2. Psixomotor, funksional, hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya A1 O‘z mehnat harakatlarini o‘quv topshiriqlari asosida muntazam takrorlay oladi;
egallagan hayotiy odob-axloq qoidalari, mehnatsevarlikka oid asosiy tushunchalarga rioya eta oladi.
A1+ Hunarmandlarning qo‘l mehnatiga oid bilimini umumlashtirgan holda amaliy vazifalarni bajara oladi.
A2 Hozirjavoblik, ishchanlik, faollik va muomala madaniyatiga amal qila oladi;
o‘quv-amaliy topshiriqlarni tizimli, tartib-intizom asosida bajara oladi;
A2+ Texnologik loyihalash va jarayonlarni amalga oshirish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qila oladi;
-o‘z xato va kamchiliklarini anglay oladi, ko‘ra biladi va tuzatishga harakat qila oladi.
3. To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi A1 Kasblar olamini biladi, kasb-hunarlarga oid ma’lumotlarni to‘playdi va tavsiflay oladi.
A1+ Hunarmandlar haqidagi ma’lumotlarni biladi, ular faoliyatiga oid ma’lumotlarni to‘playdi va tavsiflay oladi.
A2 Kasblarda mehnat turlarini (odam-odam, odam-texnika, odam-tabiat, odam-belgili tizim, odam-badiiy obrazni) ta’riflay oladi;
hududda joylashgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari va ularning yo‘nalishlari, joylashuvini biladi, tahlil qila oladi;