Central asian research journal for interdisciplinary studies (carjis)


ADABIYOTLAT TAHLILI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 430,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix02.06.2023
ölçüsü430,94 Kb.
#121975
1   2   3   4   5   6   7   8
buyuk-ipak-yoli-muloqot-va-hamkorlik-yoli

ADABIYOTLAT TAHLILI VA METODOLOGIYASI 
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, mil. avv. III asrning oxiri-II 
asrlarda xalqaro ahamiyatga va aniq yo'nalishga ega bo'lgan savdo tranzit yo'li 
shakllana boshlaydi. Buyuk ipak yo'li orqali Xitoydan ipak, chinni idishlar,choy va 
boshqa mahsulotlar chet mamlakatlarga chiqarilgan.[6: 149-b.]Bu yo'l orqali O'rta 
Osiyodan Xitoyga turli xil gazlamalar, qo'y terisi, qurol, qimmatli toshlar, otlar 
olib borilgan.[6: 150-b.]. Buyuk ipak yo'li Xitoyning qadimgi markazi Siandan 
boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga keladi.[7: 89-b.] Bu yerda u ikkiga ajraladi. 


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar 
Universal Impact Factor: 7,1 
ISSN:2181-2454 
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-115-122
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 117 E-mail: carjisor@carjis.org 
Ipak yo'lining janubi-g'arbiy tarmog'i Taklamakon sahrosi orqali Xotanga,undan 
Yorkentga kelib,Pomir to'g'i orqali Vaxonga, undan Baqtriyaning bosh shahri 
Zariasp[Balx]ga kelgan. Balxda yo'l yana uch tarmoqqa ajraladi, G'arbiy tarmog'i 
Marvga, Janubiy tarmog'i Hindistonga, shimoliy tarmog;i Termiz orqali Darband, 
Nautak, Samarqandga qarab ketadi[7: 89-90-b.] Ipak yo'lining shimoli-g‘arbiy 
tarmog‘i esa Dunxuandan Bami, Kuchi, Turfan, orqali Tarim vohasiga-Qashqarga 
boradi. U yerdan Toshqo'rg'on orqali O'zgan, O'sh, Quva, Axsikent, Popga, undan 
Asht dashti orqali Xo'jand, Zomin, Jizzaxga, so'ngra Samarqandda Nautak yo'li 
bilan birlashadi. Yo'l Samarqanddan G'arbga Dobusiyaga, Malik cho'l orqali 
Buxoro va Romitanga, undan Varaxsha orqali Boykent va Farg'onaga borib, Amul 
shahriga o'tadi. Amulda Marvdan Urganch tomon Amu bo'ylab ketayotgan yo'lga 
qo'shilgan.[7: 89-90b.]Buyuk Ipak yoʻlining Xitoydan Oʻrta Osiyoga keluvchi 
yoʻnalishida dastlabki hudud sifatida Fargʻona vodiysi muhim oʻrin tutgan edi. 
Ushbu hudud orqali oʻtgan tranzit savdo yoʻllari yoʻnalishlari boʻyicha keyingi 
yillarda koʻplab yangi maʼlumotlar paydo boʻldiki, ularning tahlillariga asoslanib 
Fargʻona vodiysidagi yirik shaharlarning bu transmintaqaviy aloqa yoʻli 
yoʻnalishlarida tutgan oʻrni va ahamiyati hamda bu davr Fargʻona davlatchiligi 
rivoji haqida muhim xulosalar chiqarish mumkin.[8: 163-b.]
Xitoy manbalarining maʼlumot berishicha, bu davrda Davan davlatida 70 
dan ortiq shaharlar mavjud boʻlib, ular Buyuk Ipak yoʻli yoʻnalishlarida joylashgan 
edi, ular bilan mahalliy ahamiyatga molik yoʻllar orqali bogʻlangan edi. Bu 
shaharlar Buyuk Ipak yoʻli shakllangan dastlabki davrlardan boshlab Fargʻona 
vodiysining muhim iqtisodiy va madaniy markazlari, ayrimlari (Ershi, 
Shoʻrabashat) esa siyosiy-maʼmuriy markazlar sifatida mintaqaning ichki va tashqi 
aloqalarida faol ishtirok etib kelgan.[9]. Buyuk Ipak yoʻlining Fargʻona vodiysi 
shaharlari orqali oʻtgan asosiy yoʻnalishlari Asht dashtlari orqali Xoʻjandga ,Eski 
Chotqol togʻlaridagi Qamchiq va Rezak dovonlari orqali Choch vohasiga olib 
kelgan. Bu yoʻllar Ohangaron va Chirchiq daryosi vodiylaridagi shaharlar va 
makonlar orqali Sirdaryodagi muhim kechuvlar tomonga yoʻnalgan.
Tadqiqotchilarning fikrlariga koʻra, mil.avv. III—II asrlarda Toshkent 
vohasida keyingi davrlar uchun ham katta ahamiyatga ega boʻlgan ijtimoiy-
iqtisodiy oʻzgarishlar boʻlib oʻtadi va bu jarayonda aloqa yoʻllarining ahamiyati 
ulkan boʻldi. Bu holat birinchi galda, vohaning qudrati Qangʻ davlati shakllangan 
hudud sifatidagi oʻrni bilan hamda qadimgi shaharlarning paydo boʻlishi va 
ularning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼmuriy-siyosiy ahamiyati oshib borishi bilan 
izohlanadi.[10: 54-b.] Toshkent vohasidagi qadimgi shaharlarning Sirdaryoning 
oʻng qirgʻoq hududlarida, Ohangaron va Chirchiqning quyi oqimlarida 



Yüklə 430,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin