To‘rtinchi bosqich (Quartärbereich) – kasb-hunar ta’limidan keyingi xususiy va kasbiy malaka oshirish (misol uchun: kasbiy tayyorgarlik kurslarini o‘tkazadigan muassasalar va xalq universitetlari).
11 slayd Germaniyada kasb-hunar ta’limi dual tizimga asosan tashkil etilgan. “Dual” tushunchasi “ikkilik” degan ma’noni bildiradi va uning asosiy elementidan biri korxona bo‘lsa, ikkinchisi kasb-hunar maktabi hisoblanadi. Korxona va kasb-hunar maktabi hamkorlikda kasb-hunar ta’limi jarayonini ta’minlaydi. Korxona va kasb hunar maktabi o‘rnashgan joyi va ishlash vaqti turli xil bo‘lsada, bir-biri bilan hamkorlik qiladi.
Germaniya ta’lim tizimi. Germaniya ta’lim tizimi hududlar bo‘yicha turlicha shakllangan va 4 bosqichdan iborat bo‘lib, uning 2-bosqichi 2 turga bo‘linadi. Germaniyada kasb-hunar ta’limi dual tizimga asosan tashkil etilgan. “Dual” tushunchasi “ikkilik” degan ma’noni bildiradi va uning asosiy elementidan biri korxona bo‘lsa, ikkinchisi kasb-hunar maktabi hisoblanadi. Korxona va kasb-hunar maktabi hamkorlikda kasb-hunar ta’limi jarayonini ta’minlaydi. Korxona va kasbhunar maktabi o‘rnashgan joyi va ishlash vaqti turli xil bo‘lsada, bir-biri bilan hamkorlik qiladi. Dual tizimi asosan quyidagi joylarda: • korxonada; • davlat tashkilotlarida, shuningdek davlat boshqarmalarida va idoralarida; • erkin kasblar bo‘yicha muassasalarda (misol uchun: shifoxonalarda, advokatlar idorasida, arxitektura bo‘limlarida); • ta’lim muassasalarida va maxsus maktablarda , shuningdek, ishlab chiqarish ta’lim ustalarini tayyorlash maktablarida, ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarida o‘tkaziladi.
12-slayd STEM atamasi ilk bor AQShda maktab dasturiga kiritilgan bo‘lib, o‘quvchilarning ilmiy-texnika yo‘nalishlaridagi kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Keyinchalik bu yo‘nalish kengaytirilib, atamaga qo‘shimcha harflar kiritildi. Jumladan, unga “R” – robotics – robototexnikani qo‘shib, STREM deb “A” - art - san’atni qo‘shib, STEAM deb atala boshlandi.
13-Slayd