Emis bolalar adabiyoti. Aka-uka Grimmlar hayoti va ijodi



Yüklə 19,18 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü19,18 Kb.
#185819
nemis bolalar adab


emis bolalar adabiyoti. Aka-uka Grimmlar hayoti va ijodi

Reja:
1. Nemis bolalar adabiyotining shakllanishi.
2. Nemis klassik adabiyotining bolalar adabiyotiga munosabati.
3. Aka-uka Grimmlarning hayoti, faoliyati.
4. Aka-uka Grimmlarning bolalar adadbiyotini rivojlantrishdagi hissasi.

Qadimgi nemis poeziyasi haqida qadimgi Rim yozuvchilari va keyingi davr yozma yodgorliklari yordamida mushohada qilish mumkin. Rim tarixchisi Tatsita tomonidan qadimgi olmonlarning jangovor va g`arbiy yurishlari haqida esga olinadi. Bunga qadimgi olmon yodgorliklarining epik she`riyati, 800- yilga qadar yozilgan "Xildebran haqida qo`shiq" asari misol bo`la oladi. "Qo`shiq"da (V-VI asrlarda) "xalqlarning buyuk ko`chishi" haqidagi voqealar tasvirlangan.



"Nibelunglar haqida qo`shiq" asari adabiy jihatdan XVIII asr boshlarida qayta ishlangan, va albatta ritsarlar, saroy hayoti tavsilotlari, ritsarlik sha`niga muhabbat bilan xizmat qilish va unga sodiqlik motivlari yotadi. Lekin shu qolip orasidan feodallikkacha bo`lgan davr olmon hayoti chizgilari bo`rtib chiqqan hikoyalar asosida yosh, navqiron Zigfridning ajdarni engishi, Nebilunglar xazinasini topishi, buyuk Ditrix Bernskiy va uning drujinasi haqidagi afsonalar ham o`rin topgan. Agar folklor kattalar adabiyoti uchun birinchi navbatda mavzu, syujet, janrlar manbai deb qaralsa, bolalar adabiyotida uning o`rni bu bilan tugamaydi. Folklor asosida bolalar adabiyotining, bola dunyoqarashining paydo bo`lishi hamda shakllanishida "uy" og`zaki ko`rinishi paydo bo`lgan. Taxmin qilish mumkinki, agar uyda, og`zaki tarzda yaxshilik va yomonlik haqida, yovuz va oq-qo`ngil ruhlar haqida, o`rta asrlar qahramonlari, yalmog`iz va ajdarlar haqidagi yozma yodgorliklar avval og`zaki aytilib, og`izdan–og`izga ko`chmaganda edi, balki bizgacha bu xalq durdonalari yetib kelmagan bo`larmidi?
Vilyam va Yakobson Grimmlar "Bolalar va oilaviy ertaklar" to`plamining so`zboshisida, bu dono an`anani baholay turib: "Bolalar ertaklari, bolalarga samimiy, yumshoq va toza qalblardagi nur bilan hayotga eng birinchi his–tuyg`ularni hamda fikrlarni uyg`otish maqsadida so`zlab beriladi. Lekin uning oddiy poeziyasi har bir kishini xursand qilishi hamda to`g`rilikka o`rgata olishi mumkin, yana bir afzalligi, u uy devorlari ichida qolib, bir umrga me`rosga aylanishi uchun ham bu ertaklarni oilaviy deb atadik", - degan edilar.
Olmoniyada Uyg`onish davri milliy madaniyatning shaxdam rivojlanishi bilan belgilanadi. Kitob chop etishning yutuqlari antik davr shoir va yozuvchilarining kitoblarini keng targ`ib qilishga imkon yaratib, jamiyatda umuminsonoiy g`oyalarni ilgari surdi. Nemis yozuvchilari, olimlari, rassomlari, haykaltaroshlari: Til'man Rimenshneyder yog`och haykaltaroshligi bobida o`zining o`lmas asarlari bilan, Gol'beyn kichkina tasviriy san`at asarlari bilan, Al'brext Dyurer - rassom, olim, gravyurachi, shoir - Evropa madaniyati Uyg`onish davrining yirik namoyondalaridan biri, tasviriy san`atning portret, peyzaj va natyurmort janrlarini rivojlantirish bilan birga Injilga hamda Sebastian Brantning "Axmoqlar kemasi" (1457- 1521)asari - satirik va didaktik "oyna" deb shon-shuhrat qozongan asariga illyustratsiyalari bilan Renessans madaniyati xazinasiga o`zlarining ulkan hissalarini qo`shdilar. Nemis adabiyoti rivojiga hissa qo`shgan buyuk shoir va yozuvchilar sifatida quyidagilarni sanab o`tish mumkin: Iogann Vol'fgang Gyote, Iogann Xristof Fridrix Shiller, Lyudvig Tik, Axim fon Arnima va Klemens Brentanolar.
Aka-uka Yakob (1785-1863), Vilgelm (1786-1859) Grimmlar. Ikki yuz yildan ko`proq vaqt ilgari ovloq Gessenning Xanau shaharchasida, hurmatli byurgaerlar oilasida (bu nasldan ko`pgina taniqli huquqshunoslar va ruhoniylar yetishib chiqqan) Filipp Vilgelm Grimm va uning ayoli Doroteyalar nikohidan katta o`g`illari Yakob, bir yildan so`ng esa uning ukasi Vilgelm dunyoga keldi. Tez orada butun oila o`rmonli tog`lar bilan o`ralgan, tinch osuda shaharcha - Shtaynauga ko`chib o`tishdi.
Oila kattagina edi: besh bola va bir qiz - Lotti ismli kichik qizaloq. Bu oilada barcha g`ayritabiiy ravishda mehnatsevar edi. Va barcha bir -birini sevar, hurmat qilardi. Lekin ular orasida bir yashar farq bilan Yakob va Vilgelm o`zgacha mehr bilan bir-biriga bog`langan edilar. Yoshlik chog`laridanoq aka-uka Grimmlar juftligi tug`ilgan edi. Taqdir ularga uzoq hayotni o`lchab bergan edi. Va ular o`zlarining qarilik chog`larigacha bu mustahkam bog`liqlik hamda mehr -oqibatni tark etishmadi.
Yakob 11 yoshga to`lganda ular otalaridan ajrab qolishdi. Bola oila boshlig`i bo`lib qoldi. U otasi tobuti oldida bolalarcha to`xtamay yig`lar, ammo umuman kattalarcha hamda qat`iylik va iroda bilan endi kichik ukalarining, mitti qizaloq Lottining, g`amdan gavdasi bukilgan bechora onasining eng katta g`amxo`ri, tayanchi o`zi ekanligini anglagan edi.
Keyin Kasselda gimnaziyada o`qidi. Belgilangan sakkiz yil o`rniga – tig`izlashtirilgan to`rt yil ichida aka-ukalar o`qishni bitirib, Marburg universitetiga o`qishga kirishadi. Universitetda ular qadimgi olmon she`riyati, runalari bilan qiziqib, shu qiziqishlarini umrlarini oxirigacha olib borishdi.
Universitetni tugatgach Grimmlar Kasselga qaytishadi. Va shu yerda katta bo`ron boshlandi: Napoleon armiyasi Olmoniyaga bostirib kirdi. Fransuz hukmronligi - begona odamlar, begona urf-odatlar, shaharning har bir burchagidan eshitilib turgan begona so`zlashuv Olmoniyaga, uning tiliga, urf-odatlariga, tabiatiga, adabiyotiga mehr qo`ygan o`spirinlarni qattiq iztirobga solardi. O`z vatani kishilarning so`ngan ruhiyatini ko`tarish, yurakni ezadigan sukunatga chek qo`yish ilinji yosh olimlarni nemis xalqi tarixi va adabiyotiga bo`lgan qiziqishlarini yanada orttirdi. Aka-uka Grimmlar vaqtlarini kutubxonalarda o`tkarishdi. Ular noyob qadimgi olmon manuskriptlarini (qo`lyozmalarni), masalan, nemis adabiyotining birinchi yodgorligi "Xil'debran haqida qo`shiq" asarini o`rganib, qadimgi nemis she`riyati to`plamlarini chop etishdi. Bu bilan ular xalq yuragining tubida mudrab yotgan qadimgi hikmatlarni uyg`otish kabi maqsadlarini amalga oshirishdi. Ammo bular faqat yozma manbalar bilan bog`liq edi. Ularni esa yana yiroqroq manzillar - xalq qalbining tubi, zamonlarning eng qadimi qiziqtirayotgan edi. Va ular folklorga murojaat qilishdi. Aka-uka Grimmlar o`zlarining harakatdagi faoliyatlari- ertaklar to`plash bilan mashg`ul bo`ldilar.
Birinchi mustaqil topilmalar 1807 yilga taalluqli bo`lib, ular kasseldagi ikki oila: Vil'dlar va Xassenpfluglar bilan bog`liq. "Boshmaldoq - bola", "Aqlli Gretel", "Navqiron Pahlavon", "Oq kabutar", "Mushuk va sichqonning do`stligi", "It va chumchuq" kabi ertaklar Vildlar va Xassenpfluglar oilasi a`zolarining og`zidan yozilgan to`plamlar sirasiga kiradi. To`plamlarning jamlanishida o`zining katta qissasini qo`shgan dorifurush (aptekachi) Vil'dning beshinchi qizi Ganriett Doroteya Vild, kelajakda Vilgelmning turmush o`rtog`i (Yakob umrining oxirigacha ham uylanmagan) haqida albatta aytib o`tish joiz. Doroteyadan aka-uka Grimmlarga "Ganzel' va Gritel'", "Yerto`la Bekasi", "Kuylaydigan danakcha"kabi erataklarni taqdim etdi. Askarlarning achinarli, nochor-kambag`allikdagi hayotlari, kamsitilgan shaxsiyatlari haqida so`zlab beruvchi Grimmlarning qayg`uli ertaklari qariya Krauze bayonidan yozib olingan.
"Bolalar va oilaviy ertaklar" kitobining ukasi Lyudvig(1790-1863) tomonidan illyustratsiyalar chizilgan nashri, kitobxonlar qo`liga 20 dekabrda Rojdestvo bayrami arafasida qo`lga kirdi va kitoblar qarindoshlar uchun eng katta sovg`a bo`ldi. To`plamning shubhasiz shon-shuhrati aka-uka Grimmlarning keng kitobxonlar ommasiga kitobning ikkinchi qismini ham to`plab, chop ettirishga ruhlantirdi. Endi asosiy hikoyachi sifatida Kassel atrofidagi Nidertsveren qishlog`ida yashovchi Doroteya Fiman (1755-1815) ismli qiz aka-ukalarga qirqqa yaqin ertak tuhfa qildi. Hozirda Doroteya Fimanning uyi va pivoxonasi qishloqchada uning do`stlari jamiyati bilan gavjum (muzey sifatida). Ikkinchi kitob nashrdan chiqqach, Grimmlar qo`lida yana anchagina ertaklar yig`ilib qoldi va ular uchinchi kitobni bosmadan chiqarishni taxmin qilishdi, ammo keyinchalik fikrlaridan qaytib, endilikda ikkinchi qismning keyingi nashrida yig`ilib qolgan ertaklarni qo`shib chop etishni ma`qul topdilar. Hammasi bo`lib Grimmlar bisotida 200 dan ortiq ertak mavjud. Savol tug`iladi: aka-uka Grimmlarning ertaklari - bu haqiqiy asarlarmi yoki shunchaki, xalq ijodi og`zaki bayonining yozma ko`chirmasimi? Javob murakkab va biryoqlama emas. Aka-ukalar, ayniqsa, Yakob, ertaklar o`z aslicha, xalqchil bo`lib qolishi tarafdori bo`lgan, toki ularning qayta bayon etilishida, biror bir tuzatish kiritilmagan, zamonaviy ko`rinishda qayta ishlanmagan yoki o`z didi bilan yo`g`rilmagan bo`lsin, degan fikrida qat`iy turgan. Vil'gel'm olimdan ko`ra, ko`proq shoirtabiat bo`lgani uchun ertaklarga badiiy sayqal berish tarafdori bo`lgan. Agar joiz bo`lsa, bu ikkifikrlilik juda foydali edi: ularning sa`yi harakatlari bilan Grimmlar ertaklari o`zining halqchilligini yo`qotmagan holda muallif she`riy uslubining birligini saqlab qolgan. Keyin aka-ukalar "Nemis grammatikasi"ni, nemis mifologiyasi maktabiga asos bo`lgan - "Nemis mifologiyasi"ni chop etishadi. Umrlarining so`nggida aka-uka Grimmlar Berlin universitetida ma`ruzalar o`qiydilar hamda nemis tili lug`atini tuzish ustida ishlaydilar. Ikki buyuk olim, tilshunos, adabiyotshunos, buyuk ertakchilar o`zlarining umrlarini shu tariqa o`tkazishgan. Germanistika maktabi asoschilari hamda bolalarning eng mashhur yozuvchilarigà aylangan bu ikki buyuk shaxs yashab o`tgan Kassil shahrida muzey tashkil qilinib, ularning shaxsiy buyumlari, kitoblarining yuzdan ortiq dunyo tillariga tarjima qilingan nusxalari, ukalari Lyudvigning san`at asarlari ehtiyotkorona saqlanib kelinmoqda. Ularning asarlari boshqa tillarga tarjima qilingandan keyin Yevropa bo`ylab sayohatni boshlab yuborishdi: 1824 yilda fransuz tiliga tarjima qilindi, 1826 yilda fransuz tilidagi nusxasi rus kitobxonlariga yetib keldi (19 asr Rossiyada fransuz madaniyati, tili va adabiyoti ustuvor edi), rus tiliga Pushkinning do`sti va ustozi V.A. Jukovskiy tomonidan tarjima qilinib, "Bolalarning suhbatdoshi" ("Detskiy sobesednik") jurnalida chop etildi.
Yüklə 19,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin