Chegara ichiga suv haydaladigan tizimlar



Yüklə 314,19 Kb.
tarix10.09.2023
ölçüsü314,19 Kb.
#142547
4-Amaliy mashg\'ulot Chegara ichiga suv haydaladigan tizimlar


Chegara ichiga suv haydaladigan tizimlar
Neft konlarini ishlashda keng rivojlangan chegara ichra ta’sir etish sistemalari, faqat qatlamga suv bostirish yo‘li bilan ta’sir etishdagina emas, balki qatlamlarni neft beraolishligini oshirish maqsadida qo‘llaniladigan boshqa ishlash usullarida ham foydalaniladi. Bu sistemalar qatorli va aralash (bir vaqtda chegara tashqarisiga va chegara ichiga suv bostirish qo‘llaniladigan qatorli va tizimli sistemalardan iborat) guruhlarga ajratiladi. Qatorli ishlash sistemalari. Ularning bir turi – bo‘lmali sistemalar. Bu sistemalarda, odatda konlarning cho‘ziqligiga ko‘ndalang yo‘nalishda, oluvchi va haydovchi quduqlari qatori joylashtiriladi. Amaliyotda bir-biri bilan almashinuvchi bir qator oluvchi va bir qator haydovchi quduqlaridan, uch qator oluvchi va bir qator haydovchi quduqlardan, besh qator oluvchi va bir qator haydovchi quduqlaridan iborat, bir qatorli, uch qatorli va besh qatorli quduqlarni joylashtirish sxemalari qo‘llaniladi. Odatda beshtadan ortiq oluvchi quduqlar qatorlari qo‘llanilmaydi, chunki chegara tashqarisiga suv bostirishda, haydovchi quduqlar oralig‘idagi neftlilik maydonining markaziy qismida, qatlamga suv bostirishni pasayishi yuzaga keladi. Markaziy quduqlar qatorini o‘tkazish kerakligi sababli qatorli sistemalarda qatorlar soni toq bo‘ladi. Qatlamni ishlash jarayonida suv-neft tutash yuzasini markaziy ishlatish quduqlari qatoriga tortish nazarda tutiladi. Shu sababli bu sistemalarda markaziy ishlatish quduqlari qatorini ko‘pincha tortuvchi qator deb ataladi. 35 Bir qatorli ishlash sistemasi. Bunday sistemada ishlatish quduqlarini joylashtirish sxemasiIII.6-rasmda keltirilgan. Ishlashni qatorli sistemalarini (ko‘rsatilgan to‘rtta asosiysidan tashqari) ayrim boshqa ko‘rsatkichlar bilan ta’riflash kerak. Masalan, haydovchi quduqlar 2Gh va oluvchi quduqlar 2Goqorasidagi masofadan tashqari bo‘lma yoki tasma kengligini Lt inobatga olish zarur. Ishlatish quduqlari to‘ri zichligi SqudvaNkrko‘rsatkichi bir qatorli, uch qatorli va besh qatorli sistemalar uchun taxminan chegara tashqarisiga suv bostirishdagi kabi yoki kattaroq bo‘lishi mumkin. Qatorli sistemalar uchun  ko‘rsatkichi chegara tashqarisiga suv bostirish sistemalariga nisbatan yaqqolroq ifodalangan. Ammo u ba’zi oraliqlarda o‘zgarishi mumkin. Masalan, ko‘rilayotgan bir qatorli sistema uchun kr Bu degani haydovchi quduqlar soni oluvchi quduqlar soniga (taxminan) teng, chunki qatorlardagi bu quduqlar soni va ular orasidagi masofalar (2Goqva2Gh) turlicha bo‘lishi mumkin. Suv bostirish qo‘llanilganda tasma kengligi 1-1,5 km ga teng, neft beraolishlikni oshirish usullari qo‘llanilganda esa kichikroq bo‘lishi mumkin.

Bir qatorli sistemada oluvchi va haydovchi quduqlar soni taxminan tengligi sababli, bu sistema juda jadaldir. Qattiq suv tazyiqli rejimda oluvchi quduqlarning debiti haydovchi quduqlarga haydalayotgan omil sarfiga teng. Bu sistemani ta’sir bilan kattaroq qamrab olishni ta’minlash maqsadida kichik o‘tkazuvchanli va bir turli bo‘lmagan qatlamlarni ishlashda foydalaniladi. Konlarda qatlamlarni neft beraolishligini oshirishni yangi texnologiyalarini sinashda ham ushbu sistema keng 36 qo‘llaniladi, chunki u tajriba ishlarining natijalarini tez olish imkoniyatini ta’minlaydi. Bir qatorli sistemada, hamma qatorli sistemalardagi kabi, qatorlardagi haydovchi va oluvchi quduqlar sonining turlicha bo‘lishi sababli, bir turli bo‘lmagan qatlamni ishlash bilan qamrab olinganligini oshirish maqsadida haydovchi quduqlarni turli qatlamchalarga ta’sir etish uchun foydalanish mumkin. Quduqlar geometrik tartibli joylashgan hamma sistemalarda, ushbu sistemalarga xos bo‘lgan, elementar qismni (elementni) ajratish mumkin. Elementlarni qo‘shish natijasida to‘liq ishlash sistemasi hosil qilinadi. Qatorli sistemalarda qatorlardagi haydovchi va oluvchi quduqlar soni turlicha bo‘lganligi sababli, ulardagi quduqlarni joylashishi shartli ravishda geometrik tartiblidir. Shuning uchun ajratilgan element ham shartlidir. Bir qatorli ishlash sistemasi elementi III.7-rasmda keltirilgan. Ushbu chizmaning chap qismida ko‘rsatilgan quduqlarni shaxmatli joylashishiga haydovchi 1 va oluvchi quduq 3, o‘ng qismida ko‘rsatilgan “chiziqli” joylashishiga esa haydovchi 2 va oluvchi quduq 4 mos keladi. Ishlatish quduqlarini shaxmatli va chiziqli joylashtirish nafaqat bir qatorli balki ko‘p qatorli ishlash sistemalarida qo‘llanilishi mumkin.

Konni ishlash texnologik ko‘rsatkichlarini bashorat qilishda bitta element uchun ma’lumotlarni hisoblash yetarli, chunki keyin sistemani hamma elementlari ko‘rsatkichlari ularni ishlashga tushirilish vaqti inobatga olib qo‘shib topiladi. 37 Uch qatorli va besh qatorli sistemalari uchun nafaqat tasma kengligi Lt,balki haydovchi va birinchi qator oluvchi quduqlar orasidagi masofaL01 (III.8-rasm), besh qatorli sistema uchun esa ikkinchi va uchinchi qator oluvchi quduqlar orasidagi masofaL23 (III.9-rasm) ham ahamiyatga ega. Tasma kengligi Ltoluvchi quduqlar qatori soniga va ular orasidagi masofaga bog‘liq. Masalan, agarda, besh qatorli sistema uchunL01=L12=L23=700 mbo‘lsa, Lt=4,2 m.


Uch qatorli va besh qatorli sistemalarda haydovchi quduqlar katta qabul qila olishlikka ega bo‘lganda ularning soni oluvchi quduqlardagi yuqori suyuqlik debitini va kon bo‘yicha yuqori ishlash sur’atini yetarlicha ta’minlaydi. Albatta, uch qatorli sistema besh qatorliga nisbatan jadalroq bo‘lib, haydash hisobiga qatlamni ta’sir bilan qamrab olinishini ma’lum darajada oshirishni ta’minlaydi. Ammo, besh qatorli sistemada, uch qatorliga nisbatan, alohida oluvchi quduqlardan suyuqlik olishni qayta taqsimlash yo‘li bilan qatlamni ishlash jarayonini boshqarish imkoniyatlari ko‘proq. Uch qatorli va besh qatorli sistemalarni elementlari mos ravishda III.10 va III.11-rasmlarda berilgan.



Yüklə 314,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin