Chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə4/6
tarix05.05.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#107704
1   2   3   4   5   6
Biologiyani o ‘qitishda loyihalash texnologiyasidan foydalanish Tulayev Baxtiyor

Loyihaning maqsadi: oʻsimlik organlarining tuzilishi va funktsiyasini hisobga olgan holda uning yaxlit organizm ekanligini isbotlash.
Loyihaning mazmuni: oʻsimliklarning vegetativ va generativ organlarining tuzilishi va funktsiyasini qayd etgan holda oʻsimlik yaxlit organizm ekanligini isbotlang. Oʻsimlik organlari oʻrtasidagi bogʻlanishlar aks etgan jadvalni tuzing va shu asosda fikrlaringizni dalillang.
“Qizil lola jamoasining monitoringini tuzish” mavzusidagi loyiha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlashda, ayniqsa, qoʻl keladi.
Loyiha mavzusi: Qizil lola jamoasi monitoringini tuzish.
Loyiha maqsadi: qizil lola jamoasining hozirgi tarkibi, uning kelgusidagi oʻzgarishi va ularni saqlab qolish chora-tadbirlarini belgilash.
Loyihada foydalaniladigan metodlar: kuzatish, biologik statistika, tajribalar oʻtkazish, umumlashtirish.
Topshiriqning mazmuni: agar qizil lola oʻsadigan maydonning 100 m2 da 100 ta lola uchrasa, shu maydondagi lolalarning soni 10 yil davomida qanday oʻzgarishini yillar boʻyicha hisoblab toping. Mazkur oʻzgarishlarni grafik shaklda tasvirlang.
Eslatma: qizil lola koʻsakchasida 6 ta urugʻ yetilib, urugʻdan chiqqan nihol 9-10 yilda gullaydi. Har bir tup lolada bir yilda 4 ta piyozcha hosil boʻlib, undan ungan nihol 4-5-yilda gullaydi. Lola urugʻining unuvchanligi 75% ni tashkil etadi.
Ijodiy xarakterdagi loyihalar. Mazkur loyihani hal etishda qatnashchilardan ijodiy yondashish talab etiladi. Ijodiy loyihalarning tadqiqot xarakteridagi loyihalardan asosiy farqi, ularning mantiqiy strukturasi avvaldan belgilanmaydi, balki loyihaning yechimi davomida shakllantiriladi. Ijodiy loyihada qatnashchilarning qiziqishi, motivi, ehtiyojiga koʻra loyihaning yoʻnalishi, olinajak natija belgilanadi. Lekin loyihada koʻzda tutilgan natijani rasmiylashtirish va jihozlashda qat’iy talab qoʻyiladi. Biologiya oʻqituvchisi ushbu loyihalar turidan darslarda foydalanishi mumkin.
Odam va uning salomatligi oʻquv kursida “Odamning sutkalik ovqat ratsionida oqsil, yogʻ, uglevodlar miqdori va ulardan ajralib chiqadigan energiya miqdorini aniqlash” laboratoriya mashgʻulotini kichik guruhlarda tashkil etib, ularga quyidagi topshiriqlar tavsiya etiladi:

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin