Central asian research journal for interdisciplinary studies (carjis)


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)



Yüklə 430,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix02.06.2023
ölçüsü430,94 Kb.
#121975
1   2   3   4   5   6   7   8
buyuk-ipak-yoli-muloqot-va-hamkorlik-yoli

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar 
Universal Impact Factor: 7,1 
ISSN:2181-2454 
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-115-122
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 120 E-mail: carjisor@carjis.org 
turklarning istilolari ham G‘arbiy Yevropa xalqlari bilan Markaziy Osiyo oʻrtasida 
mavjud azaliy aloqa yoʻllari yoʻnalishlarining oʻzgarishiga olib keldi. Natijada, 
ulkan hududlarni qamrab olgan Buyuk Ipak yoʻli XVI asrdan boshlab oʻz 
ahamiyatini yoʻqota boshladi. Bu holat birinchi navbatda Buyuk geografik 
kashfiyotlar tufayli Gʻarbiy Yevropadan Xitoy va Hindistonga olib boruvchi 
dengiz yoʻllarining ochilishi va ulardan izchil foydalanishning boshlanishi bilan 
bogʻliq boʻlsa, ikkinchidan, bu davrda Oʻrta Osiyoda boshlangan oʻzaro sulolaviy 
kurashlar markaziy davlat xokimiyatining zaiflashuviga, karvon yoʻllari 
xavfsizligining toʻliq taʼminlanmaganligiga olib keldi. Natijada asrlar davomida 
Sharq va Gʻarb dunyosini bogʻlab turgan Buyuk Ipak yoʻli inqirozga uchradi.[17: 
71-75-b.] 
XULOSA 
Xulosa qilib, shuni aytishimiz mumkinki, Mil. avv.1 ming yillikning
oxiri-milodiy I ming yillikning boshlariga kelib Tinch okeanidan Atlantika 
okeaniga qadar cho'zilgan ulkan geografik hudud madaniyati yuksak rivojlangan 
sivilizatsiyalarning yagona tizimiga birlashadi. Bu hududda joylashgan davlatlar-
Xitoydagi Xan saltanati, Kushon podsholigi, Qang' davlati, Parfiya davlati, Rim 
saltanatining chegaralari bir-biriga tutash edi. Ushbu zabardast saltanatlar va 
sivilizatsiyalar markazlari insoniyat tarixidan birinchi bo'lib ―Buyuk ipak yo'li‖ deb 
nomlanuvchi bir yo‗l bilan bog'landilar. Umumiy uzunligi 12 ming km bolib, 
Xitoydan O‗rta Yer dengizining shimoliy qirg‗oqlariga qadar cho‗zilgan bu yo‗l 
orqali ko'pgina xalqlar va elatlar turli tomonlama munosabatlar o'rnatdilar. 
Podsholarning o‗zaro elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil sovg‗alar in'om 
etishlari an‘anaga aylandi. Sharq bilan G‗arb madaniyatining bir-biriga ta‘siri 
kuchaydi. O‗sha davrdagi ko‗plab madaniy o‗xshashliklar ham shu tufayli yuzaga 
keldi.Buyuk ipak yo‘li orqali nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan 
madaniy yutuqlari, ma‘naviy qadriyatlari, diniy g‘oyalari ham jahonga tarqalib 
borar edi. Buddizm Kushan davlatidagi boshqa dinlar bilan birga hukm surgan 
bo‘lib, bu yerdan to Xitoygacha tarqalgan. Eramizning birinchi asrlarida Kichik 
Osiyodan bu yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab xalifaligining qattiqqo‘l 
harbiy navkarlari VII asrda islom ta‘limotini olib kelganlar. Savdogarlar va 
targ‘ibotchilarning o‘tkazgan yo‘llari bo‘ylab mo‘g‘ullar sahrolaridan Yevropa 
tekisliklarigacha Chingizxon sahroyi bosqinchilari quyundek o‘tgan. Buyuk Ipak 
yo‘lining qoq yuragi bo‘lgan Samarqand shahridan o‘rta asrlardagi Sharqning 
buyuk sarkardasi Amir Temur o‘z yurishlarini boshlab, zafar quchar edi. Bundan 
tashqari, karvon yo‘llaridan asrlar bo‘yi allomalar, tadqiqotchilar ham sayohat qilar 



Yüklə 430,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin