3 I. Bob. Landshaft tushunchasiga umumiy tavsif


II. Bob. Landshaftlarni tasniflash va uning amaliy ahamiyati



Yüklə 274 Kb.
səhifə4/8
tarix03.06.2023
ölçüsü274 Kb.
#124667
1   2   3   4   5   6   7   8
ланшафт 2

II. Bob. Landshaftlarni tasniflash va uning amaliy ahamiyati

2. 1. Landshaftlarni tasniflashning аsosiy tamoyillari
Fanda tasniflash, tartib berish, turlashtirish, taksonomiya kabi bir-biriga yaqin tushunchalar mavjud. Bulardan tasniflash va tartib berish tushunchalari bir-biriga anchagina yaqin bo‘lib, rang-barang va turli-tuman narsa va hodisalarni ma'lum bir tartib bilan, har birining pog‘onama-pog‘ona mavqeini yoki ko‘lamini saqlagan holda guruhlarga ajratish yoki birlashtirish degan ma'noni anglatadi. O‘quvchilarga botanikadagi o‘simliklar tasnifi, zoologiyadagi tirik mavjudotlar tasnifi yaxshi tanish. Shunga o‘xshash tasniflar boshqa fanlarda ham bor.
O‘z o‘rganish obyektini tasnif qilmagan yoki tasnif qilishiga urinmagan birorta fan bo‘lmasa kerak. Sababi biror fanni fan sifatida tanilishi uchun ham uning o‘z obyektining tasnifi ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Buyuk fransuz matematigi A. Puankare (1906) "Fan - bu eng avval tasniflashdir" degan edi. Tasniflash jarayoniga borib yetmagan ilmiy izlanishlarni hali “Qiyomiga yetmagan”, deb baholash mumkin.
O‘rganish obyektini tasniflashning ham ilmiy, ham amaliy ahamiyati kattadir. Uning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, obyekt tasnif qilinayotganda uning kelib chiqishi, tuzilishi, rivojlanishi kabi barcha xususiyatlari o‘rganilishi va u haqidagi barcha ma'lumotlar batafsil tahlil qilinishi kerak bo‘ladi.
Yer yuzasida muayyan landshaftlar haddan tashqari ko‘p bo‘lganligi uchun ularning har birini alohida-alohida o‘rganish va ta'riflab berishning iloji bo‘lmay qoladi. Shuning uchun landshaftlarni ma'lum maqsadlarda (masalan, qishloq xo‘jaligi, shahar qurilishi va h.k.) guruhlab ta'riflashga va shunga mos holda bir turdagi tadbirlarni rejalashtirishga to‘g‘ri keladi.
Keyingi 15-20 yil ichida geograflar tomonidan bajarilayotgan ko‘plab ishlar uchun, jumladan xalq xo‘jaligini rivojlantirish, aholining yashashi va sog‘ligi nuqtai nazaridan landshaftlarni baholash, geografik bashorat qilish va tabiat muhofazasini ko‘zlab bajarilayotgan ishlar uchun ham katta-katta rayonlar, tabiiy geografik o‘lkalar miqyosida barcha landshaftlar haqida batafsil ma'lumotlarga yoki boshqacharoq qilib aytganda, landshaftlar kadastriga ega bo‘lish ahamiyatlid
Landshaftlarni tasniflash bilan ko‘pchilik geograflar shug‘ullanishgan. Ulardan ayniqsa N. A. Gvozdetskiy (1961), A. G .Isachenko (1961, 1975), V. A. Nikolayev (1973, 1979) kabilarning tajribalari e'tiborga loyiq. Bu olimlar tavsiya etgan tasniflar ichida V. A. Nikolayev (1979) bajargan tasnif o‘zining anchagina mukammalligi bilan ajralib turadi.




Yüklə 274 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin