Осиёнинг табиат зоналари


Yevrosiyo materigining florasi va uning tabiat zonalari bo’yicha tarqalishi



Yüklə 264,5 Kb.
səhifə9/14
tarix29.03.2023
ölçüsü264,5 Kb.
#91134
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Qurbonboyeva Zumrad

2.2. Yevrosiyo materigining florasi va uning tabiat zonalari bo’yicha tarqalishi
Yevrosiyoning flora kompleksi rang-barang bo’lib, uning hududida Shimoliy yarim shar uchun xos bo’lgan barcha o’simlik tiplari mavjud. Materik hududi biogeografik rayonlashtirish sxemasiga muvofiq Golarktika va Paleotropik floristik oblastlariga qaraydi. Golarktika floristik oblasti materikning shimoliy tropik chizig’idan shimoldagi katta qismini egallab olgan. Janubda Paleotropik oblasti bilan chegaradosh. Golarktika oblasti florasi yuqori bo’r va paleogen davrlarida shakllana boshlagan. Lekin paleogenning oxirida iqlimning sovushi, keyinchalik yangi tektonik harakatlar natijasida janubiy rayonlarda baland tog’ tizimlarining ko’tarilishi iqlimni kontinentallashtirib, o’simliklar qoplamining o’zgarishiga sabab bo’lgan. Golarktika florasining qadimiy namunalari uning janubiy qismlarida, ayniqsa Sharqiy Osiyo, Kavkaz, Karpat va G’arbiy Yevropa o’lkalarida ko’proq saqlanib qolgan. Shimoliy qismida sovuq iqlim va materik muzligi ta’sirida ko’plab issiqsevar o’simlik turlari yo’qolib ketgan. Shuning uchun Golarktika oblastining janubiy qismlari uning Shimoliy qismlariga nisbatan o’simlik turlariga ancha boy. Arktika, Turon, Markaziy Osiyo cho’llari aksincha, o’simlik turlariga nihoyatda kambag’al. Bundan tashqari tekislik o’lkalariga nisbatan subtropik tog’li o’lkalarda xilma-xil o’simliklar va uning endemik turlari ko’p uchraydi. Masalan, maydoni qariyb 2 mln km2 bo’lgan tekislik Ob floristik rayonida 1150 tur yuqori o’simliklar aniqlangan bo’lsa, maydoni 29,2 ming km2 keladigan tog’li Janubiy Zakavkaze floristik rayonida 3103 tur yuqori o’simliklar borligi aniqlangan. Shimoliy Tyanshan bo’ylab o’simliklarning 67 ta endemik turi tarqalgan bo’lsa, undan shimoldagi rayonlarda endemik o’simliklar turi deyarli uchramaydi. Binobarin, Golarktika floristik oblasti o’simlik qoplamining ichki farqlariga va rivojlanish tarixiga ko’ra Arktika, Boreal, O’rta Yevropa, O’rtadengiz bo’yi, Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo kichik floristik oblastlariga bo’linadi. Materikning eng janubiy, maydon jihatidan kichikroq qismi - Hindiston va Hindixitoy yarim orollari, Arabiston yarim oroli va Eron tog’ligining janubiy qismlari, Malay arxipelagi hamda Filippin orollari Paleotropik floristik oblastiga qaraydi. Bu oblastning o’simlik qoplami turlarga va endemik turlarga boy, qadimiy tropiklarga xos o’simliklar hukmronlik qiladi. Yevrosiyoning o’simlik qoplamiga tavsif berishda insonning ming yillar davomida tabiatga ta’sir etib kelayotgan xo’jalik faoliyatini ham hisobga olish kerak. Chunki, o’rmonlarning kesilishi, yerlarning haydalishi, madaniylashtirilgan daraxtzorlarning barpo etilishi, boshqa materiklardan va o’lkalardan daraxtlarni olib kelib o’stirilishi kabi tadbirlar o’simliklar qoplamini dastlabki ko’rinishlarini, tarkibini ma’lum darajada o’zgartirib yuborgan. Shuning uchun katta-katta maydonlardagi o’rmon massivlari o’zining dastlabki holatini yo’qotib, ikkilamchi antropogen o’rmonlarga aylangan. Jumladan, Yevropaning ko’pchilik mamlakatlarida tabiiy holdagi o’simliklar o’ziniig qadimiy qiyofasini va tarkibini 90% gacha o’zgartirgan. Buyuk Xitoy tekisligida, aholi eng zich joylashgan Xuanxe havzasida ayrim rayonlar borki, o’simlik qoplamining dastlabki holati qay darajada bo’lganligini aniqlashning iloji ham yo’q. O’simliklar tabiiy geografik sharoitni nihoyatda his etuvchi bioindikator hisoblanadi. Shuning uchun ko’pchilik landshaft zonalariga (tayga, aralash o’rmonlar, keng bargli o’rmonlar, o’rmon-dasht, nam ekvatorial o’rmonlar) nomlar hukmronlik qiluvchi o’simlik tipiga qarab berilgan. O’simlik qoplami iqlim, tuproq va rel’ef bilan bevosita bog’liq bo’lib, uning uchun tuproq qoplamiga o’xshash uchta qonuniyat - tekisliklarda kenglik zonallik, provintsiallik yoki uzoqlik zonallik va tog’larda balandlik mintaqalilik xarakterli. Yevrosiyo materigida kenglik zonallik shimolda arktik sahrolaridagi o’simlik tipidan boshlab, janubda nam ekvatorial o’rmonlar o’simlik tipigacha qonuniy ravishda birin-ketin almashinib boradi.

Yüklə 264,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin