Chet el bolalar adabiyoti



Yüklə 33,99 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü33,99 Kb.
#198858
1   2   3   4   5
14-ma\'ruza bolalar adabiyoti

Aka-uka Grimmlar ( Yakob 1785-1863, Vilgelm 1786-1859) Magdeburg universitetida o’qib yurgan chog’laridayoq o’rta asr olmon tarixi va madaniyati, huquq va mifologiyasi, xalq og’zaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan shug’ullana boshladilar.
O’qish, o’z ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yo’li bo’ldi. Ular avval Gettingen, keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari bo’ldilar Yakob olmon tili grammatikasi va mifologiyasini, Velgelm o’rta asr olmon adabiyoti va xalq og’zaki ijodini(XOI) o’rgana boshladilar. Olmon XOIning gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir ko’prik yasadilar. Nihoyat, 1812- yilda Grimmlar tomonidan yozilgan ertaklar bir necha jildli “Bolalar va oilaviy ertaklar” yuzaga keldi. 1815- yilda 2-jild, 1828- yilda esa har ikkila jildni umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi.
Grimmlar ertaklarning ko’pchiligini bevosita ertak aytuvchilardan tinglab, ba’zilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar. Xalqdan olingan ertaklarning har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, badiiiy tus olib, yana xalqqa qaytariladi.
Grimmlarning uch jildli kitobiga ikki yuzdan ortiqroq ertaklar jamlangan bo’lib, unda mualliflar ko’proq afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi ertaklarni umumlashtirishga harakat qilganlar. Har bir ertakda sahiylik, mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga qo’rqoqlik ustidan kulish, dangasalik va yolg’onchilikni qattiq qoralash birinchi o’rinda turadi. Shunisi ham quvonchliki, ko’pincha Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari shoh va shahzodalar emas, balki kambag’al, beva-bechoralarning o’g’il-qizlari, cho’pon yoki askar bo’ladi. Ular o’zlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchida chuqur taassurot qoldiradi.
Aql bilan ish ko’rish, bilimdonlik, “Tilla g’oz”, “Shishadagi arvoh”, “Uch aka-uka”ertaklarida yaxshi berilgan.
Grimmlarning “Quyon bilan tipratikon”, “Bo’ri va tulki” asarlari masal janriga yaqin turishi bilan kitobxonda katta taassurot qoldiradi.
“Yalqov Gens”, “Gansning baxti”, “Botir tikuchi”, “Yosh pahlavon”,”Bremen musiqachilari”kabi ertaklari o’zbek bolalarining ham sevimli avsarlariga aylanib qolgan.
“Yosh pahlavon” ertagidagi botirning qiyofasi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. U halol, pok inson bo’lib, rostgo’ylik, to’g’ri so’zlik shaydosi. Shu sababga ko’ra u yo’lida uchragan har qanday to’siq va g’ovni shoshilmay, jasorat va mardlik bilan yengadi, maqsadiga erishadi.
“Botir tikuvchi” ning syujeti ko’pchilikka yaxshi tanish. Qahramon nogahon bir nechta pashshani nobud qilish bilan o’ziga o’zi botir, dovyurak tamg’asi-shiorini yozib, yelkasiga osib oladi. U baxtini, taqdirini sinab ko’rish, peshonasida borini qo’lga kiritish maqsadida safarga otlanadi.
Aka-uka Grimmlarning ertaklari olam kezib, ularning nomlarini jahonga yoyib yuribdi.

Yüklə 33,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin