Chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 70,39 Kb.
səhifə3/9
tarix29.11.2022
ölçüsü70,39 Kb.
#71316
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ишчи дастур PSIXOLOGIK KONSULTASIYANING tayyor

Mashg‘ulot turi

Ajratilgan soat




Ma’ruza

30




Seminar mashg'ulotlari

30




Mustaqil ta’lim

60




Talabalarning jami o‘quv va o‘qitish soatlari

150










Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholash talabaning faolligi, oraliq nazorat, yakuniy nazorat hamda mustaqil ta’limni baholash orqali amalga oshiriladi.
Talabaning dars jarayonidagi faolligini baholash - bu professor o‘qituvchi tomonidan o’tilayotgan mashg'ulotlar davomida talabaning bilimini baholash tizimidir. Bunda kurs davomida talabalar bilimini nazorat qilishda turli usullardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi, masalan, qisqa testlar, qisqa savoljavoblar, yozma so‘rovnomalar, uy vazifalarining taqdimoti va hokazolar. Umumiy baholashning 10 foizi.
Oraliq nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning modul bo'yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning muhim bosqichi boiib, kelajakda shu fan bo‘yicha o‘zlashtirishni prognoz qilish ko‘rsatkichidir. Oraliq nazoratda talabalar bilimini baholashda mrli usullardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi, masalan, testlar, og‘zaki suhbatlar, yozma ishlar va hokazolar.
Talaba oraliq nazoratdan o‘tmagan taqdirda, professor o‘qituvchi individual ravishda 2 marotaba qayta topshirish imkoni beriladi. Umumiy baholashning 20 foizi.
Mustaqil ta’limni baholash - talaba yakka yoki jamoaviy tartibda kursga mos
loyihalami bajarishi, loyiha taqdimotida xulosa qilishi, qaror qabul qilishi, amaliy va seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishi, ayrim mavzulami chuqur o‘rgangan holda (mazmun mohiyatini chuqur tahlil qilib boshqa sohalarga tadbiqlarini ham yoritib bergan holda) taqdimotlar qilishni o’z ichiga oladi. Umumiy baholashning 50 foizi.
Yakuniy nazorat - bu professor-o’qituvchi tomonidan talabaning kurs bo’yicha olgan bilimlari va amaliy ko’nikmalarini baholashning umumlashtiruvchi bosqichi hisoblanadi. Yakuniy nazoratda talabalar bilimini baholashda turli usullardan foydalanish mumkin, masalan, testlar, og‘zaki savol-javoblar, yozma ishlar va hokazolar. Umumiy baholashning 20 foizi.
Baholash, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professor o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Talabalar darslar jarayonida yakka tartibda va guruhlarda ishlaydilar. Ularning ishtirok va bilimlari quyidagi 3 shaklda baholanadi:
a’lo” - talabaning darslami to‘liq o‘zlashtirishi, qo‘shimcha o‘quv-metodik adabiyotlardan keng foydalanishi, ijodiy va mustaqil ishlami talab darajasida bajarishi, berilgan mavzulami yuqori darajada qo‘llay olishi nazarda tutiladi.
yaxshi” - talabaning darslarni to‘liq o'zlashtirishi, qo‘shimcha o‘quv-metodik adabiyotlardan foydalanishi, ijodiy va mustaqil ishlarni bajarishi, berilgan mavzularni o‘rta darajada qollay olishi nazarda tutiladi.
qoniqarli” - talabaning darslami o‘zlashtirishi, davomati, ijodiy va mustaqil ishlami bajarishi, berilgan mavzulami past darajada qo‘llay olishi nazarda tutiladi.
qoniqarsiz” - talabaning darslami o'zlashtirishi sust, davomati past, ijodiy va mustaqil ishlami bajarishi qoniqarsiz darajada, berilgan mavzulami o’ta past darajada qollay olishi nazarda tutiladi.
Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o’zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak.
Talaba akademik huquqbuzarlikka (qoidabuzarlik) olib keladigan har qanday harakatlarga yo’l qo‘ymasligi kerak. Masalan, plagiat, o‘zaro kelishib olish, natijalarni qalbakilashtirish, imtihon jarayonida qoidabuzarlik, ya’ni konspekt va shpargakalardan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishi, imtihon olinadigan xonaning ichida yoki tashqarisida boshqalar bilan muloqot qilishi ta’qiqlanadi. Bunda aybdor talabalar nazorat yoki imtihon jarayonidan chetlashtiriladi, to‘plagan balli yoki bahosi nolga aylantiriladi.
Fan (kurs) xususiyatlaridan kelib chiqib baholash va nazorat qilish mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.




Yüklə 70,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin