Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va passivlar hisobi Abdulazizov Abdurashid



Yüklə 1,25 Mb.
tarix10.06.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#128152
Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va passivlar hisobi (Abdulazizov Abdurashid )

Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va passivlar hisobi

Abdulazizov Abdurashid

03

Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va passivlar hisobi bo’yicha umumiy qoidalar


Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mulkchilik shaklidan, faoliyat turidan, idoraviy bo‘ysunuvidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi barcha birlashmalar, tashkilotlar, korxonalar, muassasalar (keyingi o‘rinlarda — xo‘jalik yurituvchi subyektlar) uchun taalluqlidir (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno).
Mazkur Nizomda quyidagilar ko‘rilmaydi:
a) ta’sis hujjatlari va boshqalarda qayta hisoblash talab qilingan hollarda, so‘mda tuzilgan moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini chet el valyutasiga qayta hisoblash;
b) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan so‘mda moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishda foydalaniladigan chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning qiymatini milliy valyutaga qayta hisoblash;

Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi bitimlar chet el valyutasidagi operatsiyalar hisoblanadi:

a) mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni) chet el valyutasiga sotib olish yoki sotish;

b) chet el valyutasiga ishlar, xizmatlar ko‘rsatish va ulardan foydalanish;

v) to‘lash yoki olish summasi chet el valyutasida belgilangan kreditlar va qarzlarni olish yoki berish;


Buxgalteriya hisobida chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish tartibi :
Chet el valyutasidagi operatsiyalar, shu jumladan quyidagilar bo‘yicha operatsiyalar, buxgalteriya hisobida ular amalga oshirilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘m ekvivalentida aks ettiriladi:
a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda hisobraqamlaridagi, akkreditivlardagi valyuta mablag‘lari, valyutadagi ssuda qarzlari;
b) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar;
v) tuzilgan shartnomalar bo‘yicha chetdan keltirilgan tovar-moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasida kirim qilish;
Raxmat e’tibor uchun !!!
Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin