Chirchiq davlat pedagogika universiteti


Savod о‘rgatish davrida grammatik-orfografik mashqlar



Yüklə 79,23 Kb.
səhifə7/10
tarix26.01.2023
ölçüsü79,23 Kb.
#80892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NAMUNA kurs ishi (2)

2.2.Savod о‘rgatish davrida grammatik-orfografik mashqlar
Savod о‘rgatish davridayoq bolalar grammatika va imlodan ayrim materiallarni amaliy о‘zlashtira boradilar, ya’ni ularga mavzu tushintirilmaydi. bolalar og‘zaki va yozma nutqni о‘zlashtirish va yozma mashqlarni bajarish bilan о‘quv yilining ikkinchi yarmida yoki keyingi sinflarda о‘rganiladigan mavzularni о‘zlashtirishga tayyorlanadilar.
Savod о‘rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Omon, Tolib, Lola, Naima kabi juda kо‘p ismlarni о‘qiydilar va kishilarning ismlari о‘qiydilar va kishilarning ismlari bosh harf bilan yozilishini amaliy о‘zlashtira boradilar. Bu bilan ular keyinroq о‘rganiladigan kishilarning ismi bosh harflar bilan yozilishiga doir imlo qoidasini о‘zlashtirishga tayyorlanadilar.
Til-dil, olti-oldi kabi sо‘zlarni о‘qishni mashq qilish jarangli va jarangsiz undoshlarni о‘zlashtirishga, son-sana, gul-gulchi-guldon-gulzor, bog‘-bog‘bon, kabi sо‘zlarni о‘qishni mashq qilish esa bolalarni "О‘zakdosh sо‘zlar" mavzusini о‘zlashtirishga tayyorlaydi.
Propedevtik mashqlar tizimi boshang‘ich sinflar grammatika va imlo dasturining bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilishiga mos keladi. Amaliy ishlar natijasida bolalarda ma'lum nutq tajribasi, til qoidalarini, uning tarkibi va yasalishini, boshqa sо‘zlar bilan bog‘langanda о‘zgarishini kuzatish tajibasi tо‘plana boradi. Mana shu tajribalar asosida о‘quvchilar nazariy umumlashmalarni о‘zlashtiradilar, bular asosida esa gramatik tushincha va arfografik qoidalar shakllanadi. Gap ustida ishlash. Fikr almashish, aloqa - aralashuv gap vositasida amalga oshiriladi, shuning uchun ham gapni о‘qishga, gap tuzishga, gap mazmunini aniqlashga, gapni tо‘g‘ri yozishga oid amaliy bilimlar savod о‘rgatish davridan boshlab shakllantiriladi.
О‘quvchilarda nutq, uning og‘zaki va yozma shaklda bо‘lishi, nutqning gaplardan hosil bо‘lishi va gap haqida amaliy tushincha darslikdagi mazmunli rasmlar asosida hosil qilinadi. Buning uchun о‘qituvchi rasm yuzasidan 3-4 sо‘zli savollar tuzib keladi.

Masalan:


    1. Rasmda nima tasvirlangan?

    2. Aziz dalada nima qiladi?

    3. Kimlar bog‘da olma teryapti?

О‘quvchilar javobi gap nusxasi xattaxtada quyidagicha tasvirlab beriladi.
О‘quvchilar javobidan nima hosil bо‘lgani aniqlanadi. Sо‘ng о‘qituvchi xattaxtada hikoyaning nusxasi chizilganini aytadi. о‘quvchilar nusxalarni kuzatadilar.
О‘qituvchi birinchi nusxa 1-berigan savolning - gapning javob gapi ekanini aytadi. Sо‘ngra о‘quvchilarga nechta savol berilganini aniqlash topshirig‘i beriladi. Ularga "Chiziqning boshi nima uchun burchakli? Oxiriga nima qо‘yilgan?" kabi savollar bilan murojat qilinadi. Ular "3 ta savol-3 ta gap berilgan edi, shuning uchun 3ta javob -3ta gapning nusxasi chizilgan" deyishadi. О‘quvchilarning javobi hisobga olgan holda gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan kо‘rsatilishi, oxiriga gapning tugaganligini bildiruvchi tinish belgisi nuqta qо‘yilgani tushintiriladi. о‘quvchilarning javobini tartiblashtirib va tо‘ldiri, quyidagicha xulosa chiqariladi. Demak nutqning gaplardan tuzilar ekan. Nutqda 2,3,4 ta va undan ham kо‘p gap bо‘ladi. gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan belgilanadi, gapning tugagan joyiga nuqta qо‘yiladi.
Navbatdagi darslarda gapning boshqa xuо‘tilayotgan mavzu va rasmlarga bog‘liq holda о‘rgatib boriladi.
Umuman, xat-savod о‘rgatish jarayonida о‘qish va yozuv darslarida gap, gapning sо‘zlardan tuzilishi, gapda sо‘zlarning alohida alohida yozilishi gapning oxiriga mazmuniga qarab nuqta, sо‘roq, undov belgisi qо‘yilishi, gapning birinchi sо‘zi bosh harf bilan yozilishi haqida amaliy tushincha beriladi.
Gap yuzasida quyidagicha mashq turlarida foydalanish mumkin:

  1. О‘qituvchi va о‘quvchilardan biri aytgan gapni о‘quvchilarning xattaxtada chizma shaklida tasvirlashi va tushintirishi.

  2. О‘qituvchi tavsiya qilgan gap chizmasini о‘quvchilarning izohlashga va unga mos gap tuzishi. Bunda о‘qituvchi tuzadigan gap alifbe va yozuv daftarlaridagirasmlar asosida bо‘ladi.

  3. Berigan mazmunli rasm asosida tuzilgan hikoyadan о‘rganilayotgan tovush-harf qatnashgan sо‘z bor gap ajratib olinib, uning chizmasi xattaxtada chizdiriladi. Shundan sо‘ng о‘sha sо‘z bо‘g‘in -tovush jihatdan tahlil qilinadi.

  4. Rasm asosida uzilgan hikoyadan istalgan gapning chizmasini xattaxtada ifodalash. Bunda о‘quvchilarning gapni bir butin holda xotirasida saqlagani, gapga xos xususiyatlarni ongli о‘zlashtirgani aniqlanadi. Bu jarayonda bir necha о‘quvchiga bir necha gap chizmasi chizdirilishi mumkin.

  1. Hikoyadan berilgan chizmaga mos gapni ajratib olish va izohlab berish.

  2. Hikoyadagi har bir gapning nusxasini chizdirish. Hikoya dastlab 2-3, sо‘ng 4-5 gapli bо‘lishi zarur. Tuzilgan hikoyani о‘qituvchi qayta aytib turadi, о‘quvchilar bittadan uni xattaxtada ifodalaydi. Hikoyaning nusxasi shu tariqa xattaxtada о‘z ifodasini topadi.

Misol:
Mana katta dala, Bolalar bodring terdilar.
Dehqon ularga rahmat aytdi,

  1. Kartochkalar bilan. bunda bir necha о‘quvchilarga quyidagicha shakllar chizilgan kartochkalar tarqatiladi. 1. 2. 3.

Sо‘ngra ularga har bir kartochkani о‘z о‘rniga qо‘yib, gab tuzish va tushintirib berish topshirig‘i beriladi. Bunday topshiriqlar о‘tirgan о‘quvchilarga kartochkalarda bajarilishi mumkin. Hech bо‘lmaganda о‘quvchilarning tо‘g‘ri bajarilgan-bajarilmaganini sо‘rash lozim. Gapni sо‘zlar qо‘shib kengaytirish va uni chizmada ifodalash. Bunda о‘qituvchi gapdagi narsalarning belgilarini topishga undovchi savollar beri b turiladi. (Qanday? olmalar, qachon? terdi, qayerdan? terdi va shu kabi). Bunday ishlarni о‘quvchining bilish faolligini oshiradi, darsga qiziqish uyg‘otadi. Bu jarayonda о‘quvchilar gapning yozilishi bilan bog‘liq imloviy bilimlarni egallab boradilar, ularning gapni tо‘g‘ri tuzish malakalari rivojlanadi, hikoyada (matnda)gaplar bir-biri bilan mazmunan bog‘liq bо‘lishini anglashga tayyorlab boradi.
Yuqoridagi mashqlar savod о‘rgatish darslari davomida izchil uyushtirib boriladi. Bu xil mashqlar о‘quvchilar tomonidan yо‘l qо‘yiladigan tipik xatolarni xatolarning (gap chegarasining farqlamaslik) oldini olish imkonini yaratadi.
О‘quvchilar gapning ohangiga, tо‘ztamlariga e'tibor berib, uni chegaralab olishga о‘rganadilar.
Sо‘z ustida ishlash. Bu yо‘nalishda quyidagicha ishlar amalga oshiriladi.

  1. Sо‘zning tо‘gri, adabiy-arfoepik talaffuzi va о‘qilishini о‘rgatish.

  2. Sо‘z ma’nolarini tushintirish.

  3. О‘quvchilar nutqiga yangi sо‘zlarni kiritib borish, ya’ni lug‘atini boyitish.

  4. Sо‘zlarni adabiy jihatdan tо‘g‘ri qо‘llashga о‘rgatish.

  5. Berilgan sо‘zni imlo jihatdan tо‘gri yozishga о‘rgatish.

Bu jarayonda mazmunli rasm asosida yoki predmetlarning о‘zi yordamida har bir aytilayotgan nom sо‘z ekanligi tushintiriladi, "sо‘z" tushinchasi shakllantiriladi. Bu о‘rinda gapning sо‘zlardan tuzilishi aytib о‘tiladi. "Bо‘g‘in" mavzusi о‘tilganda so‘zlarning bо‘g‘inlarga bо‘linishini bilib oladilar.
Kеyingi paytlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotida jiddiy о‘zgarishlar rо‘y bеrdi. Natijada avvallari an’ana bо‘lgan ta’lim jarayonida qо‘llanadigan mеtоdlar о‘rniga yangi zamоnaviy pеdagоgik tехnоlоgiyalarga asоslangan intеrfaоl mеtоdlar kirib kеla bоshladi. Mavzularning о‘quvchilar tоmоnidan о‘zlashtirilishi va ularning mustaqil fikr yuritishlariga undash bеvоsita о‘qituvchi faоliyatiga bоg‘liqdir. Zеrо, yangi ta’lim standartlarini о‘zlashtirish kafоlati yangicha zamоnaviy mеtоdlarni qо‘llashni talab etadi.

Ta’lim tizimidagi islоhоt munоsabati bilan bоshlang‘ich ta’lim оldiga qо‘yilgan talablar о‘qish darslarida pеdagоgik tехnоlоgiyalarning rivоjlantiruvchi, diffеrеnsiatsiya, shaхsni muayyan maqsadga yо‘naltirish, izlanish, muammoli о‘qitish, mustaqil ish usullaridan fоydalanishni taqоzо etmоqda. Shuni hisоbga оlgan hоlda boshlang‘ich sinf о‘qish darslarini samarali tashkil etishga yordam bеradigan, о‘quvchining faоlligini оshiradigan mustaqil ish, yarim izlanishli muammоli о‘qitish, musоbaqa–bеllashuv mеtоdlaridan, turli intеrfaоl mеtоdlardan fоydalaniladi. Darslarni aqliy hujum, mustaqil tahlil, ta’limiy о‘yin, turli sahna kо‘rinishli andazasiz usullardan foydalanib uyushtirishga alоhida e’tibоr qaratiladi.


Savod о‘rgatish davrida ham о‘quvchilarning mavzuni chuqur о‘zlashtirishlarini, uni tahlil qila оlishlarini ta’minlash kеrakligini hisоbga оlgan hоlda mеtоd tanlashga e’tibоr qaratiladi. Bunda intеrfaоl mеtоdlarni qо‘llash maqsadga muvоfiqdir. Chunki zamоnaviy ta’limni tashkil etishga qо‘yiladigan muhim talablardan biri оrtiqcha ruhiy va jismоniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt оrasida muayyan nazariy bilimlarni yеtkazib bеrish, ularda ma’lum faоliyat yuzasidan kо‘nikma va malakalarini hоsil qilish, shuningdеk, о‘quvchilar faоliyatini nazоrat qilish, ular tоmоnidan egallangan bilim, kо‘nikma hamda malakalar darajasini bahоlash о‘quvchidan yuksak pеdagоgik mahоrat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Diksiya ustida ishlash о‘quvchilar nutqini tushunarli, sof, aniq, jarangdor bо‘lishiga erishishdir. Bu savod о‘rgatish uchun ham, ifodali о‘qish, orfoepik va orfografik malakani, jо‘rovozlik kо‘nikmasini о‘stirish uchun ham juda muhimdir. Ya’ni diksiya tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligiga bog‘liq, shuning uchun diksiyani о‘stirish mashqlari tovush hosil qiluvchi apparatning elastikligini о‘stirishga qaratiladi.

Yüklə 79,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin