O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
Mavzu: Landshaftlarni tasniflash va uning amaliy ahamiyati
MUNDARIJA
Kirish............................................................................................................................3
I. Bob. Landshaft tushunchasiga umumiy tavsif…………………........................4
1.1. Landshaft haqidagi ta’limot va uning ahamiyati….......................................4
1.2. Landshaftning tuzilishi va dinamikasi .........................................................18
II. Bob. Landshaftlarni tasniflash va uning amaliy ahamiyati.............................34
2. 1. Landshaftlarni tasniflashning asosiy tamoyillari..................………. ...........34
2.2. Buxoro viloyati landshaftlarini tasniflash ……............................................46
XULOSA VA TAKLIFLAR.....................................................................................53
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati..........................................................................54
Ilovalar……………………………………………………………………………..57
Kirish
Geografiya fanlar tizimida landshaftshunoslik alohida o’rin tutadi. Keyingi yillarda barcha mamlakatlarda landshaft va u bilan boғliq sohalarga qiziqish otib boryotgani sir emas. Bunga sabab sifatida birinchidan, kishilar orasida landshaft atamasining ommalashuvi bo’lsa, ikkinchi tomondan esa ko’pgina muammolarni echishning “kalit”i sifatida landshaft ta’limotidan foydalanish bo’lmoqda. Dunyo aholisi sonining ko’payib borayotgani, ishlab chiqarish hajmi va ko’lamining oshishi, geoekovaziyatning yomonlashuvi, cho’llanish, oziq-ovqat tanqisligi kabi 50 dan ortiq global muammolar hisoblanadi. Demak, yuqoridagilarga boғliq ravishda har qanday landshaftning barcha imkoniyatlarini o’rganish va ulardan samarali foydalanish bugunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Meni ushbu bitiruv malakaviy ishimning mavzusini tanlashimga 4 yil davomida BuxDU tabiatshunoslik kafedrasida mehnat qilayotgan ustozlarimning geografiya fani sohasida bergan bilimlari, hayot saboqlari qolaversa, talabalik davrlarimdagi landshaftshunoslik faniga qiziqishim, ishtiyoqim sabab bo’ldi.
Men landshaft, landshaft ta’limoti, landshaftlarni tasnif etish sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan etakchi olimlar (A.Gumboldt (1769-1859), V.V. Dokuchaev (1846-1903), L.S. Berg, B.B. Polinov, A.A. Grigorev, A.G.Isachenko, N.A.Gvozdestkiy, F.N.Milkov, V.A.Nikolaev, Nazarov, Toshov) ning ishlarini o’rganishni vazifa sifatida belgilab oldim. Ishdagi landshaftlarning tasniflari Moskva, Sank-Peterburg, Voronej, Toshkent va Buxoro landshaftshunoslik maktablari olimlarining mazkur sohadagi ilmiy izlanishlariga taaluqli ekanligiga katta e’tibor berildi.
Menga ushbu bitiruv malakaviy ishimni bajarishda beminnat maslahatlar bergan, BuxDU tabiatshunoslik kafedrasida mehnat qilayotgan ustozlarim Z. M. Anvarova, D. Qalandarova, I.E. Mirzaeva, M. K. Ergasheva, A.A. Qodirov, A.N. Ne’matov, A. M. Mavlonov, X. R. Toshovlarga hamda kafedra mudiri M.M. To’raevga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.
Dostları ilə paylaş: |