Аmaliyotning asosiy qoidalari
1.1. Talaba malakaviy amaliyotga kelgunga qadar amaliyot rahbaridan
vazifalar olishi va quyidagilarga amal qilishi lozim.
- kundalikni toʻldirishi;
- malakaviy amaliyoti boʻyicha shaxsiy topshiriq olishi;
- amaliyotni oʻtash boʻyicha tuzilgan taqvimli rejadan ikki nusxa olish (biri
talaba uchun, ikkinchisi amaliyot boʻyicha rahbari uchun);
- amaliyot yoʻllanmasini;
- yotoqxonaga joylashishi uchun yoʻllanma (zarur boʼlgan taqdirda) olishi
lozim.
1.2. Talaba taʼlim muassasasiga yetib kelgach, taʼlim muassasasiga rahbariga
kundalikni taqdim etishi va amaliyot rejasini aytishi kerak. Bundan tashqari texnika
xavfsizligi, yongʻin falokatidan saqlanish, yoʻl xarakati havsizligi qoidalari,
jihozlardan foydalanish boʻyicha tushuntirish olishi va ish joyi bilan tanishishi
lozim.
1.3. Аmaliyot davrida talaba tashkilotning ichki intizomiga boʻysinishi shart.
Har qanday holatda talaba ish joyidan chiqayotganda, bu haqida rahbarga bildirishi
lozim.
1.4. Talaba amaliyot xususida taqvimli rejaga muvofiq hisobot tayyorlaydi va
taʼlim muassasasi hamda oliy oʻquv yurti tomonidan qoʻyilgan rahbarlarning
qoʻshimcha koʻrsatmalariga binoan uni toʻldiradi.
Talabalar maktab yoki tashkilotning tarixi, oʻqituvchi va oʻquvchilar soni,
taʼlim-tarbiya jarayoni, boʻlimlari ish faoliyatlarini oʻrganib chiqadilar.
1.5. Malakaviy amaliyotidagi talaba faoliyati 5 balli tizim bilan baholanadi va
talabaning stipendiyasiga tavsiya etishda hisobga olinadi.
4
Talabalar amaliyot hisobotida quyidagi
hujjatlarni taqdim etadi
1. Аmaliyotchining shaxsiy ish rejasi va har kunida bajarilgan ishlarni qisqacha
mazmuni keltirilgan kundalik daftar;
2. Аmaliyotchi talabaning mutaxassislik fanlari boʼyicha kamida 15-20 ta
darsning tahlili
3. Tashkilotning tarixi, pedagog xodimlari va oʻquvchilari haqida maʼlumot
4. Talabaning amaliyot davrida bevosita biriktrilgan snif oʻquvchilari toʻgʻrisida
maʼlumot
5. Аmaliyotchi talaba uchun malakaviy amaliyot oʻtgan oʼquv muassasasining
tavsifnomasi
6. Аmaliyot toʻgʻrisida xulosa
7. Аmaliyot mobaynida foydalanilgan manbalar toʻgʻrisida maʼlumot
Аmaliyot natijasi, bahosi talabaning kursdan kursga oʻtishi va stipendiya
belgilashda hisobga olinadi. Аmaliyot yakuni oliy taʼlim muassasasining ilmiy-
uslubiy va fakultet ilmiy kengashida amaliyotning natijalariga yakun yasaladi.
Аmaliyot dasturini bajarmagan, ishi haqida qoniqarsiz taqriz yoki hisobot,
amaliyot yakunida (himoyasida) qoniqarsiz baho olgan talaba qarzdor hisoblanib,
talabalar safidan chiqariladi (yoki kursda qoldiriladi).
|