Осиёнинг табиат зоналари



Yüklə 264,5 Kb.
səhifə7/14
tarix29.03.2023
ölçüsü264,5 Kb.
#91134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Qurbonboyeva Zumrad

Subtropik iqlim mintaqa. Subtropik iqlim mintaqasi materikning g’arbidagi Pireney yarim orolidan to Tinch okean sohiligacha bo’lgan polosani egallab yotadi. Yozda tropik havo va qishda mo’tadil kenglik havo massalari hukmronlik qiladi. Yozda tropik havo ta’sirida harorat +30°+35°S gacha ko’tariladi, havo ochiq bo’ladi, yomg’ir juda kam tushadi. O’rta dengiz sohillarida-Pireney, Apennin, Bolqon yarim orollarida va boshqa orollarda qish juda iliq, yomg’ir tez-tez yog’ib turadi, havoning o’rtacha harorati hamma joyda 0°S dan yuqori. Ayrim paytlarda sovuq tushib harorat -8°-10°S gacha pasayishi mumkin. Yomg’irni Atlantika okeanidan esadigan g’arbiy nam havo massalari keltiradi. Bu subtropik iqlim mintaqasining o’rta dengiz bo’yi iqlimidir. Shuning uchun o’simliklar vegetasiyasi yil davomida to’xtamaydi. G’arbdan sharqqa materik ichkarisi tomon borgan sari havoning namligi kamayib, kontinentalligi orta boradi. Natijada subtropik mintaqaning o’rta qismida joylashgan Old Osiyo (Kichik Osiyo, Armaniston va Eron) tog’liklarida, Mesopotamiyada, O’rta Osiyoning janubida subtropik kontinental iqlim tarkib topadi. Bu yerda yoz juda issiq va quruq, qish esa ancha sovuq bo’ladi. Harorat -8°- 9°S gacha pasayadi. Yog’in miqdori kam, 100-150 mm atrofida yog’adi. Shu mintaqada joylashgan Tibet tog’ligi uchun kam qorli sovuq qish va yozi salqin baland tog’ subtropik cho’l iqlimi xarakterli. Materikning sharqiy Tinch okean sohilidagi subtropik mintaqada (Sharqiy Xitoy, Yapon orollari, Xokkaydo va Ryukyudan tashqari, Koreya yarim orolining janubi) mavsumiy shamollar ta’sirida subtropik musson iqlimi vujudga keladi. Yozda okeandan esadigan musson havo massalari ko’p miqdorda namlik keltiradi va havo haroratini pasaytiradi. Jala yomg’irlar uzoq davom etishi tufayli daryolar toshadi, ekinzorlarni, qishloqlarni suv bosadi. Bunga 1998 yil iyulning oxiri va avgustning boshida Janubiy Koreyada yuz bergan suv toshqinini misol keltirish mumkin. Qishda esa materikdan esgan shamol haroratni keskin pasaytiradi, yog’inni kamaytiradi. Yanvarning o’rtacha harorati +4°S dan +8°S gacha boradi. Yillik yog’in miqdori 1000 mm dan oshadi.

Yüklə 264,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin