Avtomobil
Chevrolet Epica/Daewoo Tosca
, zamonaviy
avtomobillardan biri.
Karl Benz'ning Velo nomli avtomobili (1894); birinchi
avtomobil poygalari qatashchisi.
Avtomobil (Lotincha: mobilis –
harakatchan) – dvigatel yorda-mida
harakatga keltiriladigan relssiz transport
vositasi. Yo‘lovchilar va yuk tashishga
mo‘ljallangan.1751 – 52 yillarda Nijniy
Novgo-rod gubernyasi (Rossiya) dehqoni
Leontiy Shamshurenkov ikki kishi oyog‘i
bilan yurgi-ziladigan "o‘ziyurar aravacha"
qurdi. I. P. Kulibin bir qancha muhim
mexanizmlarni, mas, uzatmalar qutisini
taklif qildi. Bug‘ mashinasi paydo
bo‘lgandan 131keyin ixtirochilar undan
mexanik aravada foydalanishga harakat
qildilar.1769 – 70 yillarda fransuz harbiy
muhandisi N. J. Kyuno artilleriya to‘plari
uchun 3 g‘ildirakli bug‘ aravasi qurdi.
Algliyada 1802 yilda Trevitnik bug‘
mashinasi o‘rnatilgan A. qurdi. 1830 yilda
rus ustasi K. Yankevich bug‘ A.lariga
temirdan yasalgan 100 dan ortiq gaz
quvurli bug‘ qozoni o‘rnatishni taklif etdi.
Akkumulyatordan tok olib ishlay-digan
elektr dvigatelli A. lar bilan ham ko‘pgina
tajribalar o‘tkazildi. Ichki yonuv dvigateli
ixtiro qilingandan keyin A. lar muntazam
rivojlantirila boshlandi. A.larga benzin va
kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar
o‘rnatish bo-rasida turli mamlakatlarning
ko‘pgina ixtirochilari ish olib bordilar.
1885 – 86 yillarda Germaniyada Daymler
benzin bilan ishlaydigan dvigatelni
mototsiklga, Bens esa uch g‘ildirakli A.ga
o‘rnatdi. Temir g‘ildiraklar o‘rniga yaxlit
rezina shinalar, 1890 yildan esa
pnevmatik re-zina shinalar ishlatila
boshladi. Avto-mobilsozlik dastlab
Fransiyada, so‘ngra AQSH, Germaniya va
Yaponiyada rivojlandi.O‘zbekiston
mustaqillikka erishga-nidan so‘ng
avtomobil sanoati rivoj-langan
mamlakatlar qatoriga qo‘shildi. Asaka
shahri (Andijon viloyati)da Janu-biy
Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan
hamkorlikda barpo etilgan "O‘zDEU avto"
qo‘shma korxonasida 1996 yildan
boshlab "Neksiya", "Damas" va "Tiko"
yengil avtomobillari ishlab chiqara
boshlandi. 1999 yilda Samarqandda
ishga tushgan "SamKochAvto" o‘zbek-
turk qo‘shma korxonasi M23.9, M24.9,
M29 rusumli avtobuslar va 35.9, 65.9,
80.12, 85.12, 85.14 rusumli har xil yuk
avtomobillari ishlab chiqaradi (qarang
Avtomobil sanoati).A. turlari. A.ning
transport, maxsus va poygaga
muljallangan xillari bor. Transport A.lari
yengil A., avtobus va yuk A. larga
bo‘linadi. Maxsus A. ma’lum ishlar uchun
mo‘ljallanadi va tegishli uskunalar bilan
jihozlanadi. O‘t o‘chirish, un tashish,
sement gashish, sanitariya A.lari, axlat
tashiydigan, avtokranlar, avtoyuklagichlar
va boshqa maxsus A.lar shular
jumlasidan. Poyga A. sportda ishla-tiladi.
Yengil A. 2 dan 8 tagacha o‘rinli bo‘ladi.
Ular berk kuzovli (sedan va li-muzin),
ochiq kuzovli (faeton) va ochila-digan
kuzovli (kabriolet) bo‘lishi mum-kin. Yuk
A. 0,25 t dan 100 t gacha va undan ortiq
yuklarni tashiydigan kuzovli, tirkamalar,
yarim tirkamalarni tortish uchun
muljallangan kuzovsiz bo‘ladi.
O‘tuvchanligi bo‘yicha tekis va qiyin
yo‘llarda yuradigan, harakatlanuvchi
qismning tuzilishi bo‘yicha g‘ildirakli,
g‘ildirak-gusenitsali, yarim gusenitsa-li,
pnevmatik galtakli va boshqa xillarga
bo‘linadi.A. tuzilishi. Avtomobil dvigatel,
transmissiya, yurish qismi, boshqarish
mexanizmi, elektr jihozlar, kuzov yoki
kabinadan iborat. Dvigatelning turiga
qarab, bug‘li A. (keng tarqalmadi), ben-
zinli A. (yengil va yuk A.), dizelli A. (yuk A.,
avtobuslar, yengil A.), gaz-ballonli
avtomobil (yengil, yuk A., avtobuslar), gaz
generatorli avtomobil (og‘ir yuk ta-
shiydigan A.), akkumulyatorlar batareya-
sida ishlaydigan A. (elektromobillar)
xillarga bo‘linadi (yana qarang Avtomobil
dvigateli). Transmissiya (kuch uzatmasi)
dvigatelning aylantiruvchi momentini
A.ning harakatlantiruvchi qismiga
(g‘ildiraklar, gusenitsalar va boshqalarga)
uza-tadi. Uning mexaniq elektr-mexaniq
gi-dromexanik xillari bor. Mexanik trans-
missiya eng kengtarqalgan. U, odatda,
tish-lashish muftasi, uzatmalar qutisi,
kar-danli uzatma, bosh uzatma,
differensia-lyaan tashkil topadi. Yurish
qismi rama, osma, o‘q (ko‘priklar) va
g‘ildiraklardan iborat. Ramaga kuzov,
kabina, dviga-tel, uzatmalar qutisi va
boshqa mexanizm va uzellar
mahkamlanadi. Yengil A. va avtobuslarda
kuzovi rama vazifasini bajaradi. Osma
rama (kuzov) bilan o‘qlarni elastik
boglaydi va dinamik kuchlarni
yumshatadi. G‘ildiraklarning mustaqil
132osmasi keng tarqalgan. Boshqarish
mexa-nizmlariga rul boshqarmasi va
tormoz tizimlari kiradi. Rul boshqarmasi
A.ning harakat yo‘nalishini o‘zgartirish
uchun xizmat qiladi. Rul chambaragi bu-
rilganda valni, val esa o‘z navbatida rul
mexanizmlarini, u esa sapfalarga
o‘rnatilgan old gildi-raklarni bu-radi. A. ni
boshqarishni yengillashti-rish uchun rul
yuritmasiga gidravlik, pnevmatik yoki
gidropnevmatik kuchay-tirgich o‘rnatiladi.
Tormoz tizimi A. harakatini
sekinlashtirish, to‘xtatish va bir joyda
to‘xtatib turish (qo‘l tormoz yerdamida)
uchun xizmat qiladi. Ish tor-mozi barcha
g‘ildiraklarga ta’sir etadi. Har qaysi
g‘ildirakka gidravlik, pnev-matik yoki
pnevmogidravlik yuritma bilan ta’sir
etuvchi barabanli yoki diskli tor-moz
mexanizmi o‘rnatiladi. Tormozlash
vaqtida friksion nakladkali tormoz
kolodkalari g‘ildiraklardagi tormoz
barabanlari yoki disklarga qisiladi. Katta
avtobuslar va ogir yuk A.lariga
qo‘shimcha sekinlashtiruvchi tormoz
o‘rnatiladi. Elektr jihozlar tok manbai
(akkumulyatorlar batareyasi va
dvigatelga o‘rnatilgan generator) va
iste’molchilaridan iborat; dvigatelni o‘t
oldirish va yurgizib yuborish tizimini
ishlatish, tashqi va ichki yoritish, yorug‘lik
va tovush signallari uchun zarur bo‘ladi.A.
konstruksiyalari borgan sari ta-
komillashtirib borilmoqda. A. kon-
struksiyasi ko‘pgina omillar, mas, yo‘l va
iqlim sharoitlari, yo‘lovchilar soni hamda
yuk hajmi va boshqalarni hisobga olib
yaratiladi. Konstruktorlar A. larni
loyihalashda ularning sigimi, puxtali-gi,
tejamliligi, bosh-qarish osonligi,
shinamligi, o‘tag‘onligi va boshqa
xususiyatlarini hisobga oladilar.Capeap
Qodirov.
[1]
Avtomobil (yunoncha αυτο – oʻzi va
lotincha mobilis – harakatlanuvchi,
yuruvchi) oʻz dvigateliga ega, yer sirtida
harakatlanish uchun moʻljallangan,
relssiz oʻziyurar transport vositasidir.
Atamaning koʻpgina taʼriflari avtomobil
yoʻlda yurishga moslangan, bittada to
sakkiztagacha yoʻlovchi uchun joyli,
odatda toʻrt gʻildirakli, va aksar holatlarda
yuk enas, balki odam tashishga
moʻljallanganligini taʼkidlaydi
[2]
. Biroq,
bunday taʼrif aniq emas, zero shu ishlarni
bajaradigan boshqa tur transport
vositalari ham mavjud.
2002-yil maʼlumotlariga koʻra, dunyoda
590 million avtomobil bor (taxminan har
oʻn bir kishiga bittadan)
[3]
.
Avtomobil soʻzi fransuzcha
automobiledan, u esa oʻz navbatida
qadimgi yunon tilidagi αὐτός (autós,
"oʻzi") hamda lotincha mobilis ("yuruvchi")
soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, oʻzi, yaʼni
hech qanday hayvon yoki boshqa ulov
yordamisiz harakatlanuvchi ulovni
anglatadi.
Etimologiyasi
Tarixi
Birinchi oʻziyurar mexanik ulov yoki
avtomobil 1769-yili Nicolas-Joseph
Cugnot tomonidan ixtiro qilingan, deb
hisoblansada, baʼzilar Cugnot'ning uch
gʻildirakli mashinasi haqiqatdan ham
Karl Benz
Benz Patent Motorwagen (1885), tiklangan nusxasi.
ishlaganiga shubha bildirishadi,
boshqalar esa ilk bugʻ mashinasini
Xitoyda iezuit missioneri 1672-yilda
yasagan, deb taʼkidlashadi
[4][5]
. Nima
boʻlganda ham François Isaac de Rivaz,
shveysariyalik ixtirochi, birinchi ichki
yonuv dvigateli muallifi hisoblanadi; u
yasagan dvigatel yoqilgʻi sifatida vodorod
va kislorod aralashmasini ishlatib,
dunyoda shu tipdagi eng birinchi dvigatel
edi. Biroq u Samuel Brown, Samuel
Morey va Etienne Lenoir'lar yasagan ichki
yonuv dvigatelli ulovlar kabi qoʻpol va
beoʻxshov edi
[6]
.
1881-yilning noyabrida farang ixtirochisi
Gustave Trouvé uch gʻildirakli,
ishlaydigan avtomobilni namoyish etdi.
Bu voqea Parijdagi Xalqaro Elektr
Koʻrgazmasida sodir boʻlgandi
[7]
.
1885-yili Olmoniyaning Manheim
shahrida Karl Benz toʻrt qadamli
dvigatelga ega avtomobil qurib, keyingi
yili, yanvar oyida oʻzining Benz & Cie.
shirkati (1883-yili asos solingan)
yordamida shu ixtirosi uchun patent oldi.
Shu muammo ustida boshqa olmon
ixtirochilari (shu jumladan, Gottlieb
Daimler, Wilhelm Maybach va Siegfried
Marcus) ishlashgan boʻlishsada,
zamonaviy avtomobilning rasman
ixtirochisi, deb koʻriladi
[6]
. 1879-yili Benz
oʻzining ilk dvigateli (1878-yilgi) uchun
patent olgandi. Uning koʻpgina boshqa
ixtirolari ulovni yurgiza oladigan dvigatel
yasashda qoʻl keldi, va 1896-yili Benz
birinchi oppozit dvigatel patentladi.
1893-yilda Benz oʻzining toʻrt gʻildirakli
avtomobilini namoyish etdi, ungacha
taxminan 25 dona Benz ulovlari
sotilgandi. Ular Benz'ning oʻzi loyihalagan
toʻrt qadamli dvigatellar yordamida
harakat qilar edi. Litsenziyalangan Benz
dvigatellarini ishlab chiqarayotgan
fransiyalik Emile Roger, endi uning
avtomobillarini ham sota boshladi.
Fransiya avtomobil bozori
Olmoniyadagiga nisbatan chaqqonroq
boʻlgani uchun ulovlar Roger orqali
tezroq sotila boshladi.
Daimler va Maybach 1890-yili
Cannstatt'da Daimler Motoren
Gesellschaft (Daimler Motor Shirkati,
DMG) ga asos solishib, shu savdo belgisi
ostidagi ilk avtomobilni 1892-yilda
sotishdi. 1895-yilga kelib 30ga yaqin
DMG avtomobillari sotildi. Benz va
Daimler avvalboshda bir-birlarining
ishlaridan bexabar boʻlib, mustaqil
ishlashgani taxmin etiladi.
Daimler 1900-yilda vafot etdi va shu yili,
biroz vaqt oʻtib, Maybach Emil Jellinek
buyurtmasiga binoan Daimler-Mercedes
motorini yasadi. Ikki yildan soʻng DMG'da
shu motorli avtomobil ishlab chiqarilib,
"Mercedes" deb ataldi. Soʻngra Maybach
DMG'dan ketdi va oʻz biznesini ochdi.
Daimler savdo belgisi boshqa ishlab
chiqaruvchilarga sotildi.
Karl Benz Birinchi Jahon Urushidan
soʻnggi Olmoniya iqtisodiyotining
ojizlana boshlaganida DMG va Benz &
Cie. orasida hamkorlik oʻrnatishni taklif
etdi, biroq DMG direktorlar kengashi bu
taklifni rad etdi. Ikki shirkat orasidagi
muhokamalar bir necha yil oʻtib
boshlandi va 1924-yilda ular 2000-
yilgacha kuch saqlaydigan Oʻzaro
Manfaatdorlik Shartnomasini imzoladilar.
Ikkala tashkilot oʻz belgilarini saqlab
qolishsada, dizayn, ishlab chiqarish,
sotuv, xarid va reklama marketinglarini
kelishib loyihalasha boshlashdi. Nihoyat,
1926-yilning 28-iyunida Benz & Cie. va
DMG Daimler-Benz nomi ostida birlashib,
avtomobillarini DMG'ning eng muhim
markasi, Maybach loyihalagan 1902
Mercedes-35hp ulovi va Benz sharafiga
Mercedes Benz, deb atashdi. Karl Benz
vafotigacha (1929) Daimler-Benz
direktorlar kengashining vakili boʻlib
qoldi.
1890-yili fransuzlar Emile Levassor va
Armand Peugeot Daimler motorili ulovlar
chiqara boshlab, Fransiya avtomobil
sanoatini yoʻlga qoʻyishdi. AQShda esa,
ilk ichki yonuv dvigatelli mashina 1877-
yilda George Selden (Rochester, New
York) tomonidan yasalib, 1879-yili
patentlandi. Birlashgan Qirollikda ham
oʻziyurar ulov yaratishga harakatlar boʻldi,
xususan Thomas Rickett ismli ixtirochi
1860-yili bugʻ mashinalari ishlab
chiqarishni boshlamoqchi boʻldi.
[8]
Britaniyaning ilk ichki yonuv motorili
avtomobili esa 1894
[9]
va 1895 (Frederick
William Lanchester) yillarida yasaldi,
lekin ommaviy chiqarishga oʻtmadi.
[9]
Bu
sohada Daimler Motor Company
(asoschi – Harry J. Lawson, 1896)
kashshof boʻldi; ilk ommaviy avtomobillar
1897-yili sotuvga chiqa boshladi.
[9]
1892-yili olmon mehandisi Rudolf Diesel
"Yangi Ratsional Yonuv Motori" uchun
patent oldi. 1897-yilda u ilk Diesel
motorini yasadi.
[6]
1895-yilda Selden ikki
taktli motori uchun AQSh patenti (549160
raqamli ) oldi. Bugʻ, elektr va benzin
energiyasidan foydalanuvchi
avtomobillar yillab raqobatlik qilishdi va
natijada, 1910larda benzin ishlatuvchi
motorlar boshqa tur motorlarni siqib
chiqardi.
Turli porshensiz rotorli dvigatellar
anʼanaviy porshen va tirsakli valli
motorlar bilan raqobatlashishga harakat
qilishgan boʻlsada, faqatgina sanoqli
shunday motorlar oz-moz omadga
erishishdi (masalan, Mazdaning Wankel
motori).
Ilk bor ommaviy avtomobillarni keng
miqyosda ishlab chiqarish 1902-yili
Ransom Olds'ning Oldsmobile zavodida
yoʻlga qoʻyildi. Bu konseptni keyinchalik
(1914-yildan) Henry Ford kengaytirdi.
Ishlab chiqarish
Ransom E. Olds
.
Natijada Ford avtomobillarining har biri
har oʻn besh daqiqada zavoddan
chiqadigan boʻldi, avtomobilni yigʻish
ancha tezlashdi (Ford'gacha bir
avtomobil uchun 12,5 kishi-soat sarflanar
edi, bu koʻrsatkich keyin 1,5 soatga
tushdi), bunday surʼat oʻz davri uchun
misli koʻrilmagan edi.
[9]
Avtomobil ishlab
chiqarishda vaqt asosan uni boʻyashga
ketadigan boʻldi. Eng tez quriydigan
boʻyoq qora boʻlgani uchun, avtomobil
zavodi rang-baranglikdan voz kechdi (bu
1926-yilgacha, tez quriydigan loklar ixtiro
qilinguncha davom etdi).
[9]
1914-yilga
kelib avtomobil narxi shu qadar
pasaydiki, oddiy zavod ishchisi toʻrt oylik
maoshiga Model T sotib olishi mumkin
edi.
[9]
Ford tomonidan joriy etilgan xavfsizlik
choralari – ayniqsa har bir ishchiga oʻz
ish joyi ajratilishi (bu ishchilarning
korxona hududida sangʻib yurishining
oldini oladi) – jarohatlar sonini keskin
kamaytirdi. Yuqori samaradorlikka
Henry Ford
(1919)
erishish uchun yuqori maoshlar tayinlash
"Fordchilik" deb atalib, boshqa katta
tashkilotlar tomonidan ham qoʻllanila
boshlandi. Yigʻish liniyasi – konveyerning
samaralari Amerika Qoʻshma Shtatlari
iqtisodiyotiga katta yordam berdi.
Konveyer ishchilarni muayyan bir xil
ishlarni tez-tez bajarishga koʻniktirib,
yuksak samaradorlikka erishishni
taʼminladi; boshqa mamlakatlarda esa
nisbatan kam samarali usullardan
foydalanilar edi.
Avtomobilsozlik sanoatida bunday usul
tezda shuhrat topib, dunyo boʻylab
tarqalib ketdi; 1911-yili Ford Fransiya va
Ford Britaniya, 1923-yili Ford Daniya,
1925-yili Ford Olmoniya mahalliy
shirkatlari ochildi; 1921-yildan boshlab
Citroën Yevropa shirkatlari orasida
birinchi boʻlib Ford konveyerlarini qoʻllay
boshladi. Konveyersiz ishlaydigan
avtomobilsozlik shirkatlari sinish xavfiga
duch kelishdi; 1930-yilga kelib bunday
shirkatlardan 250 tasi yoʻqolib ketdi.
[10]
Avtomobilsozlik texnologiyasi taraqqiyoti
yuzlab kichik shirkatlar raqobatlashuvi
tufayli ilgʻorlab ketdi. Shu davr uchun xos
muhim ixtirolar safiga oʻt oldirish va
elektr starter (Charles Kettering
tomonidan Cadillac Motor Company
uchun, 1910–1911), amortizator toʻrt
gʻildirakli tormozi kiradi.
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
2. Pocket Oxford Dictionary // Oxford
University Press. — London, 1976.
3. WorldMapper – passenger cars .
4. SA MOTORING HISTORY – TIME
LINE . Government of South
Ford Model T
, 1927, Amerikaning ilk arzon
avtomobillaridan, deb hisoblanadi.
Manbalar
Australia. Asl nusxa dan arxivlandi
(2007-06-14).
5. Setright, L. J. K. Drive On!: A Social
History of the Motor Car // Granta
Books. — 2004.
6. Ralph Stein The Automobile Book //
Paul Hamlyn Ltd. — 1967.
7. Wakefield, Ernest H. History of the
Electric Automobile // Society of
Automotive Engineers, Inc.. — 1994.
— B. 2-3.
8. Veteran and Vintage Cars // Hamlyn.
— London, 1970.
9. Beaulieu Encyclopedia of the
Automobile // HMSO. — London,
2000.
10. Georgano, G. N. (2000). Vintage
Cars 1886 to 1930. Sweden: AB
Nordbok. ISBN 1-85501-926-4.
Automuseum Dr. Carl Benz,
Ladenburg/Germany
Bertha Benz Memorial Route
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Havolalar
Manbalar
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Avtomobil&oldid=2059157
"
dan olindi
So‘nggi tahrir 2 oylar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Dostları ilə paylaş: |