Chirchiq davlat pedagogika universiteti


Mashg‘ulotlar jarayonida bolalarni savodga о‘rgatish



Yüklə 79,23 Kb.
səhifə5/10
tarix26.01.2023
ölçüsü79,23 Kb.
#80892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NAMUNA kurs ishi (2)

1.2. Mashg‘ulotlar jarayonida bolalarni savodga о‘rgatish
Analitik-sintetik tovush metodi psixolingvistik nuqtai nazaridan: Birinchidan, savod о‘rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; Ikkinchidan, savod о‘rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulyasiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; uchinchidan, о‘qish birligi sifatida bо‘g‘in olinadi, bо‘g‘in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi.
Metodning shakllanishi va tashkil topish jarayonida bо‘lgan tamoyillari:

  1. Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod о‘rgatish jarayonida о‘quvchilarga differensial va individual yondashish;

  2. О‘qitishning istiqbolli nuqtai nazaridan: grammatika, sо‘z yasalishi, imlo,leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish;

  3. Psixolingvistik nuqtai nazardan: tovush va harfni о‘qitishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ikkinchidan, ta’limning tarbiyaviy va о‘stiruvchi xarakteri hisobga olinadi.

Ta’lim jarayonida о‘quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning muhim prinsiplaridandir.
Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar. “Alifbe” sahifalarida dо‘stlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat, kattalar mehnati, bolalar о‘yinlari, oila, maktab hayoti kabi rasmlar berilgan. Turli mavzularda matn berilgan. Bular bolalarda о‘zaro dо‘stlik, mehnatsevarlik, mehnatni qarlashkattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash, hayvonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va о‘qishni sevish – umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Bular bolalarni xalqning qaynoq hayotiga, uning baxtiga, orzulariga, muvaffaqiyatlariga ruhlantiradi. Demak,

bolalarga axloqiy, g‘oyaviy-siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod о‘rgatish vazifasiga kiradi.


Savod о‘rgatishni tо‘g‘ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligi maxsus о‘rganish talab etiladi. Maxsus о‘rganish avgustda, hatto undan oldin – bahordan boshlanadi. 1-sinfga keladigan о‘quvchining oilasiga yoki bolalar bog‘chasiga boriladi, suhbat о‘tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi.
1.О‘qish kо‘nikmasini aniqlash:
a) sо‘zni sidirg‘a о‘qiydi;
b) bо‘g‘inlab о‘qiydi;
v) harflab о‘qiydi (notо‘g‘ri о‘qish);
g) anchagina harflarni biladi, lekin о‘qishni bilmaydi;
d) ayrim harflarni biladi.
2. Yozuv kо‘nikmasi:
a) hamma harfni yozishni biladi, sо‘z yozadi (bosma yoki yozma):
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);
v) yozishni umuman bilmaydi.
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi:
a) sо‘zni bо‘g‘inlarga bо‘ladi;
b) sо‘z yoki bо‘g‘indagi tovushni ajratadi;
v) hamma tovushni tо‘g‘ri talaffuz qiladi;
g) ayrim tovushlarni notо‘g‘ri talaffuz qiladi (qaysi tovushlar ekanini xisobga olinadi);
d) nutqning baland yoki pastligi.
4. Og‘zaki bog‘lanishli nutq. SHe’rni yoddan о‘qish:
a) 3 ta she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1-2 ta she’rni biladi, aytishga uyaladi;
v) birorta she’rni yoddan о‘qishni bilmaydi.
5. Og‘zaki bog‘lanishli nutq. Ertak aytish:
a) bir yoki bir nechta ertakni aytishni biladi;
b) ertak aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi;
v) ertak aytishni bilmaydi, о‘rganishga ham harakat qilmaydi.
6. Og‘zaki bog‘lanishli nutq. Fikr bayon qilish. (“Rasmda nimalar kо‘rayotganingni aytib ber”):
a) 20 sо‘zdan ortiq bog‘lanishli hikoya, bir necha gap;
b) 10 tadan 20 tagacha sо‘z, bir necha gap;
v) 10 tagacha sо‘zli bog‘lanishli javob;
g) 3-4 sо‘zli qisqa javob.
Shuningdek, bola nutqining sintaktik qurilishi ham foydalanadigan sо‘zlar doirasi ham о‘rganiladi, tо‘plangan materiallar 2 variantda yoziladi.
a) har bir о‘quvchi haqida alohida ma’lumot, bu bolaga yakka yoki differensial yondashish uchun kerak bо‘ladi;
b) sinf о‘quvchilari uchun umumiy ma’lumot, bu ma’lumotdan darsda sinf о‘quvchilari uchun umumiy ishlar metodikasini tanlashda foydalaniladi.
v) ma’lumotning bittasi maktab ma’lumotida, ikkinchi nushasi sinf о‘qituvchisida qoladi.
1-bosqichning asosiy vazifasi о‘quvchilarni maktab, sinf bilan tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, og‘zaki va yozma nutq haqida gap, nutqning gaplardan tuzilishi, sо‘z, gaplarning sо‘zlardan tuzilishi; bо‘g‘in, sо‘zlarning bо‘g‘inlardan tuzilishi, sо‘zlarning bо‘g‘inlarga bо‘linishi; tovush, bо‘g‘inlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini о‘rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish kо‘nikmalari hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nusxalar asosida о‘quvchilarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, о‘zlari bilan she’r,ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qо‘shiqlar, latifalardan ayttirish lozim.
Tayanch sо‘zlar asosida gap tuzdirish, “Alifbe”sahifalaridagi sо‘zlar, ularning ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi. (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog‘liq ravishda izchil davom ettirib boriladi)
Bu bosqichdagi yozuv darslarida о‘quvchilarga daftar bilan, yozuv chiziqlari bilan tanishtirish, harf elementlarini yozishga о‘rgatish, namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash – о‘z-о‘zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish kabi kо‘nikmalar hosil qilinadi.
2-bosqichda harf elementlarini yozishga о‘rgatiladi.
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga о‘rgatish kо‘zda tutiladi. Bu bosqichdayoq tovush va harf о‘rtasidagi chegaraga qat’iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqida ma’lumot kitob ochirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf kо‘rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, kо‘ramiz, о‘qiymiz) ham izchil ravishda о‘quvchilarni о‘zlashtirishlarini hisobga olgan holda ochila boriladi.
Savodga о‘rgatish darslari tayyorgarlik va asosiy davrni о‘z ichiga qamrab olib, mazkur bosqichda о‘quvchilar bilan olib boriladigan ta’limiytarbiyaviy ishlar turli-tumandir. Xususan, bu davrda: matn, og‘zaki va yozma matn haqida, gap, matnning gaplardan tuzilishi, sо‘z, gaplarning sо‘zlardan tashkil topishi, ya’ni matn tuzish va uni bо‘laklarga bо‘lib matn tarkibini tashkil qiluvchi qismlarni idrok etishga о‘rgatish, bо‘g‘in, tovush, harf haqida ma’lumot berish, unli tovushlar va undosh tovushlar haqida ma’lumot berish, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajralishini о‘rgatish, alifbedagi rasmlar, о‘qituvchi yoki о‘quvchilar tomonidan tayyorlangan suratlar asosida matn tuzdirish, о‘quvchilar bilgan she’r, hikoya, ertak, maqol, tez aytish va boshqalarni yoddan ayttirish, ularga yangi she’r, hikoya, ertak, maqol, topishmoq kabilarni о‘rgatib borish, alifbe darsligidagi sо‘zlar, uning ma’nolari ustida ishlash, tanish sо‘zlar asosida о‘quvchilarni gap tuzishga о‘rgatish, harf va tovush orasidagi mutanosiblik va farqni tushuntirish ishlari olib boriladi.
Mazkur Alifbe darsligiga kiritilgan jumboqli topshiriqlar kо‘lami birmuncha keng bо‘lib, u о‘quvchilarni mustaqil fi krlashga о‘rgatadi. Zero, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida sо‘zlagan nutqida: «Bolalarimizni qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatimiz, urf-odatlarimiz bilan tanishtirish kerak»ligini о‘ylab kо‘rishimiz lozimligini, ularda mustaqil fikrlashga rag‘bat uyg‘otish uchun pedagogik jihatdan ta’sirchan vositalarni izlab topish, о‘quv sharoitiga tatbiq etish zarurligini uqtirgan edilar.
Darslikda 20 dan ortiq jumboqli topshiriq va krossvordlar berilgan. Jumboqli topshiriqlarni yechishda о‘qituvchi о‘quvchilar jamoasining imkoniyatlarini hisobga olishi, ba’zi topshiriqlarni yechish ga bolalarni oldindan tayyorlashi, ya’ni jumboqli topshiriqni kattalashtirilgan nusxasini kо‘rsatib, undagi ba’zi о‘rinlarni izohlashi maqsadga muvofi qdir. Masalan, darslikning 12-13-betlaridagi jumboqli topshiriq, «Ona-bola ish ustida» va «Erkin jonivorlarni sevadi» mavzusi asosidagi mazmunli rasm ham matn tuzish topshiriqlariga bog‘lab berilgan bо‘lib, ushbu mazmunli rasmlarda Erkin ismli bolaning oiladagi hayoti tasvirlangan.
Darslikka jumboqli topshiriqlarning kiritilishi о‘quvchilarda mustaqil fi krlashni rivojlantirishda, ularni topqirlikka va bilmdonlikka undashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, turmushda bola nutqida faol qо‘llaniladigan yoki ularga yaxshi tanish bо‘lgan «ma», «ma-na» (14-bet), kabi ba’zi sо‘zlarning darslikka kiritilishi ham, avvalo, alifbe davrining boshlang‘ich bosqichida о‘quvchilarda muayyan harf-tovushga oid bilimlarni mustahkamlashda, ularga tavsiya qilinayotgan о‘quv materiallarning yetarli darajada bо‘lishiga, ya’ni kо‘proq sо‘z о‘qish imkoniyatini hosil qilishga, qolaversa, ish-harakatni bildiruvchi sо‘zlar (fe’l)ga oid boshlang‘ich amaliy bilimlarni vujudga keltirishga qaratilgan. О‘qituvchi darslik materiallari bilan cheklanib qolmay, ushbu sо‘zlar mazmunini tо‘liq izohlashda turli mazmunli rasmlardan ijodiy foydalanishi maqsadga muvofiqdir.

_________________________


9Abdullayev Y. Sovg‘a. — Toshent “O‘qituvchi” 1996.
10Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. –Toshket 1981-yil.

Darslikning 17-33-betlarida T va Y tovush-harflarini о‘rganishda mustahkamlash darslari uchun tavsiya qilingan «Bekinmachoq о‘yinida harflarni top» rebusining kattalashtirilgan nusxasini tayyorlab, ushbu nusxa asosida harfl arni toptirish, rebusda berilgan harflardan sо‘zlar tuzdirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, T tovush-harfini о‘rganish uchun tavsiya qilingan rebusdagi OTMA sо‘zini bolalar osongina topa oladilar, uning tarkibida O, T, M, A tovushlari qatnashgan, ushbu harflar ishtirokida OT, MOT, TOM kabi sо‘zlarni tuzish mumkin. 33-betdagi rebuslarni ham har ikkovini yonma-yon xuddi darslikda berilganidek, kattalashtirilgan nusxasini sinf xattaxtasiga ilib, berkitilgan harflarni (1-rebusda u, b, m, o, l; ikkinchi rebusda y, l, o, I kabi) ular birgalikda uy sо‘zini hosil qilishini toptirish, ushbu harfl ar ishtirokida ol, mol, yoy, bol, loy kabi sо‘zlarni tuzdirish mumkin bо‘lib, bunday mashg‘ulotlar bolalarning aqliy faolligini rivojlantiradi, mantiqiy va mustaqil fikrlashga о‘rgatadi.


Darslikda ertakdan rasm-lavhalar, ular asosida matn berib borishga ham e’tibor berildi. Xususan, darslikning 18, 31-betlarida Ll, Uu harf-tovushlarini о‘rganishga mо‘ljallangan darslar uchun «Qaynar xumcha», «Bо‘ri bilan turna» ertaklaridan rasm-lavha va matnlar berilgan. Ushbu о‘rinda о‘qituvchi rasmlarning qaysi ertak asosida chizilganligi va uning mazmunini bolalarga hikoya qildirishi, eslatishi maqsadga muvofiqdir. Xususan, Alifbe davrining boshlang‘ich bosqichida о‘rganish uchun «Qaynar xumcha» ertagiga chizilgan rasm-lavha va matnni quyidagi tarkibda о‘rganish mumkin. О‘qituvchi bu ertakka ishlangan bir necha rasmlarni о‘quvchilarga kо‘rsatadi. (rasmlar sinf xattaxtasiga ilib qо‘yiladi). – Qani, bolalar, bu rasmlar sizga qaysi ertakni eslatyapti? – «Qaynar xumcha» ertagini. – Yaxshi. Kim «Qaynar xumcha» ertagini aytib beradi? Albatta, о‘quvchilarning javobini tо‘ldirgan holda, о‘qituvchi ertakni qayta, obrazli va jonli ohangda aytib beradi, rasmlar asosida suhbat о‘tkazadi. Keyin darslikdagi rasm-lavha tasviri asosida berilgan matn о‘qitilib, gaplar tuzdiriladi. – Ana oltin. – Bobo oltinni kо‘rdi, kabi. Shuningdek, har bir tovush-harf uchun tavsiya qilingan rasmlar ostida ularning sо‘z andozasi berilgan bо‘lib, ular asosida sо‘zlarni tovush – bо‘g‘in tahlilini muntazam о‘tkazib borish о‘quvchilarning yangi bilimlarni mustahkam о‘zlashtirishlariga asos bо‘ladi. Alifbe davri uchun har bir tovushga ilova sifatida sо‘zlarning bо‘g‘inlab berilishidan maqsad, avvalo, kelajakda о‘quvchining orfografik savodxonligini ta’minlashga, tо‘g‘ri о‘qish va yozish kо‘nikmalarini tarkib toptirishga, qolaversa, uning lug‘at boyligini, sо‘z zaxirasini oshirishga qaratilgan. Ushbu materiallar yangi bilim larni mustahkamlashga oid mashg‘ulotlarda о‘quvchilar bilimini tekshirib kо‘rishda asqotadi.
О‘qituvchilar mazkur didaktik materiallarga ijodiy yondashgan holda о‘quvchilarning tо‘g‘ri yoza olishi, sо‘z boyligi, sо‘zlarni bо‘g‘inlarga tо‘g‘ri ajrata bilishga oid bilimlarini tekshirib boradilar. Masalan: B harf-tovushini о‘rganish uchun 3 ta sо‘z andozasi berilgan bо‘lib, ular bobo, beshik, baliq rasmlari bilan birgalikda taqdim etilgan. Birinchi andozani о‘quvchilar mustaqil tо‘ldira oladilar, chunki bobo sо‘zidagi barcha harf-tovushlar о‘quvchilarga tanish, beshik va baliq sо‘zlariga oid andozalarni tо‘ldirish emas, balki mazkur sо‘zlarni darslikdagi andozasiga asoslanib bо‘g‘inlarga ajratishni talab qilish maqsadga muvofiq bо‘ladi.



Yüklə 79,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin