CHanglaRNING inson organizmiga ta’siri, aholini tabiiy va is gazidan zaharlanishining oldini olish usullari
3v- fizika Djabborberdiyeva Azoda
Chang — har qanday modda va jismlarning havoda muallaq holatda turadigan qattiq mayda zarrachalaridir.
Havoda uchib yurgan chang aerozol deb, yuzaga cho'kkani esa aerogel deb ham ataladi. Chang aerodinamik siste'ma bo'lib, dispersion muhitni havo, dispers fazani esa qattiq zarrachalar tashkil etadi. Chang inson organizmida doim ta'sir etib turuvchi omillar turkumiga kiradi va ma'lum sharoitlarda organizmga ta'sir ko'rsatadi.
Chang odam organizmga ta'siri bo'yicha quyidagicha tasniflanadi: 1) fibrogen 2) zaharli 3) allergenli 4) kantserrogen 5) qichituvchi 6) ionlantiruvchi
Kelib chiqishi bo'yicha: 1.Organik - o'simlik, hayvon va boshqa trik organizmlardan ajralib chiqadigan; 2.Noorganik – turli qattiq moddalar (tuproq), minerallar va metallardan ajralib chiqadigan. Dispersligi (o'lchamlari) bo'yicha: 1.ko'rinadigan chang - kattaligi 10 mkm dan yuqori; 2.mikroskopik chang - o'lchami 10 dan 0,25 mkm gacha; 3.submikroskopik chang - kattaligi 0,25 mkm dan kichik changlar.
Changlarning dispersligi ularning havodagi turg'unligi, nafas yo'llariga kirish va qancha chuqurlikka kirib borish imkoniyatini belgilaydi. Changlarning o'lchami qancha kichik bo'lsa, ular nafas yo'llariga shuncha chuqur kirib boradi, o'pkada shuncha ko'p ushlanib qoladi va fibrogenlik hususiyatini oshiradi. Nafas olganda alveolalarga asosan 5 mkm gacha kattalikdagi zarrachalari kiradi. Fibrogenlik hususiyati bo'yicha 1-2 mkm bo'lgan changlar juda havfli hisoblanadi.
Nafas olish tizimini himoya qilish uchun changga qarshi respiratorlar qo'llaniladi. Himoya ko'zoynaklari ko'zlarni chang zarralari ta'siridan himoya qilish uchun ishlatiladi.
Sog'lomlashtirish chora-tadbirlari: 1.Uy, xonadon, ishxona deraza va eshiklarni chang kirimaydigan qilib yoping; 2.Tashqariga va ko'chaga chiqqanda tibbiy niqobdan foydalaning; 3.Ko'proq suv iching; 4.Ochiq havoda harakat qilishni cheklang; 5.Og'iz va burun bo'shlig'ini tuzli eritma bilan yuvib tashlang; 6.Ko'zlarni yuvish tavsiya etiladi. Ayniqsa, linzadan foydalanuvchilar uchun bu juda muhim. 7.Tutunga to'la xonalarda chekish xavfli. Chunki ifloslangan ob-havo hisobiga salomatligimizga yetadigan ziyon bir necha barobar oshib ketadi. 8.Xomiladorlar, emizikli ayollar, qariyalar, allergiyasi borlar, surunkali bronxitlar va bolalarning uyda bo'lishi tavsiya etiladi.
Is gazi nima? Is gazi (uglerod oksidi) – rangsiz, ta’msiz, hidsiz zaharli gaz. Kimyoviy formulasi – CO. U yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng ko‘p tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir. Qazib olinadigan yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi sabab yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining bo‘lishi o‘lim holatiga olib kelishi mumkin! Is gazi organizmga tushganda u qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrotsitlarni o‘zaro bog‘lab, kislorodning tana bo‘ylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yo‘qotadi.
Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari
Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari
Bosh miya tizimida: uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hushini yo‘qotish;
Nafas olish tizimida: nafas olishning og‘irlashishi, yo‘tal;
Yurak qismida: Puls va AB ortishi;
Mushaklar tizimida: Tremor (qaltirash).
Qanday holatlarda is gazidan zaharlanish xavfi yuqori bo‘ladi?
Qanday holatlarda is gazidan zaharlanish xavfi yuqori bo‘ladi?
Shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda;
Avtoulovlar turargohlarida;
Yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda;
Uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda;
Pech bilan istiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin.
Gazdan zaharlanganda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi? Barcha holatdagi og‘ir zaharlanishlarda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur. Shifokor yetib kelgunga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak: 1.Jabrlanuvchini zudlik bilan gazlangan hududdan toza havoga olib chiqish kerak; 2.Jabrlanuvchining qo‘l va oyoqlarini ko‘tarilgan holatda yotqizish; 3.Nafas olishiga xalaqit beruvchi barcha narsalarni yig‘ishtirish (tugmalarni yechib, yoqani ochish, kamarni bo‘shatish va boshqalar); 4.Jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish. Jabrlanuvchini yurgizish taqiqlanadi; 5.Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, unga toza havoda yoki havosi yaxshi aylanadigan xonada sun’iy nafas oldirishni boshlash lozim; 6.Nashatir spirtini hidlatish; 7.Hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar ko‘rish; 7.Jabrlanuvchining holati yaxshi bo‘lsa, issiq choy yoki qahva ichirish; Kislorod yostig‘i yordamida kislorod berish.