Chirchiq Davlat Pedagogika Unversiteti Fizika va kimyo fakulteti Kimyo yònalishi 21/2guruh talabasi Jumayeva Ozoda



Yüklə 69,24 Kb.
səhifə3/4
tarix09.05.2023
ölçüsü69,24 Kb.
#110306
1   2   3   4
Jumayeva Ozoda

(3H2 + N2 ↔ 2NH3). Kimyoviy muvozanat o‘rnatilguncha
azot va vodorodlarning konsentratsiyalari kamayib, ammiakning konsentratsiyasi ortib boradi. Sistemaning har bir komponenti (H2, N2, NH3) sistemaning ba‘zi parametrlarining (hajm, issiqlik sig‘imi va boshqalar) va termodinamik holat funksiyasining, shu jumladan Gibbs energiyasining o‘zgarishiga olib keladi. Kimyoviy potensial Gibbs energiyasining o‘zgarishini (∆G) berilgan komponentning miqdoriga bog‘liq holda xarakterlaydi.
Kimyoviy potensial istalgan fizik – kimyoviy jarayonning shu jumladan fazalar chegarasi qismining ham intensivlik omilidir. Jismning temperaturasi ham
intensivlik omilidir. Izolyatsialangan sistemalarda issiqlik issiqroq jismdan issiqligi kamroq jismga (ularningtemperaturalari tenglashguncha) o‘z-o‘zidan o‘tadi. Issiqlikni uzatish sharoitni quyidagicha ifodalash mumkin:
T = (T2 – T1) ≤ 0
Quyidagi rasmga mos ravishda adsorbsiyada kimyoviy potensialning o‘zgarishi:
μ = (μ2 – μ1) ≤ 0
― < ‖ belgi jarayonning o‘z-o‘zidan borishini, ― = ― belgi esa muvozanat holida bo‘lishligini bildiradi.
.
Tenglamaga muvofiq birorta moddaning sirtidagi kimyoviy potensial (μ2), uning tashqarisidagi kimyoviy potensial (μ1) dan kichik bo‘lsa, fazalarning sirt qismida jarayonlar sodir bo‘ladi.Adsorbsiya o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi va adsorbilanish to‘g‘ri va teskari jarayonlari o‘rtasida muvozanat o‘rnatilguncha davom etadi.
2.7. Qattiq jism sirtidagi adsorbsiya Qattiq jism ham xuddi suyuqlik kabi, sirt tarangligiga ega. Lekin hozirgacha qattiq jismning sirt tarangligini aniq o‘lchash usuli ma‘lum emas. Qattiq jism sirtida gazning adsorbilanishini miqdor jihatidan xarakterlash uchun yo gaz bosimining kamayishi, yoki adsorbent og‘irligining ortishi o‘lchanadi: chunki adsorbsiya vaqtida adsorbentning og‘irligi ortadi. Qattiq jism sirtida suyuqliklarning adsorbilanishini esa eritmadagi
moddaning boshlang‘ich konsentratsiyasi bilan adsorbsion muvozanat vaqti damuvozanat konsentratsiyasining ayirmasi orqali aniqlaniladi. Adsorbentning sirt birligiga (1m2ga) yutilgan moddaning grammmolekula(mol) hisobidagi miqdori solishtirma adsorbilanish deyiladi.
Solishtirma adsorbsiyani topish uchun adsorbsion muvozanat vaqtida yutilgan modda miqdorini (mol hisobida) adsorbent sirtiga bo‘lish kerak:
bu yerda G- solishtirma adsorbsiya, x- yutilgan modda miqdori, s-adsorbent sirti. Lekin qattiq g‘ovak adsorbentlarning (ko‘mir, silikagel va hokazolarning) sirtini
o‘lchash juda qiyin bo‘lganligi uchun amalda solishtirma adsorbsiyani topishda modda miqdori adsorbent massasiga bo‘linadi:

Yüklə 69,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin