Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo


LOYIHALASH TEXNOLOGIYASI BO'YICHA TALABANING O'Z-O'ZINI NAZORAT QILISHIGA MO'LJALLANGAN O'QUV TOPSHIRIQLARI



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə2/6
tarix05.05.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#107704
1   2   3   4   5   6
Biologiyani o ‘qitishda loyihalash texnologiyasidan foydalanish Tulayev Baxtiyor

LOYIHALASH TEXNOLOGIYASI BO'YICHA TALABANING O'Z-O'ZINI NAZORAT QILISHIGA MO'LJALLANGAN O'QUV TOPSHIRIQLARI
Topshiriqning didaktik maqsadi. Siz o'quv topshiriqlari ustida mustaqil ishlab, biologiyani o'qitish jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan biri loyihalash texnologiyalarini qo'llash, mazkur texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlari, o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo'llari bilan tanishishingiz, metodik bilim, ko'nikma va malakalaringizni, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur.
Matnni diqqat bilan o‘qing, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlami bajaring:
1. Loyihalash texnologiyasining mazmuni va mohiyatini o'rganing.
2. Loyihalarning tasnifini ko'rib chiqing. Uni hamkoringizga tushuntiring.
3. Tadqiqot xarakteridagi loyihalarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
4. Ijodiy xarakterdagi loyihalarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
5. Rolli loyihalarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
6. Izlanish xarakteridagi loyihalarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
7. Amaliy xarakterdagi loyihalarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
8. O'quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish yo'llarini o'rganib chiqing. Topshiriqni yakunlash qismi avvalgi mavzulardagi kabi o'tkaziladi.

Loyihalash texnologiyasi hozirgi kunda AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Finlandiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Braziliya va Niderlandiya kabi rivojlangan mamlakatlarning ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli qoʻllanib kelinmoqda.


Dyu J. oʻqitishni oʻquvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan holda oʻquvchilarning muayyan maqsadga yoʻnaltirilgan faoliyatini faollashtirish orqali tashkil etishni taklif etgan. Buning uchun oʻquvchilarga oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini amaliyotga qoʻllash, ulardan kelgusi hayotda foydalanish yoʻllarini koʻrsatish, ya’ni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bogʻliq holda oʻqitish lozimligini uqtirgan. Bu jarayonda oʻquvchilar tanish vaziyatdagi ahamiyatga molik muammolarni avval oʻzlashtirgan bilim, koʻnikmalarini amaliyotga qoʻllab hal etish orqali yangi bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtiradilar.
Oʻquvchilar muammolarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun oʻqituvchi ularga tegishli koʻrsatmalar berishi, foydalaniladigan manbalarni tavsiya etishi, oʻqitishdan koʻzlangan natijaga erishish yoʻllarini koʻrsatishi, buning uchun muammoni hal etishda oʻquvchilarning faoliyatini loyihalashi lozim.
Loyihalash texnologiyasining asosiy gʻoyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik boʻlgan muammoni hal etish jarayonida koʻzlangan natijaga erishishdir. Agar nazariy muammoni loyihalash lozim boʻlsa, uning aniq yechimi, agar amaliy muammo boʻlsa, amaliyotga qoʻllash masalasi boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim.
Oʻquvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish koʻnikmalarini egallagan boʻlishlari, muammoni anglash va uni hal etish yoʻllarini izlashlari bu borada avval oʻzlashtirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli sohalarida izlanishlar olib borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli yechimdagi variantlar ishlab chiqish, sabab-oqibat bogʻlanishlarini tasavvur qilishlari zarur.
Loyihalash texnologiyasining asosiy mohiyati ma’lum bir muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali oʻquvchilarning qiziqishlarini orttirish, loyihalash faoliyatini shakllantirish, ularning tegishli bilimlarni egallashlari, fanlararo bogʻlanishlarni amalga oshirish sanaladi.
Loyihalash texnologiyasining asosiy gʻoyasi: “Oʻrganilayotgan bilim, koʻnikmalar menga nima uchun zarurligi va undan qaerda va qay tarzda foydalanishni bilaman”. Bu gʻoya oʻquvchilarning fan asoslarini ongli oʻzlashtirishlari, hayotga moslashishlari va moʻljalni toʻgʻri olishlariga yordam beradi.
Biologiyani oʻqitishda oʻqituvchi loyihalash texnologiyasidan oʻquvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda nafaqat darsda oʻquv muammolarini hal etishda, balki darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ham ijodiy muammolarni hal etishda foydalanishi zarur.
Loyihalash texnologiyasidan foydalanish oʻquvchilarga individual va differensial yondashish imkonini beradi. Har bir loyiha oʻziga xos xususiyatga ega boʻladi, shu sababli ular ma’lum belgilariga koʻra quyidagicha tasniflanadi:

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin