugʻdiyonaning poytaxti Afrosiyob (Samarqand)ga olib kelgan. Bu shaharning 
oʻsha davr Oʻrta Osiyoning ichki va tashqi iqtisodiy va madaniy aloqalarida 
muhim oʻrin tutgan yirik savdo yoʻllari chorraxasida joylashganligini alohida 
taʼkidlash lozimdir. Afrosiyobdan Amudaryo kechuvlariga tomon ketuvchi yoʻllar 
bu davrda Janubiy Soʻgʻd, hozirgi Qashqadaryo viloyati hududlari orqali oʻtgan. 
Kesh (Uzunqir), Nikshapa (Yerqo‘rgʻon), Naxshab kabi yirik shaharlar vohaning 
ichki va tashqi iqtisodiy-madaniy aloqalarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan.[12: 
512-b.] Sugʻdiyonadagi yoʻllar Buyuk Ipak yoʻli shakllanib, mintaqaning tashqi 
iqtisodiy aloqalari rivojlanib borishiga mos ravishda kengayib boradi. 
Samarqanddan quyi Qashqadaryo vohasi orqali Amudaryoning oʻrta oqimidagi 
kechuvlarga olib chiquvchi yoʻllar Sugʻdiyonaning mintaqaviy ahamiyatga ega 
karvon yoʻllari edi.
Bu davr Zarafshon daryosining quyi qismiga, Buxoro vohasiga chiquvchi 
yoʻllarda ham qizg‘in aloqalar davom etgan. Bu davr Xorazm vohasidagi asosiy 
punktlar – shaharlar, qalʼalar, qoʻrgʻonlar Amudaryoning quyi oqimidan daryoning 
har ikkala qirgʻogʻiga chiqilgan yirik kanallar boʻylab joylashgan edi.[13] Surxon 
vohasida (Shimoliy Baqtriya) mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar bilan 
bogʻlangan Termiz shahri alohida ahamiyatga ega. Amudaryodan kechuv joyida 
joylashgan bu koʻhna shahar mintaqaning markaziy hududlarini Shimoliy 
Afgʻoniston va Hindiston shaharlari bilan bogʻlaydigan muhim xalqaro savdo-
tranzit yoʻli ustida edi. Undan tashqari bu shahar Amudaryo suv yoʻlidagi muhim 
punktlarga egaligi bilan ham boshqa shaharlardan ajralib turadi.[14]. Ipak yoʻlining 
Buxoroga kelgan tarmogʻi ikkiga boʻlingan. Bu tarmoqning janubiy yoʻnalishi 
Buxoro-Qarshi-Guzor-Kesh-Termiz orqali Hindistonga oʻtib ketgan. Nishopurdagi 
tarmoqlaridan biri Tehron-Qazvin-Hamadon-Bagʻdod-Palmira yoʻnalishi boʻylab 
Oʻrta Yer dengizi boʻyidagi Tir shahrigacha choʻzilgan.
Umuman olganda Buyuk Ipak yoʻlining janubiy tarmogʻi Oʻzgan orqali 
Oʻshga oʻtib, Quva-Margʻilon-Qoʻqon orqali Xoʻjand, Samarqand, Buxoroga 
oʻtgan. Shimoliy yoʻnalishi esa Xazar xoqonligi va Bulgʻor davlati orqali Kiyev 



Yüklə 430,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin