Chet el bolalar adabiyoti



Yüklə 33,99 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü33,99 Kb.
#198858
  1   2   3   4   5
14-ma\'ruza bolalar adabiyoti


14-MA’RUZA
CHET EL BOLALAR ADABIYOTI.


REJA:
Chet el bolalar adabiyotining umumiy tahlili.
2.Sharl Perro asarlari
3.Aka-uka Grimmlar yaratgan ertaklarda ilgari surilgan g‘oyalar.
4.Xans Kristian Andersen ijodining ko‘p qirrali va rang-barang ekanligi.
Mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarning o’rni, ahamiyati katta. Yozuvchilarning asosiy tavofuti idrokida1 bo`lgani bilan ularda ifoda etiladigan g`oyalar mamuni umuminsoniydir, tarjaima asarlarni o’qigan har bir yosh kitobxonnning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o’sha xalqning yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari bilan oshno bo’ladilar.
Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga o’tib, dillarni yashnatib yurgan “Qizil Shapkacha”(Sh.Perro)”, Robinzon Kruzo”(D.Defo), “Gulliverning sayohatlari” (J.Svift), “Dyumchaxon”(X.Andersen), “Oltin baliq” (A.S.Pushkin), “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Shaxzoda va gado” (M.Tven), “Kapitan Grand bolalari”, “Ostin-ustin” (S.J. Vern),”Don Kixot”(J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarning olamga nisbatan qiziqishlarini jo’sh urdirib yuboradi.
XX asrda bunyod etilgan “Maugli”(R.Kipling), “Kichkina shahzoda”(A.De Sent-Ekzyuperi), “Katta va kichik Karlson” (A. Lindren), “Toshkent-non shahri” (A.Neverov), “Vinni Pux” (A. Miln), “Axmoq sichqoncha haqida ertak” (S.Marshak), “Uch baqaloq” (Yu. Olesha), “Quvnoq japbaqlar” (B.Kerboboev), “Doktor Aybolit” (K.Chukovskiy), “Timur va uning komandasi” (A. Gaydar), “Chippolinoning sarguzashtlari” (J. Rodari), “Styopa amaki” (S. Mixalkov), “Kim bo’lsam ekan?” (V. Mayakovskiy), ”Bilmasvoy quyosh shahrida” (N.Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar o’zbek kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda.
Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir o’rgatadi, nimagadir da’vat etadi. Bu asarlarning ko’pchiligi ona- Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish (“Uch baqoloq”) noShukur bo’lmaslik, ota-ona pand-nasihatiga quloq solish (“Ahmoq sichqoncha haqida ertak”), tabiatga buyuk mehr (“Maugli”), tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish (“Doktor Aybolit”), odamlar xizmatini bajarish, beminnat yordam ko’rsatish (“Temur va uning komandasi”), o’ziga pishiq-puxta bo’lish, ichki sirlarini o’zgalarga oshkor qilmaslik (“Qizil Shapkacha”),namunali o’qish, kasb-hunar egasi bo’lish (“Kim bo’lsam ekan?”), sergak, tadbirkor bo’lish hamda quvnoqlikka intilish (“Quvnoq japbaqlar”) dek oliyjanob g’oyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlarga nisbatan bo’lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o’stiradi.

Yüklə 33,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin