TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA KAFEDRASI
“MATERIKLAR VA OKEANLAR TABIIY GEOGRAFIYASI”
fanidan
Bajardi: Qurbonboyeva Zumrad
Qabul qildi: Urinova N.S
Chirchiq-2022
REJA:
Kirish.
I BOB. Yevrosiyo materigining tabiat haqida umumiy maʼlumotlar.
1.1. Materik tabiatiga umumiy tavsif, tabiati shakillanilanishining asosiy bosqichlari.
1.2. Yevrosiyoning tuproq qoplami.
1.3 Yevrosiyo materigining balandlik mintaqalari.
.
II Bob. Yevrosiyo materigining flora va faunasi. Endemik organizmlar.
2.1. Materikning iqlim mintaqalari.
2.2. Yevrosiyo materigining florasi va uning tabiat zonalari bo’yicha tarqalishi
2.3. Yevrosiyo materigining faunasi.
2.4. Yevrosiyo materigining endamik organizmlari va ularni
muhofaza qilish tadbirlar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar royxati.
Kirish
Yevrosiyo Yer yuzidagi eng katta materik bo’lib, u shimoliy yarim sharda, ekvator bilan 77° sh.k. lar oralig’ida joylashgan. Materikni shimoldan Shimoliy Muz okeani, g’arbdan Atlantika okeani, sharqdan Tinch okeani va janubdan Hind okeani va ularning chekka dengizlari o’rab olgan. Yevrosiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari: shimolda Taymir yarim orolidagi Chelyuskin burni (77°43' sh.k.), janubda Malakka yarim orolidagi Piay burni (1°16' sh.k.), g’arbda Priney yarim orolidagi Rok burni (9°34' g’.u.) va sharqda Chukotka yarim orolidagi Dejnyov burnidir 200 (169°40' g’.u.). Materikning eng keng joyi shimoldan janubga tomon 8000 km ga va eng uzun joyi g’arbdan sharqqa 16 000 km masofaga yoki 90° kenglik va 160° uzoqlik bo’ylab cho’zilgan. Yevrosiyoning umumiy maydoni 54,6 mln. km2 . Yer yuzidagi quruqlikning 37% ini tashkil etadi va materiklar orasida maydonining kattaligi jihatidan birinchi o’rinda turadi. Yevrosiyoda ikkita qit’a - Yevropa va Osiyo joylashgan. Yevrosiyo materigining nomi ham ana shu ikki qit’a nomidan kelib chiqqan. Binobarin, Yevrosiyo Yevropa bilan Osiyo qit’alaridan tashkil topgan bo’lib, ular o’rtasidagi chegara quruqliklardan va dengizlardan o’tkazilgan. Quruqlikdagi chegarasi Ural tog’lariniig sharqiy etaklari, Emba daryosi, Kaspiy dengizining Shimoliy qirg’oqlari va Kuma-Manich botig’i orqali o’tkaziladi. Suvlikdagi chegarasi esa Azov, Qora, Marmar, Egey va O’rta dengizlari hamda ularni tutashtirib turuvchi Bosfor, Dardanel bo’g’izlari orqali o’tadi. O’rta dengiz Atlantika okeani bilan Gibraltar bo’g’izi orqali tutashgan.
Dostları ilə paylaş: |