Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi 67 October 20, 2023 https://cspi.uz/ Republican Scientific and Practical Conference bosqichi hisoblanib, unda materiallar saralanib olinadi va mantiqiy ketma-ketlikda
joylashtirish rejalashtiriladi. To„rtinchi bosqichda saralab olingan materiallar ichidan slaydga
beriladigan matn tanlab olinadi. Slaydlardagi matnlar juda ko„p bo„lishi maqsadga muvofiq
emas. Matnlar qisqartirilgan ko„rinishda tanlab olinadi. Bir slayddagi matnlar 7-8 qatordan
oshmasligi lozim. Ta‟lim beruvchi dars jarayonida qisqartirilgan matnlarni og„zaki to„ldirgan
holda tushuntirib beradi. Dizayn tanlash bosqichida matnning shrifti, matnga qo„shimcha
rasm, chizma, grafika va ranglar tanlab olinadi. Shundan so„ng, ya‟ni oltinchi bosqichda
barcha tanlab olingan materiallarga animatsiya qo„yiladi. Animatsiyada matn va tasvirlarni
harakatlantirish, unga ovoz berish imkoniyatlari mavjud. Animatsiyadan foydalanish
materialni yanada jonliroq va qiziqarli bo„lishiga olib keladi. Bu esa o„z navbatida ta‟lim
oluvchiga berilgan materialning uzoq vaqt hotirasida saqlanib qolishiga va ularning
motivatsiyasining oshishiga yordam beradi.
Bugungi kunda pedagogik adabiyotlar va amaliyotda “loyihalash” atamasi ko„p
qo„llanilmoqda.
U muayyan darslar, alohida mavzular, yaxlit o„quv fanlari, o„quv
mashg„ulotlari yoki fanlar komplekslarini ishlab chiqish bilan bog„lanadi va
texnologiyalashgan pedagogik ob‟ektlar, jumladan, pedagogik jarayonlarni ishlab
chiqishga ko„maklashadi.
Loyihalashtirilgan pedagogik jarayonlar asosida shaxsning kasbiy sifatlarini
shakllantirish qonuniyatlariga asoslangan ijobiy natijaga bosqichma-bosqich olib
keladigan g„oyalar yotadi.
Bugungi kunda muammoli o„qitish, aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich
shakllantirish, ta‟lim berishning kompyuter texnologiyasi, modul ta‟lim
texnologiyasi, kabilar keng qo„llanilmoqda va ular pedagogik jarayonni loyihalashga
asos bo„ladi.
Zamonamiz shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda texnika va
texnologiyalar ma‟naviy jihatdan tez eskirib qolyapti.
Ishlab chiqarish bilan qiyoslash asosida aytish mumkinki, pedagogning kasbiy
faoliyati davomida ta‟lim-tarbiya texnologiyalari 2-3 larga almashib ulgurmoqda.
Masalan: xususiy kompyuter yaqin-yaqingacha ta‟limning eng noyob
vositalaridan biri bo„lib, hamma o„qituvchilar ham u bilan muomala qila olmasdi.
Bugun esa ta‟limda kompyuter texnologiyasi keng tarqalgan. Bu ishni o„quvchilarga
mos usulda va o„quv dasturiga muvofiq amalga oshirishi lozim.
Xulosa qilib aytganda pedagogik loyihalash pedagog va
o„quvchilarning samarali faoliyatini ishlab chiqish bilan bog„liq.
Puxta,
savodli
loyihalashtirilgan
pedagogik
jarayonlar,