Makroskopik elektrodinamikanig asosiy tenglamalari Maksvell tenglamalarining integral ko‘rinishi umuman olganda muhitning xossalarini
aniqlovchi kattaliklar y, e, m koordinataning funksiyasi bo’lgan ixtiyoriy
hol uchun ham o‘rinli bo‘ladi. Bu tenglamalarning differensial ko'rinishi
to‘g‘risida bunday deb bo'lmaydi. Turli xossalarga ega bo'lgan ikki
muhut chegarasida y, e, m lar sakrab o‘zgarganligi sababli tenglamalarning differensial ko£rinishida ishtirok etayotgan D. E, В va H larning koordinata bo‘yicha hosilalari chegara nuqtalarida aniqlanmagan
bo'ladi. Bunday hollarda asosiy tenglamalar ma’noga ega bo‘lishi uchun
ular qo'shimcha chegaraviy shartlar bilan to‘ldirilishi kerak. Chega
raviy shartlarni aniqlash uchun tenglamalarning integral ko'rinishidan
foydalanamiz.